Savollarga javoblari



Yüklə 40,73 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü40,73 Kb.
#138512
1   2   3   4
3-lab. mashg\'uloti

Efir moyi qo’shib poroshok tayyorlash Efir moyi poroshok tarkibiga qand bilan aralashgan holda qo’shiladi va bu aralashmani efir moy-qand aralashmasi (eleosaccharum) deb ataladi. Efir moyi poroshok tarkibiga ta’sir etuvchi va ma’lum ta’m beruvchi modda sifatida ham qo’shiladi. Efir moy-qand aralashmasi 2,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo’shib tayyorlanadi. Ammo efir moy-qand aralashmasi atirgul va achchiq apelsin efir moyidan tayyorlanadigan bo’lsa, u holda 4,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo’shiladi. Efir moy-qand aralashmasi kerak bo’lganda tayyorlanadi, chunki efir moylari oddiy sharoitda ham uchuvchan bo’ladi. Tayyor efir moy-qand aralashmasi ogzi jips berqiladigan shisha idishlarda, miqdorlarga bo’lingani esa pergament kogozlarda beriladi. Maydalashning fizik asoslari Qattiq jismlarda tashqi kuch ta’sirida zarrachalarning deformatsiyasi xisobiga o‘ta kichik darz (treshinы) ketishlar xosil bo‘ladi. Agar ta’sir qiladigan kuch jismni mustaxkamlik chegarasidan katta bo‘lsa, jism parchalanadi. Bunda qayishqoq deformatsiya mo‘rt deformatsiya bilan almashinadi va jism parchalanadi. Maydalanish jarayonida yangi yuzalar xosil bo‘lish vaqtida zarrachalarning deformatsiyasidan xosil bo‘lgan ichki ishqalanishni bartaraf qilish va material xamda mashina orasida xosil bo‘ladigan tashqi ishqalanishni bartaraf qilish uchun anchagina energiya sarflanadi. Maydalashning ikkita nazariyasi bor: xajmiy va yuza nazariyalari. Xajmiy nazariya buni 1874 yilda V.L.Kirpichev taklif qilgan. Bu nazariyaga muvofiq maydalash uchun sarflanadigan energiya jismning xajmiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shunday qilib Kirpichev bo‘yicha maydalash uchun sarflangan kuch (R) jismni to‘g‘ri chiziqli o‘lchovining kvadratiga yoki jismning yuzasiga proporsionaldir, sarflangan ish esa shu jismning xajmiga yoki og‘irligiga proporsionaldir. Yuza nazariyasi. Buni 1867 yilda Rittinger taklif qilgan. Maydalash uchun sarflanadigan energiya, xosil bo‘lgan bo‘lakchalar (zarrachalar) yuzasiga proporsionaldir. Bu nazariya bo‘yicha jismni maydalash uchun sarflangan ish uning maydalik darajasiga proporsionaldir. Bu ikki nazariya mustaqil ravishda masalani tub moxiyatini ochib berolmaydi. Ular birbirini to‘ldiradi, oydinlashtiradi. Rebinder P.A. bu ikki nazariyadan bir butun maydalash nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga binoan jismni maydalash uchun sarflanadigan ish, ya’ni yuza xosil bo‘lishi uchun sarflangan energiya va maydalanadigan materialning xajmlarini yig‘indisiga tengdir: bu erda:A - maydalash ishi; G 2 - taranglikni enguvchi kattalik; ∆F- yangidan xosil bo‘lgan yuza; K - proporsionallik koeffitsienti; V- maydalanadigan jism xajmi; E - maydalanayotgan jismning taranglik ko‘rsatkichi. Dastlabki maydalash. Dastlabki maydalash asosiy (keyinchalik) maydalashni osonlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Bu usul asosan farm korxonalarda o‘simlik xom ashyolarini (ildiz, po‘stloq, poya va x.k.) maydalashda ishlatiladi. Bu usulda maydalash quyidagi maydalagichlarda amalga oshiriladi: kesuvchi, yoruvchi, arralovchi . Kesuvchi-arralovchi maydalagichlar. Bular asosan o‘t yoki ildiz qirquvchilar yordamida amalga oshiriladi. Bu mashinalarni asosiy ishchi qismi xar xil tuzilishdagi pichoqlardir. O‘t qirquvchi-travorezki - bular diskli va barabanli bo‘ladi. Diskli o‘t qirquvchilarda egri chiziqli (krivolineynoe) tig‘i(pichoqi) maxovikni kechayiga (spitsasiga) mustaxkamlab qo‘yilgan bo‘ladi. Xsimlik xom ashyosi dasta xolida tarnovcha orqali pichoqqa yuboriladi. Barabanli o‘t qirquvchilarda pichoqi qayrilgan bo‘lib, 30 gradus burchak xosil qilib mustaxkamlab qo‘yilgan. Ishlab chiqarish unumi soatiga 300 kg xom ashyodir. Ildiz qirquvchi - kornerezkalarda gilotinali 2 ta pichoqi bor. Yuqoridagi pichoq - ekssentrikka maxkamlab qo‘yilgan bo‘lib, yuqoriga va pastga xarakat qiladi. Pastki pichoq xarakatlanmaydi. Pastki pichoq yuqoriga va pastka tushishi bilan ildizni maydaligi boshqariladi. Maxsus mashinalarda xom ashyo kvadrat yoki kub shaklida kesiladi. Agar xom ashyo o‘ta quruq bo‘lsa, ularni namlab bir-ikki kunga xo‘llangan qalin matoga o‘rab qoldiriladi. Xom ashyoni oxirigacha maydalashda xar-xil tuzilishdagi tegirmonlardan foydalaniladi. Ezib (razdavlivayuщego) maydalashga asoslangan maydalagichlar. Juvali tegirmonlar - ular silliq juvali va tishli bo‘ladi. Juvalarni to‘g‘ri va unumli ishlashi xom ashyoni uzluksiz va bir me’yorda berib turishga boqliqdir. Bunda tegirmonning juvalari silliq bo‘lsa, uning diametri maydalanadigan materialning diametridan 20 marta katta bo‘lishi kerak. Tishli juvalar ancha katta bo‘laklarni xam qamrab olib maydalay oladi, shuning uchun uning diametri 5-10 marta katta bo‘lsa etarlidir. Ularni ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 1000 kg ni tashkil qiladi. Juvali tegirmonlar oziq-ovqat, ximiya sanoatida va texnikada keng qo‘llaniladi. Ezib-ishqalab maydalaydigan maydalagichlar. Ishlash prinsipi ezib-ishqalashga asoslangan maydalagichlarga toshli tegirmon, (jernovka), begunlar va diskli tegirmonlar kiradi. Diskli tegirmonlar. Asosiy ishchi qismi ikkita vertikal o‘rnatilgan disk bo‘lib, ulardan bittasi xarakat qiladi, ikkinchisi xarakatsiz. Disklarning yuzasida kesuvchi yoki zarb bilan urib maydalovchi xar xil konstruksiyadagi moslamalar - tishlar bo‘ladi. Tashqi disk yopilganda tishlar bir birini orasiga kiradi. Material disklar orasiga tushib maydalanadi. Disklar minutiga 200-300 marta tezlikda xarakat qiladi. Diskdagi tishlar doira bo‘ylab shunday joylashganki, xarakatdagi diskning tishlari xarakatsiz diskning tishlari orasiga tushishi kerak. Tegirmon ishlaganda o‘tkir tishlar xisobiga materialni kesish, ishqalash va ezish yuz beradi. Diskni diametri D=400 mm bo‘lganda ishlab chikarish unumdorligi 50 kg/soat bo‘ladi. Dezintegratorlar va dimmembratorlar - bular mo‘rt materiallar (soda, achchiqtosh, qand va boshqalar) ni maydalashda ishlatiladi. Bu tegirmonda maydalash urib markazdan qochish kuchiga asoslangandir. Dezintegratorlarda ikkala diski xam qarama-qarshi tomonga minutiga 500-900 marta tezlikda aylanadi. Ikkala disk yuzasida tishlar va shtiftga o‘xshash moslamalar bo‘lib, 2-4 qator xalqa bo‘ylab joylashgan. Disklar bir-biriga qarama-qarshi ravishda shunday joylashganki, bita diskning tishlari ikkinchi disknikiga kirib turadi. Markazdan qochish kuchi xisobiga zarrachalar markazdan chetga uloqtiriladi. Bunda zarrachalar tishlardagi disklar yuzasida xisobsiz zarbaga uchrab maydalanadi. Dismembratorlar - dezintegratorlardan farqi, tashqi diski aylanmaydi. SHuning uchun kerakli darajadagi maydalik olish uchun ichki diski minutiga 3800 marta tezlikda aylanadi. Perpleks dismembra turning bir turidir. Bolqachali tegirmon - ichki devori zixrlangan qalin metalldan tayyorlangan tana, markaziy o‘qga o‘rnatilgan diskdan iborat bo‘lib, uning markazidan devorga qarab bir nechta qator bolg‘achalar o‘z o‘qi atrofida qimirlaydigan qilib o‘rnatilgan bo‘ladi, maydalangan modda elakdan uzluksiz o‘tib ketaveradi. Bu esa maydalash jarayonini tezlatadi. Zarb (urib) bilan maydalaydigan maydalagichlar. Bunda jismlarni maydalanishi uni bo‘lakchalarini bir-biriga urishish tezligiga boqliq. Bularga bolg‘achali dezintegratorlar, dismembratorlar va tez oqimda ishlaydigan tegirmonlar kiradi. Bolg‘achali tegirmonlar. Bu tegirmonlarda rotorni markaziy valiga ketma-ket bir qancha disklar o‘rnatilgan (mustaxkamlangan) bo‘ladi. Disklarda esa sharnirga (oshiq-moshiqqa) o‘rnatilgan po‘latdan yasalgan bolg‘achalar osilib turadi. Rotor bolg‘achalar bilan og‘ir korpus ichida aylanadi. Korpusning ichki devori zixrli (bronli) po‘lat bilan qoplangan bo‘ladi. Maydalanadigan modda bo‘lakchalari bolg‘achalar zarbidan korpusning devoriga borib uriladi, bunda bo‘lakchalar bir-biri bilan xam katta tezlikda urilib maydalanadi. Bunda zarrachalar ma’lum o‘lchovgacha maydalangandan so‘ng korpusning pastki qismidagi elak-panjara (reshetka) orqali o‘tadi. Rotor minutiga 500-1500 marta aylanadi. YUmshoq va qayishqoq materiallarni maydalash uchun bolg‘achalari disklarga qo‘zg‘almas qilib biriktirilgan tegirmonlar ishalatiladi. Bunday tegirmonlar krestli yoki krestsimon deyiladi [5,8]. Tez oqimda ishlaydigan maydalagichlar. Bu maydalagich kamerasidan, ikkita bir-biriga qarama-qarshi joylashgan 2 naychalardan iborat. Ularning uchida trubka, soplo, voronkasi va chiqarib beruvchi shtutserlar joylashtirilgan bo‘ladi. Maydalanadigan material voronka orqali injektorni qabul qilish idishiga tushadi, u erda soplodan chiqadigan 6-7 atm. Bosimli xavo oqimida tezlikni oshiruvchi trubkaga yuboriladi, natijada zarrachalar kerakli tezlikni oladi. Bunda zarrachalar tezlikni oshiruvchi trubkadan 800 m/sek tezlikda otilib chiqib qarama-qarshi trubkadan shu tezlikda kelayotgan zarrachalar bilan uriladi. Zarrachalar bir-biriga katta tezlikda urilganda (xavo tezligi 1 sekundda 800 m, 6-7 atm. bosimda) maydalanadi va shtutser orqali ajratgichga yuboriladi. Tez oqimda ishlaydigan tegirmonlar xom ashyoni diametri 100 mm dan 50-80 mkm gacha maydalaydi. Bu maydalik darajasi biofarmatsiya nuqtai nazaridan katta axamiyatga egadir. Urib (zarb) - ishqalab maydalaydigan maydalagichlar. Bu prinsipda zo‘ldirli va vibro tegirmonlar ishlaydilar. Zo‘ldirli tegirmonlar asosan baraban va zo‘ldirlardan tashkil topgan. Ishqalanish natijasida va markazdan qochish kuchlar xisobiga material va zo‘ldirlar ma’lum balandlikka ko‘tariladi, keyin u erdan pastga tushadi, natijada zo‘ldirlar urishi va ularni orasidagi ishqalanish xisobiga material maydalanadi. Bunda zo‘ldirli tegirmonlar faqat ma’lum tezlikdagina unumli ishlaydi. Solanadigan zo‘ldirlar miqdorini barabanni 40-50% xajmini tashkil qilishi lozim. Odatda diametri D=50-150 mm bo‘lgan zo‘ldirlar ishlatiladi. Zo‘ldirli tegirmonni ishlab chiqarish unumdorligi barabanni diametri kattalashish bilan oshib boradi. Odatda ularni diametri 800- 2900 mm, tezligi 20-40 ob/min. bo‘ladi. Barabanni nikellangan temirdan, chinnidan yoki boshqa materiallardan tayyorlanadi. Zo‘ldirli tegirmonlarda yuqori maydalik darajasiga ega bo‘lgan tolqonlarni olish mumkin. Mayda va o‘ta mayda tolqonlar olishda ishlatiladi. Maydalanadigan moddani zarrachalari diametri 1-2 mm bo‘lsa, 1-5 mkmgacha maydalikdagi zarrachalarni olish mumkin. Vibrotegirmonlar inersion va giratsion (ekssentrikli)larga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda debalans vali inersion maydalagichlar keng tarqalgan. Debalansli val aylanganda tegirmonni korpusi tebranadi, bu tebranish esa baraban (korpus) ichidagi zo‘ldirlarga beriladi. Bunda maydalanish korpus ichidagi material zo‘ldirlar birbiriga urilishi va ishqalanishidan amalga oshiriladi. Kolloidli tegirmonlar. O‘ta mayda tolqon olish uchun kolloid tegirmonlar ishlatiladi. Ularni ishlash prinsipi urib-markazdan qochish tegirmonlarga o‘xshashdir. Zarrachalar ikkita tez aylanadigan konussimon roliklar (rotor) orasidagi diametri 0,05 mm bo‘lgan tuynik orqali o‘tib, maydalanadi. Ular yuqori tomonga xalqasimon bo‘lib kengayib boradi. Rotorni tezligi 125 m/S va nam xolda maydalashda ishlatiladi. Elaklash. Maydalangan xom ashyo elaklardan o‘tkazilib, tasniflanadi. XI Davlat farmakopeyasida keltirilgan jadvaldan shu maqsadda foydalaniladi. Korxona sharoitida ishlatiladigan elaklar mexanik ravishda ishlaydigan bo‘lib, tebranma (soniyasiga 200 marta) va giratsion xarakatli bo‘lishi mumkin. Elaydigan mexanizmlar. Farmatsevtika korxonalarida asosan ikki xil elaydigan mexanizmlar ishlatiladi. 1. Tekis (yassi) elakli mashinalar. 2. Do‘mbira (baraban) elakli mashinalar. YAssi elakli mashinalarga tebranma va zirillovchi elaklar kiradi. Tebranma elakli mashinalar. Bunda g‘ildirakchalar (rolik)ga 2-4 oC qiyalikda joylashtirilgan elak tirsakli o‘q yordamida ikki yo‘naltirgich orasida ilgarilama teskari xarakat qiladi. Uni tebranish soni 50 dan 200 martagacha bo‘lib, amplitudasi 200 mm gacha bo‘ladi. Ancha mukammallashtirilgan mashinada elak qutisi (korobka) bilan oshiq-moshiqli (sharnir) ilmoqqa yoki qiyshiq shotili tirgovich (opora) ga o‘rnatilgan bo‘lib, ilgarilanma-teskari xarakat qiladi. 2-3 elak ustma-ust joylashtirilgan tebratmalar ancha qulay xisoblanadi. Masalan, maydalangan xom ashyoni nastoyka yoki ekstrakt tayyorlashdan oldin ikkita ketma-ket joylashgan elakdan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Xom ashyo xampadan teshigi kichik bo‘lgan elakka tushib elanadi, bunda diametri 0,5 mm dan kichik bo‘lgan zarrachalar o‘tadi. CHang va mayda zarrachalardan tozalangan xom ashyo ikkinchi elakda elanganda 3 mm dan kichik bo‘lgan xamma zarrachalar o‘tadi, elakda qolganlari esa qaytadan maydalashga yuboriladi. Zirillovchi elaklar. Zirillovchi (vibratsion) elaklar elektro magnitli, gritsion (o‘qi markaz chetida bo‘lgan) va inersion elaklarga bo‘linadi. Zirillovchi elaklarni mayda tolqonlarni elashda ishlatish maqsadga muvofiqdir, chunki zirillovchi xarakat elak teshiklariga tolqon tiqilib qolishini oldini oladi. Elektromagnitli zirillovchi elakda ilgarilanma teskari qaytariladigan xarakat elakka maxkamlanib qo‘yilgan yakorni navbatma-navbat magnitlanishi va magnitsizlanishi xisobiga amalga oshadi. Asbob elektr tarmog‘iga ulanganda elektromagnit yakorni va unga maxkamlab qo‘yilgan elakni tortadi, bu vaqtda o‘ng tomondagi ulagich uziladi va yakor magnitsizlanadi, elakni orqaga xarakati kuchli purijinalar yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayon soniyasiga 200 marta, 3 mm amplituda bilan uzluksiz davom etaveradi. Giratsion elaklar. Xar xil o‘lchovdagi bitta, ikkita va uchta elakdan tashkil topgan bo‘ladi. Ular elakli qutidan (1), prujinali tirgovich (2) va tayanch ramadan tashkil topgan (3). Xarakatlantiruvchi mexanizm xarakatni tasmadan oladigan ekssentrikli o‘qdan tashkil topgan. X o‘q ikkita muvozanatni ushlab turadigan toshlari bo‘lgan maxovikka mustaxkamlangan bo‘ladi. Ekssentrikli o‘q aylanganda elanadigan tolqon qarama-qarshi oqimda aylanma xarakatga kelib, uni yaxshi saralanishiga olib keladi. Do‘mbirali elaydigan dastgoxlarlar yuzasi elakli aylanadigan do‘mbiradan tashkil topgan bo‘lib, 3-8 0 qiyalikda joylashtirilgandir. Elanadigan material do‘mbira ichiga solinadi va aylanganda elak teshiklaridan o‘tadi, katta bo‘laklar va tashlandiq moddalar do‘mbirani oxiriga yig‘iladi va chiqarib tashlanadi. Odatda do‘mbira g‘ilofli bo‘ladi. Do‘mbirani bitta yoki 2-3 elakli yuzasi bo‘lishi mumkin. Do‘mbira tishli yoki fraksion uzatgichlar yordamida xarakatga keltiriladi. Agar friksion uzatgich bo‘lsa do‘mbira aylanadigan g‘ildirakcha (rolik) larga o‘rnatilgan bo‘ladi. Do‘mbirali elaydigan dastgoxlar daqiqasiga 10 dan 25 martagacha aylanadi. Elashdagi turboelektrik xodisalar. Turboelektrik xodisa deb, ishqalanish natijasida elektr zaryadlari xosil bo‘lishiga aytiladi. Bunday xodisalar ba’zan dori moddalarni elashda xam yuz berib, bunda xosil bo‘lgan zaryad qarama-qarshi qutbli bo‘lishi mumkin. Masalan, oltingugurt va qo‘rg‘oshin oksidini aloxida-aloxida zarrachalar ishqalanish xisobiga manfiy, birgalikda esa xar xil (oltingugurt manfiy, qo‘rg‘oshin oksidi musbat) zaryadlar xosil bo‘ladi. Ba’zi elektr faol moddalar zaryadi yo‘qolgandan yoki chiqib ketgandan so‘ng qattiq bo‘laklar xosil qiladi. Bunday moddalarga qo‘rg‘oshin oksidi, bug‘doy kraxmali, qand va boshqalar kiradi. Triboelektrik xodisalar elash jarayonini qiyinlashtirgani uchun uni xosil bo‘lishini oldini olish kerak. Buni eng qulay usuli elak materialini o‘zgartirish yoki tolqonlarni xar xil usullarda elashdir. Tolqonlarni maydaligini aniqlash. Tolqonlarni maydaligi elak teshigini o‘lchovi bilan belgilanib, maydalangan tolqon undan to‘la o‘tishi kerak. Maydaligiga qarab tolqonlar: - yirik: - o‘rtacha yirik: - o‘rtacha mayda: - mayda: - juda mayda: - o‘ta maydalarga bo‘linadi. Agar tolqonning maydalik darajasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, zarrachalarni o‘lchovi 0,150 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. XI DF 2-juzini I jadvaliga 23 elak kiritilgan bo‘lib, 7 xil maydalik darajasiga to‘g‘ri keladi. Bu jadvalda elaklarni teshigini shakli, teshigini belgilangan (nominalnыy) o‘lchov (mm), elak materiali va NTX bo‘yicha raqami, elak tayyorlangan materialni raqami, tolqonni kattalik darajasi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Elaklar to‘qilgan, teshilgan va panjarasimon bo‘ladilar. To‘qilgan elaklar. Ipak, kapron iplaridan, po‘lat, latun va mis simlaridan to‘qiladi. Ipak va kaprondan to‘qilgan elaklar xilma xildagi mayda va o‘rtacha yirik tolqonlarni elashda ishlatiladi. Ular mustaxkam bo‘lib, elangan materialni bir xilligini ta’minlaydi. Simdan to‘qilgan elaklar xamma kategoriyalardagi yirik tolqonlarda ishlatiladi. Teshib tayyorlangan elaklar ruxlangan temir bo‘laklariga dumaloq yoki to‘rtburchak qilibteshib tayyorlanadi. Yirik maydalangan materiallarni elashda ishlatiladi. Bu elaklar mustaxkam, xar xil mexanik tas’irlarga chidamli bo‘ladi. Panjarasimon elaklar - parallel joylashgan metall tolalari majmuasidan iborat bo‘ladi. Ular o‘ta mustaxkam bo‘lib zarb bilan ishlaydigan bolg‘achali tegirmonlarga o‘rnatiladi. Elash yoki elaklab tasniflash deb, xar xil o‘lchovdagi zarrachalarni elaklar yordamida ikki va undan ko‘p qismlarga ajratishga aytiladi. Odatda maydalangan xom ashyo 1-jadvaldagi elaklardan o‘tkazilib tasniflanadi. Tasniflanadigan tolqonlar yirik, o‘rtacha yirik va o‘rtacha mayda bo‘lsa 25-100 g olib yaxshi bekiladigan qopqoqli va tubi teshikli elakka solib qo‘lda yoki mexanik usulda 10 daqiqa elanadi [1,2]. Agar tolqon mayda yoki o‘ta mayda bo‘lsa 25 g olib 20 daqiqa elanadi. Agar elash jarayonida tolqonlar elakni teshigiga taqalib qolsa, pastki tomondan tozalashga ruxsat etiladi. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlar. Sanoat miqyosida ishlab-chiqariladigan kukunlarni tayyorlashni o‘ziga xos tomonlari qo‘yidagilardan iborat: ular katta hajmda, maxsus sexlarda tayyorlanadi; tayyorlash jarayoni asosan mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilgan bo‘ladi. Har bir bosqichni nazorat bo‘limi tekshirib boriladi, maxsulot tayyor bo‘lganidan so‘ng qadoqlashdan oldin har bir turkumni sifat va miqdor ko‘rsatkichlari tekshiriladi. Talab darajasida bo‘lsa qadoqlashga ruhsat etiladi. Qadoqlab bo‘lganidan so‘ng har bir turkumdan qadoqlashgan yorliqlangan maxsulotdan olib, analitik laboratoriyaga topshiriladi. U erda bitta idishdagi maxsulotni miqdori, tashqi ko‘rinishi, chinligi, tozaligi, ta’sir etuvchi moddani miqdori tahlil etiladi. Hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalar MH talabiga javob bersa, nazorat bo‘limini xulosasi asosida maxsulot korxona omborxonasiga topshiriladi. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlarni tayyorlash quyidagi texnologik bosqichlardan iborat: tegishli asbob uskunalarni tayyorlash, boshlang‘ich maxsulotlarni maydalash, elash, aralashtirish, qadoqlash va yorliqlash. Kukun tayyorlanadigan sex xona gigiena-sanitariya talabiga javob berishi kerak, asbob uskunalar ishlashdan tozalab, dezinfeksiyalovchi moddalar qo‘shilgan. Tuzsizlantirilgan suv bilan 2-3 marta yuviladi, so‘ngra suv bug‘i yuborib, quritiladi. Kukunlarni tayyorlashni birinchi bosqichi substansiyalarni maydalashdir1 . Bu maqsadda asosan tegirmonlar ishlatildi. Tegirmonni tanlashda maydalanadigan moddani fizik-kimyoviy, morfologik, gistologik xossalarini hisobga olish kerak. Substansiyalarni maydalashda ulardagi qoldiq namlik katta ahamiyatga ega. Sex sharoitida ko‘pincha zo‘ldirli, dismembrator, dezintegrator, bolg‘achali tegirmonlar ishlatiladi. Maydalanadigan modda tegishli tegirmonga solinadi. Elektr tarmog‘iga ulanadi va reglamentda ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida maydalaniladi. Mayda langan modda barabanli, vibratsion yoki sexda mavjud bo‘lgan boshqa elaklar yordamida elanadi. Elangan kukunlar aralashtirgichlarga solib yaxshilab aralashtiriladi. Agar murakkab kukun bo‘lsa, hamma ingridientlar yana elanishi kerak va qaytadan aralashtiriladi. Korxona sharoitida kukunlar asosan uchta usulda aralashtiriladi: 1. Zettasimon ikki kurakchali aralashtirgichlar. Bular asosan ikkita yarim silindrsimon tubdan, ikkita zetta-simon aralashtirgichdan, qopqoqdan, qopqoqdagi tuyikdan tashkil topgan. Aralashtirgich kurakchalari xar hil tezlikda qarama-qarshi tomonga xarakat qiladi. Bundan maqsad kukunni hamma qatlamlari bir hil aralashishidir. Aralashtirib bo‘lgandan so‘ng aralashtirgich avtomatik usulda "ag‘dariladi" va kukun idishga tushadi. Korxonalarda bunday aralashtirgichlardan 40, 70, 100 litrlilari ko‘p ishlatiladi (rasm). 2. Laboratoriya sharoitida kukunni ko‘pincha zo‘ldirli tegirmonda aralashtiradilar. Bu maqsadda barabandagi sharlarni bir qismini olib, barabanga kukun solinadi va elektr tarmog‘iga ulab ma’lum vaqt baraban aylantiriladi. Bunda kukunlar bir tekis aralashadilar. Bu usul oddiy, lekin unumdorligi yuqori emas (rasm). 3. Yolg‘on qaynoq yuzada aralashtirish bu eng zamonaviy asbob bo‘lib, SG-30 turkumidagi asbobda amalga oshiriladi. Bu asbob tubida ikki qavatli elagi bo‘lgan va 30 kg kukunga mo‘ljallangan idishdan, yuqorisida kaprondan qilingan engdan iborat. Aralashtirish lozim bo‘lgan modda idishga solinadi, idishni gardishi (cheti) kapron eng bilan zich berkiladi, so‘ngra boshqaruv pultidan idishni tubiga xavo bosim bilan yuboriladi. Bunda idishdagi massa bosim ostida yuqoriga ko‘tarilib, muallak holga kelib , o‘zaro aralashadi, mayda zarrachalar kapron filtrda ig‘iladi, aralashtirib bo‘lgandan so‘ng, filtr avtomatik usulda tebranib, mayda kukunlar teleshkaga tushadi. So‘ngra teleshkani korpusdan chiqarib ichidagi modda boshqa sig‘imga so‘linadi. Bu usulni kamchiligi bosim me’yoridan yukori bo‘lsa, kapron yirtilib mayda fraksiya atmosferaga chiqib ketadi. Shunday qilib, tayyor kukundan nazorat bo‘limi namuno olib analitik laboratoriyaga tekshirishga yuboriladi. Agar natijada ijobiy bo‘lsa, qadoqlashka ruhsat etiladi. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan sepma kukunlarini texnologiyasi boshqa kukunlardan quyidagi tomonlari bilan farq qiladi: 1. Sepma tarkibiga kiradigan ingridientlar o‘ta quruq bo‘lishi kerak. 2. Sepma tarkibidagi moddalar alohida-alohida mayda kukun holigacha maydalanib, teshigini diametri 100mk dan katta bo‘lmagan elaklar orqali elangan bo‘lishi kerak, chunki zarracha diametri qanchalik kichchik bo‘lsa, uni biosamaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi, teriga yaxshi yopishidi. Sepma dorilar quruq joida saqlanishi lozim, aqs holda namni tortib olib , qattiq bo‘lakchalar hosil qiladi, ular esa terini qitiqlaydi. Sex sharoitida sepma dorilarni ishlab chiqarishda bularni hisobga olish kerak. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlar: Bolalar sepmasi (Aspersio puerilis). Oq yoki oq kulrang kukun. Tarkibi: Ruh oksidi - 10,0 Kraxmal - 10,0 Talk - 80,0 Texnologiyasi galmaninga o‘xshash. 50,0 g dan karton karobkada chiqariladi. Quruq joyda saqlanadi. Teri kasalligida ishlatiladi. Amikazol sepmasi (Aspersio Amicosoli). Oq yoki kulrang kukun. Tarkibi: Amikazol - 2,0 - 5,0 Talk -98,0 -95,0 Texnologiyasi galmaninga monand. Shisha yoki karton idishlarda 40,0 dan chiqariladi. B - ruyhatda, qorong‘i joyda saqlanadi. Zamburug‘ga qarshi vosita sifatida tashqi maqsadlarda ishlatiladi. Murakkab chuchukmiya kukuni (Pulvis Glycyrrhizae Compositus). Ko‘kish-sariq yoki ko‘kish-qo‘ng‘ir rangli, taxir-shirin mazali va ukrop hidiga ega bo‘lgan kukun. Tarkibi: Chuchukmiya ildizi kukuni - 20,0 Sano bargi kukuni - 20,0 Ukrop mevasi kukuni - 10,0 Tozalangan oltin gugurt - 10,0 Qand kukuni - 40,0 Preparatni tarkibidagi moddalar alohida-aloxida o‘rtacha may dalikgacha maydalanib, teshigini diametri 200 mkmli elak orqali o‘tkaziladi. Aralashtiriladi. Qo‘ng‘ir ranli bankalarga qadoqlanadi. Qorong‘i, quruq joyda saqlanadi. Engil surgi dori sifatida ishlatiladi. Kirim-chiqim nisbati. Moddalar massasini saqlanish qonuniga binoan dori tayyorlash uchun olingan xom ashyo miqdori, tayyor maxsulot qo‘shimcha va tashlandiq moddalar miqdoriga teng bo‘lishi kerak: g1 = g2 + g3+ g4, bu erda g1 - dori tayyorlash uchun olingan xom ashyo miqdori; g2 - tayyor maxsulot; g3 - qo‘shimcha maxsulot miqdori; g4 - tashlandiq modda miqdori. Amalda olingan tayyor maxsulot miqdori xar doim olingan xom ashyo miqdoridan kam bo‘ladi, chunki ishlab chiqprish jarayonida olingan moddani ma’lum bir miqdori yo‘qoladi. SHuning uchun yuqoridagi tenglama bunday yozilishi mumkin g1 = g2 + g3+ g4+ g4+ g5 bu erda g5- yo‘qotilgan modda miqdori. Bu tenglama kirim-chiqim tenglamasi deyiladi. Kirim-chiqim nisbati algebraik tenglama, jadval yoki diagramma shaklida ifoda etilish mumkin. Kirim-chiqim nisbati jadval shaklida ifodalanganda kirim qismiga ishlab chiqarish uchun olingan xom ashyo miqdori, sarf qismida esa, tayyor maxsulot, qo‘shimcha maxsulot, yo‘qotilgan modda miqdori yoziladi. Bunda xar ikki tomon miqdorlari yig‘indisi bir-biriga teng bo‘lishi kerak. Kirim-chiqim nisbati 1) bitta bosqich yoki operatsiya; 2) vaqt birligi (soat, smena, sutka); 3) tayyor maxsulot birligi (1000 dona, 100 kg) uchun tuzilishi mumkin. Kirim-chiqim nisbati korxonani ko‘zgusidir, chunki kirim-chiqim nisbati orqali hamma hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Korxona sharoitida maxsulot odatda butun sonlarda (10 kg, 100 kg, 1000 kg) tayyorlanadi, shuning uchun xom ashyo farmakopeyada keltirilgan miqdordan ko‘proq olish kerak, ya’ni yo‘qotish hisobiga olinadi. Bu sarflanish koeffitsienti orqali amalga oshiriladi. Sarflanish koeffitsientini tenglamasi: bu erda: g1 - olingan modda miqdori; g2 - tayyor maxsulot Har doim K sarf birdan katta bo‘ladi, birga teng yoki undan kichik bo‘lishi mumkin emas, chunki K sarf birga teng bo‘lsa yoki kichik bo‘lsa, tayyor maxsulot 100% yoki undan katta bo‘ladi, bu bo‘lishi mumkin emas, chunki xar qanday ideal ishlab chiqarishda ham yo‘qotish bo‘ladi. Lekin K sarf birga yaqinlashtirishga xarakat qilinadi. K sarf qiymati korxonani avtomatizatsiya va mexanizatsiya darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Farmakopeya tarkibi ma’lum bo‘lsa, uni sarflanish koeffitsientiga qupaytirsa ishchi tarkib xosil bo‘ladi. Masalan, streptotsidning 10% li surtmasini XI DF bo‘yicha tarkibi: Streptotsid - 10,0 Vazelin - 90,0 Uni K sarf = 1,08 ga teng bo‘lsa, ishchi tarkib quyidagicha bo‘ladi: Streptotsid - 10,0 x 1,08 = 10,80 Vazelin - 90,0 x 1,08 = 97,20 108,0 Demak, 100 kg streptotsid surtmasini olish uchun 10,8 kg streptotsid, 97,2 kg vazelin olib tayyorlansa 100 kg tayyor maxsulot hosil bo‘ladi. Tayyor maxsulot foizi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Yo‘qotish foizi bu tenglama yordamida topiladi



Yüklə 40,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə