1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


OGʻRIQSIZLANTIRUVCHI VOSITALAR (analgetiklar)



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə48/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57
TBA MARUZA

OGʻRIQSIZLANTIRUVCHI VOSITALAR (analgetiklar).


Ogʻriqni qoldirish shifokorning amaliѐtida muhim vazifadir. Chunki u bemorga azob beruvchi, xastalik belgisi boʻlibgina qolmay, dardini ogʻirlashtiradi va uning oqibatiga salbiy taʼsir etadi. Jumladan, jarrohatlarda u karaxtlik va oʻlimga sabab boʻladi. Shuning uchun ham shifokor ogʻriqni susaytiruvchi ѐki uni daf etuvchi dorilar taʼsirini va ularni qoʻllashni yaxshi bilishi kerak. Ogʻriqni sezish organizmda teri, tomir, boʻgʻim, mushak va aʼzolarda joylashgan, alohida retseptorlar-notsiseptorlar orqali amalga oshadi. Bu retseptorlar ekzogen (mexanik, kimѐviy, termik) va endogen (bradikinin, gistamin, serotonin, prostaglandin, K+) taʼsirotlari natijasida qoʻzgʻaladi. Bosh miya poʻstloq qavatiga ogʻriq impulslari, alohida oʻtkazuvchi yoʻllar orqali yetadi. Lekin MNSda ogʻriqqa qarshi turuvchi, uni kuchini kamaytiruvchi, tizim mavjud (antinotseptiv sistema xavorang dogʻ, chokning katta yadrosi, retikulyar yadrolar). Bu tizim yuqoridan pastga qarab taʼsir etadi va ogʻriq sezishini susaytiradi. Bundan tashqari organizmda bir qator faol biologik moddalar boʻlib ular ogʻriqni sezishini oʻzgartiradilar (ogʻriqsizlantiruvchilari): endogen peptidlar-enkefalin, β-endorfin, dinorfin. Ogʻriqni kuchaytiruvchi: p-susbstansiya. Neyrogormonlar ham faqat mediator (vositachi) boʻlibgina qolmay, notsiseptiv qoʻzgʻalishining modulyatori (oʻzgartiruvchisi) vazifasini ham bajaradi. Demak, organizmda murakkab antinotsiseptiv tizim boʻlib, uning faolligi pasaygandagina ogʻriqsizlantiruvchi vositalarni qoʻllash zaruriyati tugʻiladi. Ogʻriqsizlantiruvchi vositalar, faqatgina ogʻriq sezishni kamaytirib, boshqa sezuvchanlikka, es-xush va harakatlarga terapevtik dozalarda taʼsir etmaydilar, yaʼni ular tanlab taʼsir koʻrsatadilar. Taʼsir mexanizmi va farmakodinamikaga asoslanib, hozirgi zamon analgetiklari quyidagi 2 ga guruxlarga boʻlinadilar:
I. Asosan markaziy taʼsirli vositalar
1. Narkotik analgetiklar (opioidlar): - agonistlar morfin, promedol, fentanil, sufentanil, alfentanil - agonist-antogonist pentozotsin, nalorfin, nalbufin, butorfanol, buprenorfin - antogonist nalokson. naltrekson
2. Nonarkotik analgetiklar: paratsetamol, klofelin, amitriptilin, dimedrol, karbamazepin.
Nonarkotik analgetiklar narkotik analgetiklardan oʻzining asosiy xususiyatlari bilan farqlanadi. Jumladan:
1. Nonarkotik analgetiklarning ogʻriq qoldiruvchi analgetik taʻsiri narkotik analgetiklarga qaraganda sezilarli darajada kuchsiz. Bu moddalarning analgetik taʻsiri, asosan, yalligʻlanish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan ogʻriqlarda yuzaga chiqadi, yaʻni artrit, miazid, nevrit va nevralgiyalarda.
2. Ular markaziy asab tizimidagi nafas va yoʻtal markaziga deyarli taʻsir etmaydi va ularga nisbatan moyillik, kayfiyatni oshirish kabi holatlar rivojlanmaydi.
3. Bu preparatlar yalligʻlanishga qarshi taʻsir etib, asosan, harorati koʻtarilgan bemorlarda tana haroratini tushiradi.
Demak, bu preparatlar ogʻriq qoldirish, haroratni tushirish va yalligʻlanishga qarshi taʻsirga egadir. Shu koʻrsatilgan taʻsirlardan birontasi preparatlarning turiga qarab, ularda koʻpraq qayd etilishi mumkin. Bu preparatlar jarohat, boʻshliqlar bilan bogʻliq operatsiyalar natijasida yuzaga keladigan kuchli ogʻriqlarda deyarli taʻsir etmaydi. Preparatlarni qoʻllaganda, eyforiya, ruhiy va fizik oyillik yuzaga chiqmaydi.
Nonarkotik analgetiklarga quyidagi guruh preparatlari kiradi:
1. Salitsilat kislota unumlari: asetilsalitsilat kislota, natriy salitsilat, metilsalitsilat 0,25-0,5 tabl.
2. Pirozalan unumlari: amidopirin 0,5 tabl., analgin 0,5 tabl., 25-50 % - 1-2 ml, butadion 0,15 tabl.
3. Para-aminofenal-anilin unumlari: paratsetamol kukun, 0,2 tabl., fenatsetin 0,25-0,5 tabl.
Bu guruh preparatlarning ogʻriq qoldiruvchi taʻsiri, asosan, ularning yalligʻlanishiga qarshi taʻsiri bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ham yalligʻlangan organ va taʻqimalarda qayd etilayotgan ogʻriqlarni yaxshiroq oladi. Salitsilatlar katta dozada peshab kislotasini oshiradi va podagrada yordam beradi, ammo kichik dazada peshob kislotasining chiqishini susaytiradi va uning konsentratsiyasini qonda oshirib yuboradi.
Analgin va amidopirinda ogʻriq qoldirish effekti, butadionda esa, yalligʻlanishga qarshi taʻsir kuchliroq yuzaga chiqadi. Butadion peshob kislotasining reabsorbsiyasini susaytirib, uning organizmdan chiqib ketishini kuchaytiradi. Shuning uchun ham podagrada yaxshi yordam beradi.
Nojoʻya taʻsirlari: oshqazan-ichak sitemasida dispeptik holatlar (koʻngil aynishi, qayt qilish va boshq.), oshqazan-ichak tizimi shilliq qavatining jarohatlanishi, yara va eroziyalar yuzaga kelishi, allergik holatlar, quloq shangʻillashi, eshitish qobiliyati susayishi, markaziy asab tizimida bosh ogʻriq, psixikaning buzilishi, gipoglikemiya, tana haroratining oshishi va boshqalar.
Asab tizimini tinchlantiruvchi (sedativ)dori vositalari. Oliy nerv faoliyatiga bu vositalar tinchlantiruvchi taʼsir etadilar va nevrozlarga xos baʼzi belgilarni (jahldorlikni) susaytiradilar, kayfiyatni yaxshilaydilar, uyquni moʻtadillashtiradilar, chunki ular bosh miyadagi tormozlanish va qoʻzgʻalish jarayonlarini orasidagi munosabatni muvofiqlashtiradilar. Bu borada sedativ vositalar aksiolitiklarga nisbatan kuchsizroq boʻlib, tinchlantirishga tanlab taʼsir etmaydilar. Sedativ vositalarga brom tuzlari, valeriana va arslon quyruq oʻsimliklarining preparatlari kiradi.
Natriy bromidi (kaliy bromidi). Brom preparatlari miyaning poʻstloq qavatida (ayniqsa MNS qoʻzgʻaluvchanligi ortganda) tormozlanish jarayonini mujassamlashtiradilar va kuchaytiradilar. Ushbu preparatlarning taʼsiri ayniqsa nevrozlarda yorqin namoyon boʻladi. Tirishishni susaytiruvchi taʼsir kuchi epilepsiyada qoʻllaniladigan vositalar kuchidan anchagina past. Bromidlarni asosan isteriya, nevrosteniya va boshqa nevrozlarda qoʻllashadi. Asosan buyrak orqali ajraladi, lekin uzoq vaqt davomida (T ½=12 kun). Bundan tashqari ichak, teri va sut bezlari orqali ham ajraladi. Shu tufayli brom tuzlari organizmda toʻplanib qoladi va bromizm rivojlanadi: sust faollik, xotiraning pasayishi, terining jarohatlanishi, shilliq qavatlarning yalligʻlanishi: yoʻtal, bronxit, tumov, konyuktivitlar, ich ketish; daf etish uchun suyuqlikni
koʻp isteʼmol qilish, NaCl (10-20g), peshob haydovchi vositalar (saluretiklar) qoʻllaniladi. Qoʻllanilishi: nevrasteniya, nevrozlar, isteriya, uyqusizlik, xafaqon xastaligining boshlangʻich davri, tutqanoq xastaligi, xoreya. Bromizmni oldini olish uchun surgi dorilar ichish,ogʻiz chayish, tez-tez yuvinish kerak. Bromidlarning sezilarli noxush taʼsirini yoʻqligi, bemorlarning yaxshi qabul qilishlari, ularni kunlik tibbiy ambulatoriya sharoitida ham, keng qoʻllash imkoniyatini beradi, ayniqsa keksa va qariyalarda. Brom tuzlariga oʻrganish, koʻnikish, ruhiy va jismoniy tobelik (karamlik) rivojlanmaydi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə