1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Oʻpkada gazlar almashinuvi,nafas olish organlari gigienasi



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə28/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
TBA MARUZA

Oʻpkada gazlar almashinuvi,nafas olish organlari gigienasi
Biz nafas olayotgan atmosfera havosi tarkibida 20,94 % kislorod, 0,03 % karbonat angidrid, 79,3 % azot gazi boʻladi. Boshqa gazlar juda kam miqdorda boʻladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3 % kislorod, 4 % karbonat angidrid, 79,7 % azot boʻladi. Maʻlumki ikkala oʻpkaning ish bajaruvchi asosiy qismi, yoki struktura birligi bu-oʻpka pufakchalari (alveolalari) hisoblanadi. Bu pufakchalarning soni ikkala oʻpkada 750 millionga yaqin boʻladi. Bu oʻpkadagi pufakchalarning devori juda yupqa yaʻni 0,004 mm boʻladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari toʻrsimon shaklda oʻrab olgan boʻladi. Oʻpka pufakchalari ichidagi havo kapillyar qon tomirlari orqali qonga oʻtib butun toʻqima va hujayralarga tarqaladi. Oʻz navbatida qondagi zaxarli gazlar kapillyarlar orqali pufakchalarga oʻtadi va organizmdan tashqariga chiqarib yuboriladi. Tinch holatda voyaga etgan odam bir daqiqada atmosfera havosidan 250-300 ml sof kislorod qabul qiladi. Oʻpkadan qonga oʻtgan kislorod qizil qon tanachalari-eritrositlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasining barcha toʻqimalariga boradi. Qonda kislorodning bosimi yuqori boʻlganligi uchun u toʻqimaga oʻtadi, toʻqimada esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori boʻlib, u qonga oʻtadi.
Shunday qilib, toʻqimaga kelgan arterial qon kislorodni toʻqimalarga oʻtkazadi va toʻqimalardan karbonat angidrid gazini qabul qilib, venoz qonga aylanadi. Mana shu tariqa oʻpka va toʻqimalar oʻrtasida gazlar qon orqali almashinib turadi. Atmosfera bosimi 760 mm sim.ustuniga teng boʻlsa,barcha fiziologik jarayonlar normal kechadi. Agar yuqori togʻ choʻqqilariga chiqilsa,yuqorida bosim past boʻladi. Yaʻni havo tarkibida kislorod kam boʻladi. Natijada nafas olish qiyinlashadi va bolalarda togʻ kasalligi deb ataluvchi kasallik yuzaga keladi. Agar gʻorlarga, suv tubiga tushilsa aksincha u erda bosim yuqori boʻladi va odamda Kesson kasalligi paydo boʻladi.
Nafas olish aʻzolarining normal rivojlanishi, ularni har-xil kasalliklardan himoya qilishda xar bir yosh shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishlari lozim boʻladi. Buning uchun bolani yoshligidan ogʻiz bilan emas, burun bilan nafas olishga oʻrgatish lozim. Shunda oʻpka bir tekisda rivojlanib boradi. Bundan tashqari bolani yoshligidan doimiy ravishda sport bilan shugʻullanishini taʻminlash xar hil gripp, laringit, faringit kabi nafas olish organlari kasalliklaridan himoya qiladi. Bundan tashqari yoshlik davridan boshlab chekish turli nafas olish organlarida rak yaʻni oʻsma kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin. Tamaki tutini tarkibida yuzlab zaharli moddalar borligi aniqlangan. Demakki, gigiena qoidalariga amal qilish, uzoq umr koʻrish garovidir.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə