1. Togʻayli baliqlar Suyakli baliqlar



Yüklə 18,7 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü18,7 Kb.
#142869
TO\'G\'AYLI BALIQLAR GISTA


Reja;
1.Togʻayli baliqlar
2. Suyakli baliqlar
3. Baliqchilik xo‘jaliklari faoliyati.

Togʻayli baliqlar (Chondrichthyes) — umurtqalilar sinfi. Uz. 6 sm dan 20 m gacha. Skeleti togʻay, terisi plakoid tangachalar bilan qoplangan yoki tangachalar boʻlmaydi. Jabra yoriqlari 5—8, baʼzan 4 juft, tashqariga ochiladi: jabra qopqoqlari boʻlmaydi. Suzgich pufagi yoʻq. Ichagida spiral klapan, yuragida arterial konus bor. Anal va siydik chiqarish teshigi qorin suzgichlari asosida. Ichki urugʻlanadi. Kopulyativ organlari juft, qorin suzgichlardan hosil boʻladi. Tirik tugʻadi, tuxumdan tirik tugʻadi yoki uvildiriq tashlaydi. Tana suyuqligi tashqi muhitga nisbatan gipertonik. Chuchuk suvlarda Togʻayli baliqlarning qon bosimi pasayib ketib, tezda halok boʻladi. Chuchuk suv Togʻayli baliqlari yuqori osmotik bosimni saqlash uchun juda koʻp siydik ajratib chiqaradi.


Togʻayli baliqlar plastinka jabralilar va yaxlit boshlilar kenja sinflariga boʻlinadi. 650 ga yaqin turi bor. Dengizlarda, bir necha turi chuchuk suvlarda yashaydi.
Akulalar va skatlar katta turkumlari turlari keng tarqalgan; deyarli barcha dengizlarda uchraydi. Akulalar turkumi tog'ayli baliqlar.
Togʻayli baliqlarning skeleti togʻaydan iborat boʻlib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari boʻlmaydi. Jabra yoriqlari 5–7 juft boʻladi. Togʻayli baliqlar akulalar va skatlar turkumini oʻz ichiga oladi.
Akulalar turkumi
Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan. Terisini qoplab turgan tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin va yirik plastinkalardan iborat boʻlib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon oʻsimtasi boʻladi. Akula jagʻida bunday oʻsimtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odamlarning tishlari ham akulalarnikiga oʻxshash tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar boʻlib, ancha yirik hayvonlarga, shu jumladan, choʻmilayotgan odamga ham hujum qiladi. Koʻpchilik akulalar tirik tugʻadi, ba’zi turlari tuxum qoʻyib koʻpayadi.
Akulalarning kattaligi har xil boʻlgan 250 turi ma’lum. Ular orasida uzunligi 40–45 sm boʻlgan tikanli akula eng kichigi, uzunligi 15 m keladigan gigant akula yoki 18 m ga yetadigan kit akulasi eng yirik hisoblanadi. Lekin bunday bahaybat akulalarning tishlari juda mayda boʻlib, ular mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi.
Yüklə 18,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə