1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə43/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
TBA MARUZA

Miksturalar (Mixturae) bir necha dori moddalami yoki dori shakllaridan tuzilgan aralashma, koʻpincha ichishga, baʻzan sirtga va parenteral yoʻl bilan qabul qilinadi. Ichishga tavsiya qilinadigan mikstura ikki turda yoziladi. 1. Tarkibidagi moddalar eritma holida boʻladi. 2. Dorivor moddalar aralashmasi. Mikstura tarkibini taʻsir etuvchi hamda yordamchi moddalar tashkil etadi, bularga sharbat, xushboʻy suv, shilliqsimon modda kiradi. Ayniqsa, bolalarga mikstura mazasini shirinroq qilib berish kerak. Mikstura qoshiqlab ichishga tavsiya qilinadi.
Nastoyka - Tincturae va ekstrakt - Extractum oʻsimliklardan tayyorlanadigan ofitsinal moddalardir. Nastoykalar bir oz boʻyalgan suyuqlik boʻlib, tayyorlangan oʻsimlikning hidi kelib turadi. Oʻsimlik xom ashyosidan dori moddalari ekstraksiya qilinadi. Kuchli taʻsir koʻrsatmaydigan oʻsimlik hajmlaridan olinadigan nastoykalar 1:5 nisbatda tayyorlanadi, yaʻni 1 qism xom ashyoga 5 hajmiy qism ekstraksiya qiluvchi suyuqlik olinadi. Kuchli taʻsir qiladigan zaharli oʻsimliklardan nastoykalar 1:10 nisbatda tayyorlanadi. Ular ichish uchun tomchilarda buyuriladi. Ofitsinal moddalar turiga kirgani uchun nastoykalarga retsept yozib berish uchun dorining shakli va oʻsimlikning nomi, nastoykaning hajmi millilitrlarda koʻrsatiladi.
Ekstraktlar oʻsimlik xom ashyosidan, suv, spirt yoki efir yordamida ajratilib, keyin erituvchini bugʻlantirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Ekstraktlar 1:1 yoki 1:2 konsentratsiyalarda tayyorlanadi, nastoykalarga nisbatan ekstraktlarda modda miqdori yuqori konsentratsiyada boʻladi. Ekstraktlar suyuq (Ext. fluida), quyuq (Ext. spissa), quruq (Ext. sicca) boʻladi.
Tomchilar (Guttae, Gutta) ichish va sirtga ishlatiladigan eritmalar - koʻz va quloqqa, burunga tomiziladigan tomchilar, primochkalar hamda yuvish, chayish uchun qoʻllaniladi. Tomchilar ichish va sirtga ishlatish uchun qoʻllanadigan eritma va miksturalaming bir turi boʻlib, ularda dori moddalari tomchilab miqdorlangandan keyin boʻladigan konsentratsiyalarda tavsiya qilinadi. Eritmalar oʻrtacha 10-15-20 tomchi, 10-20-30-marta qabulga yozib beriladi. Sirtga ishlatiladigan tomchilar koʻz, quloq, burun tomchilariga boʻlinishi mumkin. Koʻz tomchilari boshqalardan farq qilib, aseptik yoʻl bilan tayyorlanadi.
Suyuq organik moddalar - hayvonlardan ofitsinal yoʻl bilan olinadi. Bularga oshqozon osti bezidan olinadigan insulin, paraqalqonsimon bezdan olinadigan paratireoidin, gipofizning orqa boʻlimidan olinadigan pituitrin kiradi. Ulaming faolligi biologik yoʻl bilan aniqlanadi va TB (taʻsir birligi) bilan belgilanadi.
Inyeksiya uchun qoʻllaniladigan dori shakllari - inʻeksiya yoʻli bilan dori moddalar parenteral - teri ostiga, mushaklar orasigia, venaga, arteriyalarga, boʻshliqlarga, orqa miya kanaliga yuboriladi. Inʻeksiya uchun dori moddalarining suvli, moyli eritmalari, suspenziyalari, kukunlari (yuborishdan oldin eritiladi) shaklida qoʻllanadi. Inʻeksiya uchun dorilar, nina, shpritslar, sistemalar sterillanadi. Inʻeksiya uchun suyuq dori shakllarini tayyorlashda, erituvchi sifatida inʻeksiya uchun ishlatiladigan suvlar (Aquae pro injectionibus) toʻqimalarni taʻsirlantirmaydigan, ochiq havoda qurib qolmaydigan oʻsimliklar moyidan - shaftoli moyi (Oleum Persicorum), bodom moyidan (Oleum Amygdalarum) foydalaniladi. Agar organizmga inʻeksion eritma koʻp miqdorda boriladigan boʻlsa, erituvchilar sifatida osh tuzining izotonik eritmasi (Sol. Natrii chloridi isotonicae, 0,9%) ishlatiladi. Inʻeksiya uchun ofitsinal dori shakllari sanoatda ampula yoki flakonlarda ishlab chiqariladi. Ampulalarda eritma nomi, uning konsentratsiyasi va miqdori millilitrlarda koʻrsatiladi. Eritmalar 1, 2, 5, 10, 20, 100 va 200 ml ampulalarda ishlab chiqariladi.
Inʻeksiya uchun kukunlar, suspenziyalar hamda organik moddalami ishlatish mumkin. Flakondagi dori moddalari bir necha bor ishlatilishi mumkin, shuning uchun flakonni aseptik sharoitda ochish va yana qaytadan berkitib qoʻyish kerak. Inʻeksiya uchun qoʻllaniladigan suyuq dori shakllari dorixonada tayyorlanadi. Bunday eritmalarga retsept qisqartirilgan va kengaytirilgan turlarda yoziladi. Eritma bir necha ingradientlardan iborat boʻlsa, erituvchi sifatida osh tuzi yoki glyukozaning izotonik eritmasi ishlatilsa, retsept kengaytirilgan holda yozib beriladi. Ampulali moddalar afzalroq, chunki ular hamisha ishlatishga tayyor steril dori moddalar, tez yordam koʻrsatish amaliyotida juda kerakli vosita hisoblanadi. Soʻnggi vaqtda inʻeksiya qilinadigan baʻzi eritmalami solish uchun shisha ampulalar oʻrniga polietilendan tayyorlangan tyubik-shpritslar taklif etilgan, shprits dori eritmasi bilan toʻldirilgan, tiniq holda boʻladi, ularda inʻeksiya qilish uchun igna bor. Tyubik-shprits har qanday sharoitlarda ham shoshilinch yordam koʻrsatish uchun qulaydir.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə