Savollarga javoblari



Yüklə 40,73 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü40,73 Kb.
#138512
  1   2   3   4
3-lab. mashg\'uloti


Savollarga javoblari

1. Kukun dori shaklini tayyorlashning asosiy bosqichlari qanday? Kukunlar eng qadimgi dori turlaridan biri boʼlib, tibbiyot amaliyotida 2500-3000 yil eramizdan oldingi davrlardan boshlab ishlatilib kelinmoqda. Turli xil ham organik ham anorganik dorivor vositalardan kukunlar shaklida dorilar mavjud. Poroshoklar oddiy — (Pulveres simplices) bir dori moddasidan tashqil topgan yoki murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo’lishi mumkin. Undan tashkari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo’lib taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo’ladi. Ichish uchun mo’ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taksimlangan bo’ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda beriladi.

. Kukunlarning boshqa dori shakllaridan quyidagi afzalliklari bor: 1. Dori moddasi yaxshilab maydalanganligi sababli yuqori farmakologik faollikka erishish mumkin. 2. Tabletka va pilyulyalar (xab dorilar) bilan solishtirilganda elaki dorilarning tayyorlash texnologiyasi juda sodda. 3. Ixchamligi va saqlash davomida turg’unligi (suyuq dorilarga karaganda). 4. Tarkibining xilma-xilligi kukun tarkibida organiq, noorganiq moddalar, o’simlik va xayvonlardan olingan kukun moddalar, kam miqdorda suyuqliklar hamda qovushqoq moddalar bo’lishi mumkin (kiritilishi mumkin).

Ishlatilishiga ko‘ra: 1. Ichish uchun ishlatiladigan poroshoklar — pulveres pro usum internum. 2. Sirtga ishlatiladigan poroshoklar — pulveres pro usum externum deb atalib, ular bir necha guruhga bo‘linadi: — sepmalar — sepish uchun ishlatiladi — Pulveres adspersorii. Ularda zarrachalarning o‘lchami 0,1 mkm atrofida bo‘lib, ko‘proq yosh bolalar uchun qo‘llaniladi; — hidlash uchun — zarrachalarning katta-kichikligi 0,2 mkm bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgan kattalikdan oshmasligi kerak. Chunki, hidlanadigan poroshoklar yuqori nafas yo‘llariga borishi zarur; — purkash uchun — Pulveres insufflatorii. Zarrachalarning katta-kichikligi 0,1 mkm bo‘lib, maxsus asboblar yordamida purkaladi; — tish poroshoklari — Pulveres dentifrici; — uyda eritma tayyorlash uchun poroshoklar (chayish, ho‘llab qo‘yish, yuvish uchun eritmalar). Тarkibiga ko‘ra: 1. Oddiy poroshoklar: Pulveres simplices — tarkibida bitta dori moddasi bo‘lgan poroshoklarga aytiladi. 2. Murakkab poroshoklar: Pulveres compositi — tarkibida ikkita yoki undan ortiq dori moddasi bo‘lgan poroshoklarga aytiladi.


Yüklə 40,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə