Reja: 1 Nevrozlar, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi tibbiy yordam ko ’rsatish, oldini olish choralari



Yüklə 13,69 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü13,69 Kb.
#160785
Asab-ruh-tizimi-kasalliklari

  • Reja:
  • 1) Nevrozlar, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi tibbiy yordam ko ’rsatish, oldini olish choralari.
  • 2) Epileptik tutqanoq etiologiyasi, klinik belgilari,birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
  • 3) Insult, kelib chiqish sabablari, klinikasi, birinchi yordam ko’rsatish, profilaktikasi.
  • Nevrozlar
  • Nevrozlar uzoq davom etadigan ruhiy kechinmalar natijasida oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadigan nerv-psixik kasalliklar hisoblanadi. Bu kasalliklar nerv tizimi zaif kishilarda osonroq kelib chiqadi. Simptomatik kasalliklar, haddan tashqari charchash, uyqusizlik, spirtli ichimliklar va giyoxvand moddalarni is'temol qilish jinsiy zaiflikni osonlashtiradi.NevrozIarni quyidagi klinik formalari farq qilinadi.
  • 1. Nevrosteniya
  • 2. Isteriya.
  • 3. Psixosteniya.
  • Nevrosteniya-yunoncha "newron" -nerv, "asteheria" darmonsizlik degan ma'noni anglatadi.Nevrosteniyaga asosan uyqu va ovqatlanish rejimining buzilishi, surunkali zaxarlanishlar (ichimlik, giyoxvandlik) ko'rinishidagi organizmni zaiflashtirib qo’yadigan omillaming borligi, ustiga odamning haddan tashqari ko'p charchashi, ko’ngilni og'ritadigan his-tuyg'ularni boshdan kechirish sabab bo'ladi. Kasallikning bu turida bemor salbiy taasurotlarga osongina beriluvchan bo'ladi.
  • Klinik manzarasi. Nevrosteniyaning asosiy belgilaridan biri jonga tegadigan darmonsizlikdir. Bu nerv sistemasining ortiqcha qo’zg'aluvchanligi va tezda holdan toyib qolishi bilan ifodalanadi. Bemorlar arzimagan gap yoki boshqa tashqi taasurotlardan g'azablanib, baqirish, sikinish bilan javob beradi-yu, lekin darrov tinchlanib qoladi. Bilib o’tgan voqealardan afsuslanib kechirim so’raydi, ba'zan yig'lashga tushadi. Kayfiyati buziladi, tushkunlikka tushadi, atrofdagilarga qiziqishi yo’qoladi. Odam tez charchab qolishi tufayli mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Bemorlar xotirasi yomonligidan nolishadi. Uyqusi yuzaki bo'lib qoladi, turli vahimuh. Qo’rqinchli tushlar ko’ra boshlaydi.
  • Uyqudan lanj bo'lib turadi. Boshini bir "xalta" yuk qisib turhandek bo'lib seziladigan bosh og’rig’i yurak sohasini sanchib turishi, og’rishi, quloq shang’illashi, bosh aylanishi ko'z oldining qorong’ilashishidan nolishadi. Ularda fikrlash, o’zlashtirish, eslash qobiliyatlar susayadi.
  • Davotash. Nevrosteniyaning boshlang’ich bosqichlarida vitaminlarga boy ovqatlami iste'mol qilish, oila va ishda xotirjam bo’lish, vrach ko'rsatmalarini o’z vaqtida bajarish bemorni tezda sog'ayib ketishiga va mehnat qobiliyatini tiklanishiga olib keladi.Bemorga uyquni yaxshilaydigan, tinchlantiradigan bromidlar, trnkvlizatorlar (elenium, relanium, seduksin ba'zan uxlatuvchi dori moddalar buyuriladi, fizioterapevtik muolojalar o’tqaziladi. Og’ir hollarda davolash kursi tugagandan keyin sanatoriylarda dam olish tavsiya etiladi.
  • Isteriya - yunoncha “hustera” bachadon degan ma'noni anglatadi. Qadimgi yunonlar bu kasallikni bachadonni organizmda aylanib yurishiga bog'liq deb hisoblagan edilar.lsteriyaning klinikasi tushga, uning ba'zi alomatlari boshqa kasalliklarning belgilariga o’xshab ketadi. Shuning uchun bu kasallikni buyuk taqlidchi deb ham atashadi.Isteriya isterik tutqanoq xurujlari, vegetativ va sensimator o'zgarishlar bilan xarakterlanadi.Isteriya tutqanog'i qanday bo’lmasin biror xildagi bemor ruhiyatini shikastlaydigan tashqi taasurotlar yoki o’tmishdagi- ko’ngilsiz voqealarni esga soladigan voqealar bilan bog'liq bo'ladi Tutqanoqlar ko'pincha kunduzi tutadi, bemorni harakatlari tartibsiz bo’ladi, lekin bemor birdan yiqilib tushmaydi, ohista yumshoqroq joyga yiqiladi. O’zini shikastlantirmaslikka harakat qiladi. Bemorning es-hushi butunlay yo’qolmaydi, reflekslar va ko'z qorachiqlarining yorug’likka reaksiyasi saqlanib qoladi. Muskullarning qisqarishi titrashlar ko'rinishida bo'ladi, tilini tishlab olmaydi, og'zidan ko'pik chiqmaydi, beixtiyor siyib qo’yish hollari kuzatilmaydi. Isteriya tutqanog'i bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Agar bemorni atrofida odamlar ko'p bo’lsa, tutqanoq uzoq davom etadi.lsteriyada harakat va sezuvchanlikning buzilishi kuzatiladi va falajlar, giperkinezlar holida uchraydi. Isteriya falajida muskullar tonusi o’zgarmaydi,
  • patologik reflekslar bo’lmaydi. Oyoqlarning barcha harakatlari va koordinasiya saqlangan bo'ladi, lekin bemor tik tura olmaydi, yura olmaydi. Isteriyada ko'pincha me'da-ichak yo'lining faoliyati buziladi, qayd qilish, ichak parezi, hiqichoq tutushi shular jumlasidandir.
  • Isterik tutqanoqda birinchi yordam ko’rsatish.
  • 1. Bemorni tinch joyga ko’chirish kerak.
  • 2. Burniga nashatir spirti bug'lari hidlatiladi.
  • 3. Sovuq suv ichiriladi.
  • 4. Bemor yotgan xona chirog’i hiraroq qilib yoqib qo’yiladi.
  • Isterik tutqanoq bemorda bartaraf etilgandan keyin uxlab qolish va xotirasini yo’qotish holatlari uchramaydi. Bemor bemalol ishini davom ettirishi mumkin.
  • Psixosteniya - ko’ngildan ko’tarilmaydigan hayollar bilan bo'ladigan holatlar nevrozi bo'lib, bu holatlar xilma-xil bo'ladi.Bemor fikri-zikrini band qilib oladi va turli klinik ko'rinishlarida namoyon bo’ladi. Bunday holatlarga vahimalar, hayollar, qattiq harakatlar kiradi. Fikri-zikrini band qiladigan holatlar ko’pincha xavotirlanish, qo’qish, yurak urishining tezlashuvi, terlash, arterial bosimning ko’tarilishi kabi vegatativ o’zgarishlar bilan birga kechadi. Bemor ko’nglini o’z hayoti uchun xavotirlanish, yurish-turishida, odob-ahloqida xato qilib qo’yish vahimalari egallaydi. Ko'pincha bemorlarda og’ir kasallik bilan kasallanib qolish vahimasi paydo bo’laldi. Bu vahimalar o’lib qolish, o’z-o’zini o’ldirib qo’yish, yaqin kishisiga nisbatan tajovvuzkorona hatti-harakat qilishdan qo’qish bilan birga davom etadi.
  • Davolash. Psixoterapevtik vositalar va dori-darmonlar qo'llaniladi.Kasallikka davo qilinsa u yo’qolib ketishiga, ovqatlanish va uxlash rejimiga qattiq rioya qilish kerakligiga bemorni qattiq ishontirish zarur. Vahimalar zo’rayib, uyquni juda buzib qo’yadigan davrlarda antideprisantlar, trankvilizatorlar (elenium. relanium, seduksen) buyuriladi.
  • Insult (miyaga qon quyilishi)
  • Miyaga qon quyilishi gipertoniya kasalligi va bosh miya tomirlari aterosklerozi asoratidir. Kasallik to’satdan hech qanday alomatlarsiz bedorlik davrida ham, uyquda yotgan paytda am paydo bo'ladi. Bemor hushidan ketadi, bu davrda qusish, beixtiyor siydik va axlat ajralishi mumkin. Yuz giperemiyalanib (qizarib) qoladi, burun-quloqlar ko’karadi. Nafasni buzilish xarakterli bo'lib, nafas qisishi bilan birga shovqinli xirillab chiqadigan nafas olishni to’xtashi yoki har-xilda siyrak nafas olish bilan almashinadi. Puls birdaniga sekinlashadi - minutiga 60-70 marta uradi. Ko'pincha oyoq-qo'llarning falaj bo'lib qolganligi, yuz assimetriyasi (yuzning bir tomonida mimika muskullarining falaji) va anizakoriya (qorachiqlarining bir xil emasligi) kuzatiladi. Ba'zan insult juda jadal kechmasligi mumkin, biroq hamma vaqt oyoq-qo’llarning falajlanib qolishi, nutqning ozmi-ko'pmi buzulishi kuzatiladi.Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Avvalo, bemorni karovatga qulay vaziyatda yotqizish va tanasini qisib turgan kiyimlarining tugmalarini bo’shalish, xonaga yetarlicha sof havo kirib turishini ta'minlash zarur. Boshiga muz solingan xaltachani qo’yish yoki sovuq suvga ho'llangan matoni bosish, oyoqlariga grelka qo’yish lozim. Bemorga mutlaqo osoyishta sharoit yaratish, yuta oladigan bo’lsa, tinchlantiradigan vositalar berish kerak (valeirana nastoykasi, bromidlar, qon bosimini pasaytiradigan vositalar - dibazol, papaverin) nafas olishni kuzatib borish, tilni orqaga ketib qolishini oldini oladigan choralami ko’rish, og'iz bo'shlig'ini shilimshiq va qusuq massalaridan tozalash kerak. Vrach bemorni transportda olib yurish to'g'risida xulosa chiqargandan keyingina, karovatdan karovatga ko’chirish va kasalxonaga transportda olib borish mumkin.
  • E PILEPS I VA
  • Epilepsiya so'zi yunoncha bo'lib, "birdan yiqilib tushish" degan ma'noni bildiradi. Epilepsiya ya'ni quyonchiq kasalligi surunkasiga davom etib boradigan dard bo'lib, o’ziga xos talvasa tutqanoqlari bo'lib turishi va bemor shaxsiyatining xarakter li tarzda o’zgarib qolishi bilan o'tadi. Bu kasallikning etiologiyasi uzil-kesil aniqlangan emas. Hozirgi vaqtda irsiy omillarga muayyan ahamiyat beriladi.Epilepsiya tutqanog’i odatda qanday bo’lmasin biror tashqi sababsiz, to’satdan boshlanadi. Bemor o’zidan ketib qolib, yiqilib tushadi.Yiqilib tushishining sababi shuki, muskullarning hammasi keskin aniq taranglik holatiga keladi. Tonus kuchayib barcha muskullarda barovar boshlanmaydigan bo’lgani uchun bemor ko'pincha oldi va bir yon tomonga, orqasiga orqasiga yiqilib tushadi. Yiqilayotgan paytida ba'zan qattiq baqiradi. Tonik talvasalar o’ziga xos bo'ladi: muskullari keskin taranglashib, qo'l va oyoqlar tortiladi: gavda muskullari ham taranglashgan bo'ladi. 20-40 sekundan keyin tonik talvasalar klonik talvasalar bilan almashinadi, bu qo'l-oyoq muskullarining ritmik tarzda qisqarib va bo’shashib turishi bilan ifodalanadi. Bemorning yuzi oqarib ketadi, so’ngra ko’kimtir tusga kiradi. Ko'z qorachiqlari kengayadi, yorug'likka reaksiya bermaydi. Pay reflekslarini hosil qilib bo'lmaydi. Og’zidan ko'pik chiqadi, tili yoki lunjining ichki yuzasini ho’llab olgani uchun bu ko'pik qon aralash bo'ladi. Aksari odam, g’ayri-ixtiyoriy suratda siyib qo’yadi. Goho ichi o'tadi. Klonik talvasalardan keyin muskullar bo’shasha boshlaydi. Bemorning es-hushi kirarli-chiqarli bo'lib turadi va ko'pincha uxlab qoladi. Tutqanoqning hammasi ko'pi bilan 2-3 minut davom etadi. Tutqanoqlar kunduzi ham, tunda, uyqu vaqtida ham tutib qoladi. Tutqanoqlar har xil vaqtni oralab har kuni, haftasiga, oyiga bir marta va bundan ham ko’proq vaqt oralab tutib turadi. Ba'zan tutqanoqllar bir necha soat davomida to’xtamasdan ketma-ket tutaveradi. Tutqanoqlar orasida shu qadar kam vaqt o'tadiki, bemorlar es-hushi o’ziga kelishiga ulgura olmay qoladi.
  • Epilepsiya holati (status-epilepticus) deb shunga aytiladi. Epilepsiya holatida shoshilinch choralar ko’rish kerak bo'ladi, chunki u o’limga olib borishi mumkin. Ba'zi bemorlar tutqanoq tutishini oldindan bilishadi. Ularning ahvoli o’zgarib umuman,
  • darmoni quriydi, kayfi-ruhiyati yomonlashib qoladi. Tutqanoqni ancha oldindan keladigan darakchilari deb shulami aytiladi. Ko'pchilik bemorlarda tutqanoqlar bir necha sekund davom etadigan aura (shabada) dan boshlanadi. Bunda bemor turli sezgilar sezadi.U terga botadi, rangi oqarib yoki qizarib ketadi, og'iz bo'shlig'ida quruqlik sezadi.
  • Badanida chumolilar o’rmalab ketayotgandek uvishib qolgandek bo'lib tuyuladi. Tutqanoq boshlanishidan oldin bemorlar ko'ziga ravshan yorug'lik dog’lari, yong'in shu'lalari ko'rinishi, qulog’iga qo’ng'iroq ovozi, shovqin-suron, baqiriq-chaqiriqlar eshitilishi, dimog'iga qo'lamsa hid, g'alati maza ta'mlar urayotgandek bo'lib tuyilishi mumkin.Yuqorida tasvirlab o’tilgan katta tutqanoqlardan tashqari, kichik tutqanoqlar ham uchraydi. Kichik tutqanoq odatda bir necha sekunddan ortiq davom etmaydi. Ayni vaqtda bemor yiqilib tushmaydi, ularga katta tutqanoqda bo’lganidek talvasa tutmaydi. Ular bir lahza ma'lum holatda go’yo qotib qolgandek bo'ladi. Yuzi oqarib ketadi. Ayrim muskul guruhlari uchib turishi mumkin.
  • "Absans" o’zbekchaga tarjima qilganda "yo’qlik, o’zdan ketib qolish" degan ma'noni bildiradi. Bemor qisqa vaqtda ( bir necha sekundga) o’zini bilmay qoladi. Masalan. Biror ish yoki suhbat vaqtida bemor go’yo qotib qoladi, ko'zi bir nuqtaga qadalib turadi, keyin esa u boshlagan ishni davom ettiraveradi.Bunday holatlarni bemorlarni o’zi, odatda, sezmaydi, atrofdagilar ham buni payqasha bermaydi.
  • Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Bemor xurujning boshidan oxirigacha yordamga muhtoj
  • bo'ladi. Xuruj tutgan vaqtda bemorni ushlab qolishga urinish va bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish yaramaydi. Boshi tagiga yumshoqroq narsa qo’yish, nafas olishiga halaqit beradigan kiyimlari tugmalarni bo’shatish, tini tishilab olmasligi uchun tishlari orasiga buklangan ro’molcha, yog'och qoshiq qo’yish lozim. Bemorning yuziga suv sepish, atrofida shovqin qilish, nashatir spi rti bug’larini hidlatish mumkin emas.
  • Tutqanoq- ko’chada ro'y bergan taqdirda xurnj tugagandan so’ng bemorni uyga yoki davolash muassasasiga olib borish kerak. Dori moddalaridan talvasaga qarshi ta’sir ko'rsatadigan preparatlardan fenobarbital, benzonal, geksamiddin, difenin, xlorakon hammadan ko’ra ko'proq ishlatiladi.

Yüklə 13,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə