1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Toʻqimalar va organlarning gumoral regulyatsiyasi



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə33/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
TBA MARUZA

Toʻqimalar va organlarning gumoral regulyatsiyasi.
Gormonlar bir qancha oʻziga xos xususiyatlarga ega va shu jihatdan nerv impulslaridan farq qiladi. Jumladan, qanday boʻlmasin maʻlum bir gormon organizmdagi muayyan organ faoliyatiga taʻsir koʻrsatadi va unda tegishli oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi. Gormonlar tegishli bezlarda uzluksiz ravishda hosil boʻlib, tegishli organlarda uzluksiz parchalanib turadi.
Gormonlar bevosita qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqariladigan boʻlgani uchun ular organizmning barcha organ va toʻqimalariga etib boradi va shu tariqa hosil boʻlgan joydan ancha uzoqdagi organ va toʻqimalar faoliyatiga ham taʻsir koʻrsata oladi. Biroq, ayrim organlardagi maxsus hujayralarda hosil boʻladigan gormonsimon moddalar “hujayra gormonlari” boshqa organlarga oʻtmaydi. Shu sababli ular hosil boʻlgan joydagina oʻz taʻsirini namoyon qiladi. Bunday “hujayra gormonlari”dan tashqari “toʻqima gormonlari” ham bor. Ular organizmning belgili qismlarida, muayyan toʻqimalarda hosil boʻladi va hosil boʻlish jarayonida qoʻshni toʻqimalarga sizilib oʻtib turadi, shunday qilib, bir muncha mahalliy taʻsir koʻrsatadi.
Gormonlar nerv impulslariga qaraganda sekin tarqaladi, biroq, uzoqroq taʻsir koʻrsatadi. Gormonlar, ferment emas. Ammo ular fermentlarni faollash yoʻli bilan oʻz tasirini namoyon qilsa kerak. Shu sababli ular hujayralardagi jarayonlarga faol taʻsir koʻrsatib, hujayralar membranasi oʻtkazuvchanligini, ulardagi oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini, ularning ion tarkibini oʻzgartira oladi. Gormonlar taʻsiri tufayli toʻqimalarda sezilarli miqdorda 3ʻ, 5ʻ - adenozin monofosfat topiladi. Bu modda gormonlar taʻsirini hujayralarga oʻtkazadigan “vositachi” boʻlib hisoblanadi. Hujayra va toʻqimalarga bevosita taʻsir qilish bilan birgalikda, gormonlar tegishli reseptorlarga ham taʻsir koʻrsatib, murakkab reflektor jarayonlarda ishtirok etadi. Ular nerv markazlarining funksional holatiga ham taʻsir koʻrsatadi. Gormonlar organizmning irsiy belgilariga, xromosomalariga ham taʻsir koʻrsatadi, degan maʻlumotlar bor. Estrogenlar, testosteronlar, kortizon, somatotropin, insulin va boshqalar oqsil biosintezining boshqarilishida va u orqali irsiy belgilarning nasldan-naslga oʻtishida ishtirok etadi. Jumladan, bu gormonlar, xromosomalardagi DNKga taʻsir koʻrsatib, uning tegishli qismlarini maxsus oqsil, qoplovchi modda-gistonlardan xolos boʻlishiga yordam beradi. Informatsion RNKning har bir yangi molekulasi faqatgina DNKning oʻsha gistonlardan xolos boʻlgan qismidagina hosil boʻladi. Informatsion RNK esa oqsil biosintezini, demak, irsiy xususiyatlarini belgilaydi. Shu tariqa gormonlar organizmning irsiy xususiyatlariga taʻsir koʻrsatadi.
Organizmdagi barcha endokrin bezlar funksional jihatdan bir-biriga juda aloqador, ular nerv tizimi faoliyati bilan ham mahkam bogʻlangan. Ichki sekresiya bezlari nerv tizimining eng yaqin hamkori sifatida organizmdagi barcha jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etgani bilan, oʻzining faoliyati ham neyrogumoral ravishda boshqariladi va organizmning uzluksiz oʻzgarib turgan ehtiyojiga moslanib boradi.
Organizmdagi endokrin bezlarining oʻzaro aloqasi asab tizimi orqali bajariladi va uning ishtirokida gormonlar organizmning funksiyalarini oʻzgartiradi.
Ichki sekresiya bezlarining deyarlik hammasi efferent vegetativ nervlar bilan juda yaxshi taʻminlangan va ularda reseptorlar yoki afferent tolalari uchlarini saqlaydi. Demak, ichki sekresiya bezlarining faoliyati reflektor holda oʻzgarishi mumkin. Reseptorlar mavjudligi tufayli bezlar reflekslar hosil boʻlish maydoniga aylanishi mumkin.
Hayvonlarda oʻtkazilgan surunkali tajribalar asosida, aniqlanishicha endokrin bezlar (boʻyrak usti, qalqonsimon va qalqonsimon bez oldi bezlari) funksiyalari, ulardagi reseptorlarning qoʻzgʻatilishi natijasida asab tizimiga tushayotgan efferent impulslari tufayli reflektor ravishda oʻz-oʻzini boshqaradi.
Endokrin bezlaridan chiqayotgan afferent impulslari ham skelet muskullarining funksional holatini reflektor holda oʻzgarishini chaqiradi. Oʻz navbatida muskul faoliyati paytida proprioreseptorlarning qoʻzgʻatilishi adrenalinning giperglekimik taʻsirini kuchaytiradi va insulinning gipoglikimik taʻsirini pasaytiradi (motor-endokrin reflekslar, P.M.Kaplan, 1963).
Nerv tolalarining kesilishi va qoʻzgʻatilishi ichki sekresiya bezlarining sekretorlik funksiyasini jiddiy darajada oʻzgartiradi. Masalan, qorin nervining kesilishi, boʻyrak usti bezidan adrenalinning ajralishini kamaytiradi: depressorli nervlarning qoʻzgʻatilishi esa qalqonsimon va boʻyrak usti bezlarining sekretorlik funksiyasini tezlashtiradi: qorin yoki adashgan nervlar uchlarini qoʻzgʻatilishi qonda meʻda osti bezining gormoni insulinni paydo boʻlishi hisobiga qonda qandning miqdorini kamayishiga olib keladi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə