1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Nafas olish tizimining tuzilishi va vazifalari



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə25/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
TBA MARUZA

Nafas olish tizimining tuzilishi va vazifalari.


Odam nafas olganda tashqi muhitdan havo oʻpka hujayralariga undan qonga, oʻtib qon orqah barcha hujayralarga yetkazib beriladi. Kislorod yordamida ovqat moddalari oksidlanadi. Natijada, yuqori molekulyar organik moddalardan maʻlum miqdorda energiya ajrahb chiqadi. Agarda organizm hujayralariga kislorod yetishmasa hujayralar oʻladi. Modda almashinuvi natijasida hosil boʻlgan karbonat angidrid gazi va suv parlari oʻpka orqah tashqariga chiqarib yuboriladi.
Nafas organlarining tuzilishi. Nafas organlariga: burun tomoq, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, bronxiollar va oʻpka kiradi.
Burun boʻshligʻi. Burun boʻligʻi suyak togʻaylaridan tuzilgan boʻlib, peshona suyagining ichki yuzasi silliq qavat bilan qoplangan. Uning pastki, yuqorigi va ikki yon devori bor. Burun boʻshligʻi toʻsiq yordamida ikkiga bo'linadi. Burunning shiliq qavati qon tomirlar, koʻp qavatli tukli epiteliy bilan qoplangan. Bu qavatda shilimshiq ishlab chiqaruvchi bezlar boladi. Burunning shilliq qavati chang zarrachalarini tutib qoladi, havoni biroz ilitib, namlab, oʻpkaga oikazadi.
Hiqildoq. Hiqildoq halqumning oldi, boʻyining oldingi qismida, til osti suyagining ostida joylashgan, hiqildoq, asosan, qalqonsimon, uzunsimon, choʻmichsimon, hiqildoq ustligi, shoxsimon va ponasimon togʻaylardan tuzilgan. Hiqildoq ichki yuzasidagi shilliq parda tukli epiteliy bilan qoplangan boʻlib, unda bezlar koʻp. Hiqildoqda tovush apparati joylashgan.
Traxeya va bronxlar. Traxeya yarim halqa shaklda 16-20 ta elastik togʻaylardan tuzilgan boʻlib , bu togʻaylar halqasimon boylamlar yordamida bir-biriga birikkan. Katta odamda traxeyaning uzunligi 13 sm. Traxeyaning silliq pardasi hiqildoqnikiga oʻxshydi, lekin burmalar bolmaydi. Traxeya oʻng va chap bronxlarga bo'linadi. Bronxlar yana bir necha marta tarmoqlanadi bronxlar daraxtini hosil qiladi. Bronxlar oʻpkaga kirib, uning ichida davom etadi va ikkilamchi, uchlamchi va bronxlar hosil qilib tarmoqlanadi. Soʻng bronxlar kengayib, alveola bilan tugaydi.
Oʻpkalar. oʻng va chap oʻpka koʻkrak qafasining beshdan toʻrt qismini egallab turadi. Har bir o ʻpka alohida seroz parda ichida joylashgan bolib, u plevra xaltasi pardasi deb ataladi. Har qaysi oʻpkani chuqur egatlar bolaklarga boladi. 0 ʻng oʻpka uch bolakka, chap oʻpka ikki bolakka bo'linadi. 0ʻpkaga kirgan bronxlar tarmoqlanib, diametri 1 mm li bronxiolalar hosil qiladi. Bular tarmoqlanib oxirgi bronxiollarni hosil qiladi. Oxirgi bronxiollarning uchi pufakchalar-alveolalar bilan tugaydi. Alveollar 400-500 millionta bolib, ularning umumiy sathi 60-120 m gacha yetadi. Alveollar juda koʻp kapilyar qon tomirlari bilan oʻralgan. Ular orqali qon va havo orasidagi gazlar almashinuvi sodir boʻladi. Har bir o ʻpkaning vazni 500-600 g keladi. 0 ʻpkalar ustki tomondan serroz parda plevra bilan oʻralgan boladi. Bu parda ikki qavatdan iborat bolib, ichki visserai tashqisi pariyental qavat deyiladi. Ichki parda o ʻpkaga yopishgan boʻlib , tashqi parda koʻkrak qafasi devoriga yopishgan bolib, pardalar orasida 1-2 ml suyuqlik boladi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə