M pronator teres bilakni ichkariga buruvchi yumaloq mushak



Yüklə 18,04 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü18,04 Kb.
#134819
Muskullar


. M. pronator teres - bilakni ichkariga buruvchi yumaloq mushak.
Yelka suyagining epicondylus medialis o ‘simtasidan va tirsak suyagining bo‘rtig‘i - tuberosi­
tas ulnae dan boshlanib, bilak suyagining tashqi yuzasiga birikadi. M ushakda caput humerale va
caput ulnare boshchalari bo‘ladi. Vazifasi: bilakni ichkariga buradi va tirsak bo'g'im ida bukadi.
Innervatsiyasi: n. medianus (S6 - S7).
2. M. flexor carpi radialis - qo'l panjasini bilak tarafga bukuvchi
mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o'sim tasidan bosh­
lanib, ikkinchi kaft suyagining asosiga birikadi. Vazifasi: qo'l panjasini
bukadi va tirsak bo'g'im ida bukishda va ichkariga burishda qatnashadi.
Innervatsiyasi: n. medianus (S6 - S8).
3. M. palmaris longus - kaftning uzun mushagi. Yelka suyagining
epicondylus medialis o'sim tasidan boshlanib, ingichka payga davom
etadi va kaftdagi aponevrosis palmaris payida tugaydi. Vazifasi: kaft
aponevrozini taranglaydi ham da kaftni bukadi. Innervatsiyasi: n. me­
dianus (S8 - Thl).
4. M . flexor carpi ulnaris - qo 'l panjasini bukuvchi tirsak taraf­
dagi mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o'sim tasidan
boshlanib, kaft oldi sohasidagi no'xatsim on suyakka birikadi. M ushak­
da caput humerale va caput ulnare boshchalari bo'ladi.
V azifasi: q o 'l panjasini tirsak tarafga bukadi. Innervatsiyasi:
n. ulnaris (C7 - C8).
5. M. flexor digitorum superficialis - barm oqlam i bukuvchi
yuza mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o'sim tasidan,
tirsak suyagining tojsim on o'sim tasi - processus coronoideus dan,
bilak suyagining yuqori uchidan boshlanib, paylari to'rtga bo'lingan
57-rasm. Bilakning yuza qavat mushaklari.
1 - epicondylus medialis; 2,3 - m. pronator teres; 4 - m. flexor carpi ulnaris;
5 - m. palmaris longus; 6, 7 - m. flexor digitorum superficialis; 8 - fascia
antebrachii; 9 - m. palmaris brevis; 10 - hypothenar; 11 - aponeurosis palmaris;
12 - thenar; 13 - m. abductor policis longus payi; 14 - m. flexor pollicis
longus; 15 - m. flexor digitorum superficialis; 16 - m. flexor carpi radialis;
17 - m. brachioradialis; 18 - aponeurosis m. bicipitis brachii; 19 - m. biceps brachii
payi; 20,21 - m. brachialis; 22 - m. biceps brachii.holda, 11—V barm oqlarning o 'rta falangalari asosiga birikadi. M ushakda caput humeroul-
nare va caput radiate boshchalari bo'ladi. V azifasi: Il-V barm oqlam i bukadi. Innervatsiyasi:
n. medianus (S8, Thl).
5.9.2. Bilak oldingi guruhining chuqur mushaklari
6. M. flexor pollicis longus - bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak. Yelka suyagining epi-
condylus medialis o'sim tasidan, bilak suyagining oldingi yuzasidan va b o 'rtig 'i - tuberositas ra­
dii dan boshlanib, bosh barmoq timoq falangasining asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni bukadi.
Innervatsiyasi: n. medianus (S6 - C8).
1 . M . flexor digitorum profundus - barmoqlami bukuvchi chuqur mushak. Tirsak suyagining
oldingi yuzasidan boshlanib, to'rtta payga ajraladi va II—V barmoqlarning tim oq falangalariga biri­
kadi. Vazifasi: II—V barm oqlami bukadi. Innervatsiyasi: 2-3-barm oqlarga yo'nalayotgan tutamlar:
n. medianus (S6 - Thl); 4—5-barmoqlarga yo'nalayotgan tutamlar: n.ulnaris (C6 - Thl).
8. M . pronator quadratus - bilakni ichkariga buruvchi (pronatsiya) kvadrat mushak. Tirsak
suyagi pastki uchining oldingi yuzasida boshlanib, bilak suyagining oldingi yuzasiga birikadi. Vazi­
fasi: bilakni ichkariga buradi (pronatsiya). Innervatsiyasi: n. medianus (S6 - Thl).
5.9.3. Bilakning orqa guruh yuza mushaklari
(58-rasm)
1. M. brachioradialis - yelka-bilak mushagi. Yelka suyagining tashqi
yuzasidan boshlanib, bilak suyagi pastki uchidagi bigizsim on o'sim ta
ustiga birikadi. Vazifasi: bilakni tirsak bo'g'im ida bukadi. Innervatsiyasi:
n. radialis (C5 - C6).
2. M. extensor carpi radialis longus - q o 'l panjasini yozuvchi
bilak tarafidagi uzun mushak. Yelka suyagining epicondylus lateralis
o'sim tasidan va yon yuzasidan boshlanib, II kaft suyagi asosining orqa yu­
zasiga birikadi. Vazifasi: qo 'l panjasini bilak tarafga yozadi. Innervatsiyasi:
n. radialis (S5 - S8).
3. M. extensor carpi radialis brevis - q o 'l panjasini yozuvchi
bilak tarafidagi kalta mushak. Yelka suyagining epicondylus lateralis
o'sim tasidan boshlanib, III kaft suyagi asosining orqa yuzasiga birikadi.
Vazifasi: qo 'l panjasini bilak tarafiga yozadi. Innervatsiyasi: n. radialis
(S5-S7).
58-rasm. Bilakning orqa yuza mushaklari.
I -m . brachioradialis; 2 - m. extensor carpi radialis brevis; 3 - m. extensor digitorum;
4 m. abductor policis longus; 5 ,6 - m. extensor policis brevis; 7 - m. extensor policis
longus; 8 - tendines m. extensoris digitorum; 9 - connexus intertendineus; 10 - m. ex­
tensor digiti minimi; 11 - tendo m. extensoris indicis; 12 - retinaculum extensorum;
13 - m. extensor carpi ulnaris; 14 - m. extensor digiti minimi; 15 - m. flexor carpi ulnaris;
16 - m. anconeus; 17 - olecranon; 18 - m. triceps brachii.4. M . extensor digitorum - barmoqlam i yozuvchi mushak. Yelka suyagining epicondylus late­
ralis o'sim tasidan boshlanib, II—V barmoqlar o'rta falangasi va tim oq falangalarining orqa yuzasiga
birikadi. Vazifasi: barmoqlami yozadi. Innervatsiyasi: n.radialis ( S 6 - S8).
5. M . extensor digiti minimi - jim jiloqni (V barmoq) yozuvchi mushak. Barmoqlami yozuvchi
mushak paylaridan ajraladi va V barmoqqa birikadi. Vazifasi: jim jiloqni yozadi va tirsak tarafga
uzoqlashtiradi. Innervatsiyasi: n.radialis (S6 - S8).
6. M . extensor carpi ulnaris - qo'l panjasini yozuvchi tirsak tarafdagi mushak. Yelka suyagining
epicondylus lateralis o'sim tasidan va tirsak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, V kaft suyagining
b o 'rtig 'i - tuberositas ossis metacarpi V ga birikadi. M ushakda caput humerale va caput ulnare
boshchalari bo'ladi. Vazifasi: qo'l panjasini yozadi va tirsak suyagi tarafga buradi. Innervatsiyasi:
n.radialis (S7 - S8).
5.9.4. Bilak orqa guruhining chuqur mushaklari
7. M . supinator - bilakni tashqariga buruvchi mushak. Yelka suyagining - epicondylus lateralis
o'sim tasidan, tirsak suyagining yuqori uchidan boshlanib, bilak suyagining yuqori uchiga birikadi.
Vazifasi: bilakni tashqi tarafga buradi (supinatsiya). Innervatsiyasi: n.radialis (S5 - S6).
8. M . abductor pollicis longus - bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi uzun mushak. Bilak suyagining
orqa yuzasidan boshlanib, I kaft suyagining asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni uzoqlashtiradi.
Innervatsiyasi: n.radialis (S 7 - S8).
9. M . extensor pollicis brevis - bosh barmoqni yozuvchi qisqa mushak. Bilak suyagining orqa
yuzasidan boshlanib, bosh barmoq (I) asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni yozadi. Innervatsi­
yasi: n.radialis (S8 - Thl).
10. M . extensor pollicis longus - bosh barmoqni yozuvchi uzun mushak. Tirsak suyagining orqa
yuzasidan boshlanib, bosh barmoqning tim oq falangasiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni yozadi.
Innervatsiyasi: n.radialis (S7 - S8).
11. M . extensor indicis - ko'rsatkich barmoqni yozuvchi mushak. Tirsak suyagi orqa yuzasining
pastki qismidan boshlanib, ko'rsatkich barmoqning (II) o'rta falangasiga birikadi. Vazifasi: ko'rsatkich
barmoqni yozadi. Innervatsiyasi: n.radialis (S6 - S8).
5.10. QO'L PANJA MUSHAKLARI
(59-rasm)
Q o 'l panjasining mushaklari qo'l kafti sohasida ikki tepalikni: bosh barmoq asosidagi tepalik -
thenar, jim jiloq asosidagi tepalik - hypothenar lami hosil qiladi.
5.10.1. Thenar sohasidagi mushaklar
1. M . abductor, pollicis brevis - bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi kalta mushak. Qayiqsimon
suyak b o 'rtig 'i - tuberculum ossis scaphoidei dan boshlanib, bosh barmoqning tashqi yuzasiga
birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni uzoqlashtiradi. Innervatsiyasi: n. medianus (S8 - Thl).
2. M . flexor pollicis brevis - bosh barmoqni bukuvchi kalta mushak. Ikkinchi qator kaft usti
suyaldaridan (ossa trapezium et trapezoideum, os capitatum) boshlanib, bosh barmoq proksimal59-rasm . QoM panja m ushaklari (panja-kaft
yuzasi).
1 - m. pronator quadratus; 2 - m. flexor carpi ulnaris
(kesilgan); 3 - os pisiforme; 4 - retinaculum flexorum
(kesilgan); 5 - m. opponens digiti minimi; 6, 7 - mm. in-
terossei palm ares; 8 m. lum bricalis; 9 - fasciculi
transversi; 10 tendo m. flexoris digitorum superficialis;
11 - tendo m. flexor digitorum profundus; 12 chiasma
tendinum; 13 - vagina fibrosa digitorum manus (kesilgan);
14 - m. interosseus dorsalis; 15 caput transversum
m. abbuctor pollicis; 16 - caput obliquum m. adductor polli­
cis; 17 - m. abductor pollicis brevis (kesilgan); 18 - tendo
m. flexoris pollicis longi; 19 - m. flexor pollicis brevis;
20 - m. opponens pollicis; 2 1 - m. flexor pollicis longus.
falangasining asosiga birikadi. M ushakda caput
superficial va caput profundum boshchalari
bo'ladi Vazifasi: bosh barm oqni bukadi. Inner­
vatsiyasi: caput superficiale - n.medianus
(C8 - Thl); caput profundum - n. ulnaris
(C8 - Thl).
3. M . opponens pollicis - bosh barmoqni
qarama-qarshi qo'yuvchi mushak. Kaft usti soha­
sidagi trapetsiya suyagining b o 'rtig 'id an bosh­
lanib, I kaft suyagiga birikadi. V azifasi: bosh
barm oqni boshqa barm oqlarga qaram a-qarshi qo'yadi. Innervatsiyasi: n. medianus ( C 6 - С 7).
4. M . adductor pollicis - bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mushak.
Ill kaft suyagidan boshlanib, bosh barmoq falangasining asosiga birikadi. M ushakda caput
obliquum va caput transversum boshchalari bo'ladi. Vazifasi: bosh barmoqni boshqa barmoqlarga
yaqinlashtiradi. Innervatsiyasi: n. ulnaris (S8-T hl).
5.10.2. Hypothenar sohasidagi mushaklar
5. M . palmaris brevis - kaftning kalta mushagi. Kaft sohasidagi paydan (aponevrozdan)
boshlanib, kaft terisida tugaydi. Vazifasi: kaft aponevrozini taranglaydi. Innervatsiyasi: n. ulnaris
(S8 - Thl).
6. M . abductor digiti minimi - jim jiloq barmoqni uzoqlashtiruvchi mushak. Kaftdagi no'xatsimon
suyakdan boshlanib, jim jiloq proksimal falangasining ichki yuzasiga birikadi. Vazifasi: jim jiloqni
boshqa barmoqlardan uzoqlashtiradi. Innervatsiyasi: n. ulnaris (S8 - Thl).
7. M. flexor digiti minimi brevis - jim jiloq barmoqni bukuvchi kalta mushak. Ilmoqsimon suyagi
os hamatum ning ilm og'idan boshlanib, jim jiloq proksimal falangining asosiga birikadi. Vazifasi:
jim jiloqni bukadi. Innervatsiyasi: n. ulnaris (S7 - Thl).
8. M. opponens digiti minimi - jimjiloqni boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo'yuvchi mushak.
Ilmoqsimon suyak ilm og'idan boshlanib, V kaft suyagiga birikadi. Vazifasi: jim jiloqni bosh barmoq
tarafiga tortadi. Innervatsiyasi: n. ulnaris (S8 - Thl).
8 - Odam anatomiyasi5.10.3. Kaftning o‘rta guruh mushaklari
9. M . lumbricalis - chuvalchangsimon mushak. Barmoqlami bukuvchi chuqur mushak pay-
laridan boshlanib, barmoqlar proksimal falangalarining orqa yuzasida va ularni yozuvchi mushak
paylarida tugaydi. Vazifasi: barm oqlam ing proksimal falangalarini bukadi, distal falangalarini
yozadi. Innervatsiyasi: m.m. lumbricales I - II - n. medianus (C8 - Thl) m.m. lumbricales
111 - IV - n. ulnaris (C8 - Thl).
10. M . interossei - suyaklararo mushak. Kaft suyaklari orasini toidirib turadi. Bu mushak kaft so­
hasida va qo'l panjasining orqa yuzasida uchraydi. M ushaklar m. interossei dorsales va m. interossei
palmares guruhlariga bo'linadi. II—V barmoqlami o'zaro uzoqlashtirish va yaqinlashtirish vazifasini
bajaradi. Shu sababdan, III kaft suyagi atrofida joylashadi. Kaft sohasidagi suyaklararo mushaklar -
m. interossei palmares suyaklarni yaqinlashtiradi. Kaftning orqa tarafidagi suyaklararo m ushaklar-
m. interossei dorsales barmoqlami uzoqlashtiradi. Innervatsiyasi: n. ulnaris (C 8-T hl).
Yüklə 18,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə