Sachratqi Cichorium intybus L. (Цикорий обыкновенный) O‘simlik tavsifi



Yüklə 236,51 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü236,51 Kb.
#107151
Sachratqi


Sachratqi - Cichorium intybus L.
(Цикорий обыкновенный)
O‘simlik tavsifi.
Sachratqi – Asteraceae oilasiga kiruvchi urchuqsimon va yo’g’on ildizli ko’p yillik o’simlik. Poyasi tik turuvchi va uzun tuklar bilan qoplangan, barglar qarama qarshi joylashgan. Gullari ko’k, pushti va oq rangda, to’pgullari ichida yoki
kalta savatchalarda joylashgan. Sachratqi mevalari – pardasimon popukli prizmasimon pistacha. Bitta sachratqi to’pidan 3-25 ming dona urug’ olish mumkin. O’simlikning barcha organlarida sutlama naylari joylashgan. Sachratqi yozda gullab, yozning oxiridan kuzning o’rtalariga qadar mevalaydi. Hozirgi vaqtda sachratki dunyoning ko’plab mamlakatlarida mazali ziravor va parxez taom mahsuloti sifatida ommabop hisoblanadi. Maydalanib qovurilgan sachratqi ildizi uzoq vaqtlardan beri Yevropaliklarning qahvaga (kofe) qo’shiladigan sevimli ichimliklaridan biridir. Sachratqi ildizidan sut va qaymoq qo’shib tayyorlangan sharbat qahvaning o’rnini bosuvchi ichimlik sifatida asosan bolalar va sog’ligi tufayli qaxva ichish mumkin bo’lmagan odamlarning ratsioniga kiritilgan. Belgiyaliklar sachratqini pishloq va olma bilan dimlaydilar, latviyaliklar asal, limon va olma sharbati qo’shilgan holda sachratqi ildizidan salqin ichimlik tayyorlashadi. Maxsus salat sachratqisining barglari va novdalari turlituman salatlarning tarkibiy qismi sifatida ishlatiladi, o’simlikning yosh novdalari qaynatiladi yoki xamirga qo’shib pishiriladi.
O ‘sish joyi. Tarqalishi:
Toshkent, Jizzax, Samarqand,
Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida keng tarqalgan, quyi va o’rta tog’
mintaqasining toshli va shag’alli qiyaliklarida o’sadi.
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Sachratqining ildizi kuzda sentyabr-oktyabr oylarida yig’ib olinadi. Buning uchun ular birinchi navbatda belkurak yordamida kovlanadi, ba‟zida plug yordamida haydab olinadi. Shundan so’ng ildizlar qo’l yordamida ajratiladi, yuviladi hamda quritiladi. Ildizni quritishdan oldin poyaning keraksiz qismidan tozalanadi. Ildizlar yo’g’on va uzun bo’lsa, ular bo’ylamasiga va ko’ndalangiga bir necha bo’laklarga bo’linib, quritgichda 50-600C haroratda quritiladi. Quritilgan xom ashyo burishgan ko’rinishiga ega bo’ladi. Tashqi tomondan ozgina jigarrang, ichi oq yoki sarg’ish bo’ladi. U o’ziga xos hidga ega emas, faqat achchiq ta‟mga ega. Yer usti qismi har qanday dorivor o’t kabi tayyorlanadi: sachratqi novdasining yuqorigi qismi gullash davrida yig’iladi, alohida bo’laklarga bo’linib, havo yaxshi aylanadigan soya joylarda quritiladi.
Kimyoviy tarkibi: Sachratqi ildizida 60% gacha inulin, 10-20% fruktoza, intibin glikozidi (farmatsevtika sanoatida qo’llaniladi), shuningdek, karotin, B (B1, B2, B3) vitaminlar guruhlari, C vitamini, makro va mikroelementlar (Na, K, Ca, Mg, P, Fe va boshqalar), organik kislatalar, taninlar, pektin, oqsil moddalari, smolalar mavjud


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Акопов И.Э. Важнейшие отечественные лекарственные растения и их применение. – Ташкент: Медицина, 1990. – 446 с.

  2. Алимбаева П.К., Гончарова А.В. Дикорастущие лекарственные растения Киргизии. – Фрунзе: Илим, 1971. – 98 с.

  3. Атлас ареалов и ресурсов лекарственных растений. – М.: ГУГК, 1983. – 340 с.

Yüklə 236,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə