1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə41/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
TBA MARUZA

Kapsulalar - Capsulae. Arap kukunlar yoqimsiz, taʻmi taxir yoki qoʻlansa boʻlsa, ogʻiz boʻshligʻini va meʻda-ichak yoʻllarining shilliq pardasini taʻsirlasa, ular jelatin yoki kraxmal kapsulalarda yozib beriladi. Meʻda shirasi taʻsirida parchalanadigan dori moddalari glyutoid kapsulalarda (caps, glutoidales) ishlab chiqariladi. Glyutoid kapsulalar qisqa muddatga tayyorlanadi, chunki ular uzoq turganda ichakda yerish xususiyatini yoʻqotadi. Himoya qiladigan kapsulalar jelatin yoki kraxmaldan tayyorlanadi. Jelatin kapsulalar (caps, gelatinosae) hayvon elimi qoʻshib tayyorlanadi, shakli uzunchoq, tuxumsimon, dumaloq boʻlishi mumkin.
Granulalar (Granulae), mitti draje (Microdragee), spansulalar (Spansulae) ham kiradi. Bular nisbatan yangi dori shakllari hisoblanib, farmatsevtika zavodlarida tayyorlanadi. Granulalar kukunsimon dori moddalaridan tayyorlanib, ushoq (yaʻni don) shaklida ichish uchun ishlatiladigan dori shaklidir. Granulalash yoʻli bilan dori moddalarining chidamliligi, eruvchanligi va taʻmi yaxshilanadi.
Tibbiy qalamchalar - Stili medicinais - eritilgan kristall dori moddalardan yoki dorilar aralashmasidan tashkil topgan. Baʻzi hollarda ularga parafin, mum, kanifol qoʻshiladi. Qalamchalaming bir uchi oʻtkir boʻlib, ikkinchi uchi plastmassa yoki qogʻoz qobiqqa oʻralgan boʻladi. Qalamchalar maʻlum bir joyga ishlatiladi (kuydirish, qon toʻxtatish va boshqalar uchun). Qalamchalami farmatsevtika zavodlarida standart yozuv boʻyicha mis sulfat (Stilus Cupri sulfatis), kumush nitrat (Stilus Argenti nitratis), geksoxloran (Stilus Gexochlorani), mentol (Stilus Mentholi) dan tayyorlanadi.


2. Suyuq shakldagi dori vositalari: eritma, qaynatma, damlama, ekstrakt, nastoyka, emulsiya, suspenziyalar, tomchilar.


Suyuq dori shakllari tibbiyotda, ayniqsa, bolalar amaliyotida juda koʻp qoʻllanadi va ular ichish uchun hamda sirtga foydalaniladi. Suyuqdori shakllari dorixonalar retsepturasida alohida oʻrinni oladi, ular hamma retseptlarning 65% ini tashkil etadi.
Eritmalar (Solutio) - bitta yoki bir nechta qattiq dori modda erituvchida batamom eriganda yoki suyuq moddalar aralashtirilganda hosil boʻladigan tiniq suyuqlikdir. Eritma ikki tarkibiy qismdan: eritiladigan va erituvchi moddadan iborat. Erituvchilar tariqasida koʻpincha distillangan suv (Aqua destillata), 70%, 90%, 95% li etil spirti (Spiritus aethylicus), suyuq moylar, shaftoli moyi (Oleum Persicorum), vazelin moyi (Oleum Vaselini), glitserin (Glicerinum), efir (Aether medicinales) va boshqalar qoʻllaniladi. Eritmalar tiniq va chokmasiz boʻlishi kerak. Distillangan suv erituvchilarga qoʻyiladigan deyarli barcha talablarga javob beradi: farmakologik jihatdan faol emas, oson tayyorlanadi, mikroblar uchun oziqa muhiti boʻlmaydi, mazasi va hidi, oʻt olish xavfi yoʻq va odatda kimyoviy modda bilan jarayon hosil qilmaydi. Dorixonalarda distillangan suv kimyoviy jihatdan chidamli shishada tayyorlanib, yaxshilab yuvilgan berk idishlarda 3 kun saqlanadi. Biroq distillangan suvda baʻzi zarur moddalar erimaydi, shuning uchun bir qancha hollarda boshqa erituvchilar qoʻllanadi. Etil spirti (Spiritus aethilicus) oʻziga xos mazasi va hidi boʻlgan tiniq rangsiz suyuqlik, suvda erimaydigan koʻp moddalami eritadi. Spirtli eritmalar suvli eritmalardan farq qiladi. Spirtning mikroorganizmlarga qarshi taʻsiri boʻlgani uchun uzoq vaqtgacha buzilmaydi. Agar retseptda erituvchi koʻrsatilmagan boʻlsa, eritma distillangan suvda tayyorlanadi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə