1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Qattiq shakldagi dori vositalari: tabletkalar, draje, kukun, kapsula, granula va hakozolar



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə40/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
TBA MARUZA

1. Qattiq shakldagi dori vositalari: tabletkalar, draje, kukun, kapsula, granula va hakozolar.


Tabletkalar dozalangan dori shakli boʻlib, moddalarni presslash yoʻli bilan tayyorlanadi. Tabletkalar dozasi aniqligi, ichishga qulayligi, koʻplab tayyorlash mumkinligi, ixcham boʻlishi va uzoq vaqt saqlanishi tufayli juda qulay dori shakli hisoblanadi. Tabletkalar ichish, til ostiga qoʻyish va sirtga qoʻyish uchun moʻljallangan. Sirtga qoʻllashda ulardan eritmalar tayyorlanadi.
Yoqimsiz mazali hamda tarkibida oson oksidlanadigan moddalar boʻlgan tabletkalarni qand, shokolod, kraxmal, kozein, asetilsellulozalardan tayyorlangan qobiqlar bilan oʻraladi. Ichish uchun qabul qilingan tabletkalarning miqdori 0,5 g.dan oshmasligi kerak, tabletkalarni retseptda yozishda dorining nomi va dozasi koʻrsatiladi. Tabletkalar soni, ularning ishlatish muddatiga qarab, har xil boʻlishi mumkin.
Draje (Drajee) - ichish uchun dozalarga boʻlingan dori shakli. Dori hamda yordamchi moddalarni qand donalariga bir necha marta qavat-qavat qilib toʻyintirish yoʻli bilan olinadi. Hozirgi paytda vitaminlar va boshqa dori moddalari draje shaklida chiqariladi. Drajelar sharsiman koʻrinish va silliq yuzaga ega.
Kukun (poroshok)lar. Pulvis - bosh kelishik birlik sonda, Pulveris - qaratqich kelishik, koʻplik sonda. Kukunlar ichiladigan va sirtga ishlatiladigan qattiq dori shakli boʻlib, sochiluvchi xususiyatga ega. Kukunlar maydalik darajasiga qarab, har xil boʻlishi - yirik kukunlar - pulveris grosis, mayda kukunlar - pulveris subtilis va juda mayda kukunlar - pulveris subtilissimus boʻlishi mumkin.
Kukunlarning maydaligi katta-kichik koʻzli elaklardan elab oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Odatda, retseptda kukunning maydalik darajasi koʻrsatilmaydi. Koʻz kasalliklarida ishlatiladigan kukunlar imkoni boricha mayda boʻlishi kerak, retseptda ulaming maydaligi albatta koʻrsatiladi. Kukunlar oʻz tarkibiga koʻra ikki xil boʻlishi mumkin: 1. Oddiy kukunlar - ulaming tarkibi bitta dori moddadan iborat. 2. Murakkab kukunlar - bir necha dori moddalarining aralashmasi. Kukunlar taqsimlanmagan (miqdorlanmagan) va taqsimlangan (miqdorlangan) guruhlarga boʻlinadi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə