Savollarga javoblari



Yüklə 40,73 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü40,73 Kb.
#138512
1   2   3   4
3-lab. mashg\'uloti

Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to’la bo’lishi yoki ba'zi bir jarayonlarning bo’lish-bo’lmasligi dori tarkibi, uning qo’llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o’ta maydalangan bo’lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o’xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik zarrachalarning bo’lishi tishning emal qavatini zararlashi mumkin. hidlash uchun ishlatiladigan elaki dorilar zarrachalarining maydaligi o’rta me'yorda bo’lgani ma'kul (0,2 mm), chunki bunday kukunlar nafas yo’llarining tashqi qavatiga mo’ljallangan bo’lib, ularning tomok yo’llariga tushish zarurati yo’k

Maydalash, aralashtirish. Dori tayyorlash uchun mo’ljallangan kukunlarni maydalashdan ikki maqsad bor. Birinchisi dori moddaning tanaga tezrok va to’larok so’rili­shi bo’lsa, ikkinchisi maydalangan kukunlar yaxshi aralashadi, dozalanganda qavatlarga ajralmaydi va ingredientlarning ayrim zarrachalari ajralib ko’rin­maydi.
Maydalash usullari
a — ezib maydalash; b — yorish; v — sindirish; g — kesish; d — arralash;
e — ezgilab maydalash; j — urib maydalash; z — erkin tushish.

Elash (cribratio). Dorixona sharoitida poroshoklarni maydalik darajasi oddiy ko‘z bilan qarab tekshiriladi. O‘simlik xom ashyolari va ayrim moddalar XI DF ning II qism 19-betidagi maxsus maqolada ko‘rsatilgan elaklarda elanadi. Bu elaklarning katta-kichikligi va soni har xil bo‘ladi. Asosan 16 ta nomerli elaklar ishlatilib, teshiklari diametrining kattaligi 0,1—10 mm gacha bo‘ladi. 1. Eng mayda poroshok 61-sonli elaklardan o‘tkaziladi, uning teshiklarining diametri — 0,1mm. Bu elaklardan ko‘z poroshoklari, sepma dorilar, purkash uchun ishlatiladigan poroshoklar o‘tkaziladi. 2. Mayda poroshoklar teshiklarining diametri — 0,16 mm li 38-sonli ipak elakdan o‘tkaziladi. Agar farmakopeyada moddalarning maydalik darajasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shu elakdan foydalaniladi.


Yüklə 40,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə