Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari (gipofiz, epifiz) Ichki sekretsiya bezlari Gipofiz bezi Epifiz bezi Reja



Yüklə 6,69 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü6,69 Kb.
#166416
Ichki sekretsiya bezlari (Gipofiz, Epifiz)


Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari (gipofiz, epifiz)
Ichki sekretsiya bezlari
Gipofiz bezi
Epifiz bezi
Reja:
Organizmdagi hamma bezlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhdagi bezlar o‘zlarida hosil bo‘lgan moddalami yo tana a’zolari bo’shlig’iga, yoki tashqi muhitga suyuqlik chiqarish yo’llari orqali ajratib chiqaradi. Bunday bezlar tashqi sekretsiya (ekzokrin) bezlari deb ataladi (so’lak, me'da-ichak, ter bezlari).
Lekin organizmda boshqa turdagi bezlar, ya’ni ikkinchi guruhga mansub bo’lgan bezlar ham mavjud. Ulaming suyuqlik chiqarish yo ‘llari bo’lmaydi va bunday bezlar o‘zlarida hosil bo‘lgan biologik faol moddalarni-gormonlami bevosita qonga ajratib chiqaradi, qon esa ulami organizmning kerakli turli qismlariga yetkazib beradi. Bunday bezlar ichki sekretsiya (endokrin) bezlari deb ataladi
Tashqi sekretsiya bezi
Ichki sekretsiya bezlari
Gormonlar ikki tipdagi endokrin bezlarda ishlab chiqariladi. Birinchi tipdagi bezlarning to‘qimasi ikki qismdan iborat bo’lib, bir qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlaridagiga o‘xshab tashqi muhtiga chiqariladi. Ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Bu bezlar aralash bezlar deb ataladi, ularga me’da osti bezi va jinsiy bezlar kiradi
Aralash sekretsiya bezlari
Ichki sekretsiya bezlari
Gipofiz
Epifiz
Ayrisimon
Qalqon oldi
Qalqonsimon
Buyrakusti bezi
Ichki sekretsiya (endokrin) bezlarning mahsulotlari gormon deyiladi. Gormon so‘zi (lot. «hormao» harakatlantirish,qo’zg’atish, uyg‘ontirish so’zlaridan) a’zolar, to’qimalar va hujayralaming o’zaro gumoral (gormonal) bog’lanishida muhim rol o’ynaydi. Bu termin 1905 yilda ingliz fiziologlari Beylis va Starlinglar tomonidan birinchi marta tabiatshunoslik fanlariga kiritilgan edi. Ular o‘n ikki barmoqning shilliq qavatidan ajratib olingan sekretin moddasiga gormon deb nom berishdi
Gormonlar turlari
Polipeptidlar va oqsillar
Aminokislotalar va ularga yaqin birikma
Steroidlar
Gipofiz miyaning asosiy qismida joylashgan bo’lib, kalla suyagining turk egarining chuqurchasida joylashgan. U no‘xatsimon, vazni 0,5-0,6 g ga teng bo’lib gipofiz oldingi va oraliq bo’laklardan tarkib topgan adenogipofizdan va orqa bo’lakdan tuzilgan neyrogipofizdan iborat
Oldingi bo’lagi (adenogipofiz)
Xromofob
(barcha hujayralarning 55-60%)
Atsidofil
(30-35%)
somatotropin
prolaktin
Bazofil
(5-10%)
adrenokortikotropin
treotropin
gonadotropin
Oldingi bo’lakning hamma gormonlari oqsil moddalar hisoblanadi. Gipofizning oldingi bo’lagi portal (darvoza) qon aylanishi bilan bog’langan bo’lib , gipotalamus bilan biriktirib gipotalamo-gipofizar tizimni tashkil etadi. Darvoza tizimidagi qon gipotalamusdan gipofizga quyiladi.
Gipofizning oldingi bo’lagi (adenogipofiz) simpatik va parasimpatik asab tolalari orqali innervatsiya qilinadi. Uning orqa bo’lagi (neyrogipofiz) esa gipotalamusning supraoptik va paraventrikular yadrolarida joylashgan neyronlardan asab tolalarini qabul qilib oladi.
Gipofiz bezining oldingi bo’lagidan ishlab chiqariladigan garmonlar
  • o‘sish gormoni (somatotropin)
  • prolaktin (luteotrop gormon)
  • tireotropin
  • adrenokortikotropin (AKTG) yoki kortikotropin va gonadotropin

Somatotropin organizmning bir qancha. metabolik jarayonlariga ta’sir etadi. U tananing barcha hujayralarida oqsil sintezini kuchaytiradi va hujayralardagi ribonuklein kislota (RNK) miqdorini oshiradi. Somatotropin (o’sish gormoni) yetarli ishlab chiqarilmaganda organizmning yoshiga qarab turli o ‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Go‘dak bolalarning o ‘sishi keskin ravishda to‘xtaydi. Ayni vaqtda odam umrbod pakana bo‘lib qoladi (gipofizar pakanalik)
Gonadotrop gormonlar Gipofiz oldingi bo‘lagining atsidofil hujayralaridan ishlanib chiqadigan gonadotropin erkaklar va ayollaming jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o ‘smirIarda balog‘atga yetish ‘belgilari paydo bo‘lishida ishtirok etadi. Gonadotrop gormonlarga prolaktin yoki laktogen gormon kiradi. Prolaktin adenogipofizda hosil b o ‘ladi, kimyoviy tuzilishi va biologik ahamiyati bo’yicha somatotropinga o ‘xshaydi, ammo somatotropinga nisbatan prolaktin laktatsiya jarayonini ko‘proq rag‘batlantiradi
Tirotropin qalqonsimon bez funksiyasini rag‘batlantiradi. Hayvonda gipofizning buzilishi yog’ olib tashlanishi qalqonsimon bezning atrofiyasiga (to‘qimaning kichrayib qolishiga) olib keladi. Tireotropinning organizmga kiritilishi, aksincha, qalqonsimon bez to‘qimasini kengaytiradi, natijada uning gipertrofiyasi kuzatiladi.
Yüklə 6,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə