1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Endokrin bezlar joylashgan oʻrniga koʻra 4 ta guruhga boʻlinadi



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə32/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
TBA MARUZA

Endokrin bezlar joylashgan oʻrniga koʻra 4 ta guruhga boʻlinadi:
1. Epifiz va gipofiz bezi;
2. Boʻyin va koʻkrak qafas bezlari: qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon bez;
3. Qorin boʻshligʻi bezlari: meʻda osti bezi va buyrak usti bezi kiradi.
4. Chanoq bezlari: jinsiy bezlar kiradi.
Meʻda osti va jinsiy bezlar aralash bezlar deyiladi, chunki ular ham gormon, ham sekret ishlab chiqaradi. Ichki sekretsiya bezlaridan ajralib chiqadigan suyuqhkka gormonlar deyiladi. Gormonlar faoliyati fanda yaxshi oʻrganilgan.
Organizmdagi barcha bezlar sekresiya xiliga qarab katta ikki guruhga: tashqi sekresiya bezlari, yaʻni ekzokrin bezlar va ichki sekresiya bezlari, yaʻni endokrin bezlarga boʻlinadi.
Tashqi sekresiya bezlari deb mustaqil chiqaruv yoʻllari boʻlgani uchun oʻzida hosil boʻladigan suyuqliklar, shiralarni tana yuziga, ovqat hazm qilish kanali, siydik-tanosil yoʻllariga yoki tashqi muhit bilan tutashgan boshqa boʻshliqlarga ajratadigan bezlarga aytiladi.
Ichki sekresiya bezlari, yaʻni endokrin bezlar deyilganda esa mustaqil chiqaruv yoʻllari boʻlmagan bezlar tushuniladi. Shu sababli bu bezlar oʻzida hosil boʻladigan oz miqdordagi biologik faol moddalarni bevosita qonga, limfaga yoki toʻqima oraliq suyuqligiga ajratadi. Shu bilan birga, baʻzi organ yoki hujayralar guruhi ham ichki sekresiya bezlari qatoriga kiradi. Organizmning boshqa organlari singari ichki sekresiya bezlari ham hayvonlarda evolyusion taraqqiyotning maʻlum bosqichida, jumladan, qurtlar va yumshoq tanlilardayoq paydo boʻlgan va asta-sekin rivojlanib, takomillashgan, bu bezlar umurtqali hayvonlarda yuksak darajada taraqqiy qilgan. Umurtqali hayvonlarning ichki sekresiya bezlari quyidagilardir: gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezchalari, meʻda osti bezining orolcha apparati, buyrak usti bezilari, jinsiy bezlar, plasenta, epifiz, ayrisimon (timus) bez, GEP tizim, gipotalamus. Bulardan tashqari, organizmdagi turli organlarning maxsus hujayralari ham har xil biologik faol moddalarni ajratadilar. Ichki sekresiya bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulotlar, ulardan ajraladigan suyuqliklarga - gormonlar (horman - qoʻzgʻataman) deyildi. Gormonlar qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqarilgandan soʻng, ular bilan organizmning xilma-xil organ va toʻqimalariga tarqaladi hamda tegishli organ yoki toʻqimalardagi hayotiy jarayonlarining belgili tomonlariga taʻsir qilib, ular faoliyatini oʻzgartiradi. Gormonlar taʻsiri uch xil yoʻnalishda amalga oshadi:
Birinchidan, ularning baʻzilari toʻqimalardagi moddalar almashinuviga taʻsir koʻrsasa,
Ikkinchidan, organizmning shakllanishiga, metamorfozga, toʻqima va organlar ixtisoslashishining jadallashtiruviga taʻsir koʻsatadi.
Uchinchi xillari esa, organlar yoxud organizm faoliyatini oʻzgartiradi. Masalan, buyrak usti bezidan ishlanib chiqiladigan adrenalin gormoni, meʻda osti bezining insulin va glyukogon gormonlari organizmda uglevod almashinuviga, uning boshqarilishiga faol taʻsir koʻrsatadi. Qalqonsimon bez gormoni esa organizmda organik moddalarni parchalanishini jadallashtiradi. Bu bezning gormoni metamorfozga ham faol taʻsir koʻrsatadi. Uning bu xususiyatini ayniqsa, baqalarda yaxshi kuzasa boʻladi. Adrenalinning yurak ishini tezlashtirish, vazopressinning (gipofizdan ishlanib chiqadigan gormon) qon tomirlarini toraytirishi gormonlarning organlar faoliyatini oʻzgartirishiga ularning ishini boshqarishiga misol boʻla oladi va hakozo.
Demak, endokrin bezlar nerv tizimi bilan hamkorlikda organizm funksiyalarini boshqarishda (regulyasiya qilishda) ishtirok etadi. Bu jarayonda nerv tizimi etakchi oʻrinni egallaydi. Shunday boʻlsada, funksiyalarning gormonlar yoki boshqa biologik faol moddalar bilan, yaʻni gumoral yoʻl bilan boshqarilishi nihoyatda muhim.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə