Aralash bezlar va ularning morfofunktsional xususiyatlari



Yüklə 17,43 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü17,43 Kb.
#181116
Aralash bezlar va ularning morfofunktsional xususiyatlari


Aralash bezlar va ularning morfofunktsional xususiyatlari

EJA:
1. Bezlar


2. Ekzokrin bezlar
3. Bir hujayrali ekzokrin bezlar
4. Koʻp hujayrali ekzokrin bezlar
5. Sekresiya tiplari

Bezlar Odam va hayvonlar organizmida turli xilda bir talay bezlar boʻladi. Ularnnng koʻpchiligi terida, ovqat hazm qilish sistemasi va nafas yoʻllari devorida joylashgan. Ayrimlari mustaqil holda joylashgan boʻlib, sekret chiqaradigan yoʻllari organizmning tashkarisiga yoki ichki boʻshlilariga ochiladi. Masalan, koʻz yoshi bezining mahsuloti tashqariga chiqadi va koʻz pardasini tozalab, namlab turadi. Soʻlak bezlarining yoʻli ogʻiz boʻshligʻiga ochiladi, soʻlak ovqatni namlab, uni qisman parchalab beradi. Me'da osti bezi yoʻllari oʻn ikki barmoq ichakka, prostata bezining sekret yoʻllari siydik chiqaruv nayiga ochiladi. Ularda ishlanib chiqqan sekret organizmda oʻziga xos muhim vazifalarni bajaradi. Umuman, hujayralari oʻziga xos suyuqlik - sekret ishlab chiqaradigan va organizmda muayyan vazifa bajaradigan organ bez deb aytaladi. Sekret ishlab chiqaradigan bezlarning hujayralari glandulositlar deyiladi. Bezlar oʻz mahsuloti bilan organizmning oʻsishida, ovqat hazm qilinishida va boshqa jarayonlarda aktiv ishtirok etadi. Bezlarning deyarli hammasi epiteliy toʻqimasidan tarkib topgan. Har bir bez mustaqil organ hisoblanadi, yiriklari tashqi tomondan biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan qobiq bilan oʻralgan. Ularning har qaysisi qon aylanish sistemasiga va spesifik kanalchalar tarmogʻiga ega. Har xil nervlar bilan innervasiya qilinadi. Oʻz mahsulotining tarkibi va vazifasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Organizmdagi barcha bezlar odatda ikkita yirik guruhga boʻlib oʻrganiladi: 1) tashqi sekresiya bezlari, ya'ni ekzokrin bezlar; 2) ichki sekresiya bezlari, ya'ni endokrin bezlar. Morfologik tuzilishi jihatidan ekzokrin bezlar chiqaruv kanalchalariga ega boʻlib, oʻz mahsulotini shu kanalchalar orqali organizmning tashqarisiga, ya'ni teri yuzasiga va ichki boʻshliqlariga (ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach, me'da va ichaklarga) chiqaradi. Endokrin bezlarda esa, bunday kanalchalar boʻlmaydi, ular oʻz mahsulotini bevosita qon va limfa tomirlariga, orqa miya suyuqligiga chiqaradi. Tashqi sekresiya bezlaridan ishlanib chiqadigan maxsulot sekret deyiladi, ishlab chiqarish jarayoni esa, sekresiya deyiladi. Organizmda moddalar almashinuvi jarayonida hosil boʻlgan va tashqariga chiqariladigan moddalar ekskretlar deyiladi. Ekzokrin bezlarga soʻlak, ter, sut bezlari, me'da va ichak devoridagi bezlar, koʻz yoshi va me'da osti bezining koʻpgina qismi kiradi. Endokrin bezlarga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, buyrak usti va jinsiy bezlar kiradi. Endokrin bezlardan ishlanib chiqadigan mahsulot inkret, ya'ni gormon deyiladi. Tashqi va ichki sekresiya bezlari epiteliy toʻqimalariga, nisbatan joylashishiga qarab ikkiga: ekzoepiteliy va endoepiteliy guruxga boʻlinadi. Ekzoepiteliy bezlar epiteliy toʻqimasining tashqarisida yoki uning ostida joylashgan bezlardir. Bular, masalan, soʻlak, ter, yogʻ bezlari va jigar. Agar bezlar epiteliy toʻqimasining tashqarisida emas, balki uning qatlamida joylashgan boʻlsa, ular endoepiteliy bezlar deyiladi. Masalan, kekirdak shilimshiq pardasi. Ekzokrin bezlar Odam va hayvonlar organizmidagi bezlarning koʻp qismini tashqi sekresiya bezlari tashkil etadi. Ular oʻz mahsulotini ovqat hazm qilish sistemasining ichki boʻshligʻiga va nafas yoʻllariga chiqaradi. Demak, bunday bezlar sekret ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan hujayralardan tashqari, chiqaruv kanalchalari sistemasiga ham ega. Tashqi sekresiya bezlari juda xilma-xil boʻlib, ular tuzilishi, sekresiya qilish usullari (sekresiya tiplari), sekretining tarkibi va tashqariga chiqarish yoʻllari bilan bir-biridan farq qiladi. Tashqi sekresiya bezlarini oʻrganishda har xil klassifikasiyalardan foydalaniladi. Tashqi sekresiya bezlari bir hujayrali, koʻp hujayrali va kam hujayrali bezlarga boʻlinadi. Bir hujayrali ekzokrin bezlar Bu bezlar, asosan, bitta bez hujayrasidan tashkil topgan. Umuman olganda, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmining turli joyida uchrab, har xil shaklda boʻladi. Bularga bir hujayrali qadaqsimon bez ham deyiladi. Umurtqali hayvonlar bilan odamda bir hujayrali bez koʻp tarqalgan. Bu bez organizmning nafas yoʻllarida koʻp qatorli epiteliy tarkibida uchrab, oʻz sekretini shu epiteliy yuzasiga chiqaradi. Havoni changdan tozalash va namlab berish vazifasini ham bajaradi. Bu bez yoʻgʻon ichakda, aynisa, uning oxirgi qismida juda koʻp uchraydi, bu erda esa ximoya vazifasini bajaradi. Chiqindi moddalarni bir-biri bilan yopishtirib, ichak devorini ortiqcha mexanik ishqalanishdan saqlab, yaracha boʻlishiga toʻsqinlik qiladi va ichak peristaltikasi yordamida soʻrilishni osonlashtiradi. Ichak epiteliysi tarkibida uchraydigan bir hujayrali bez mikroskopda yaxshi koʻrinadi. Sekret, asosan, hujayraning apikal qismiga surilgan boʻlib, oʻlchami har xil boʻlgan pufakchalar shaklida sitoplazmani toʻldirib turadi. Yadro va organoidlari sitoplazma devoriga yaqin yoki bazal qismiga surilgan boʻladi. Organoidlardan koʻzga yaxshi koʻrinadigani buyadroning apikal qismida jonlashgan Goldji apparatidir. Bu hujayra, asosan, shilliq sekret ishlab chiqaradi. Hujayraning apikal qismi kengaygan boʻlib, bazal qismi tomon ingichkalashib boradi. Sekret apikal qismidagi teshikchadan tashariga chiqib, hujayra yana qadahsimon shaklga kiradi. Koʻp hujayrali ekzokrin bezlar Bu xildagi bezlar har xil yiriklikda va mustaqil tuzilishga ega boʻladi. Tarkibida bez hujayralaridan tashari, boshqa toʻqima hujayralari ham uchraydi. Lekin sekret ishlab chikarishda faqat glandulositlar ishtirok etsa, boshqa toʻqimalari bezning trofik va metabolit jarayonlarida ishtirok etadi. Ekzokrin bezlar turlicha murakkablikka va xilma-xil strukturaga ega. Shuning uchun, ularni oʻrganishda morfologik tuzilishiga asoslanib yaratilgan klassifikatsiyadan foydalaniladi. Organizmda uchraydigan koʻp hujayrali tashqi sekresiya bezlari chiqaruv kanalchalarining tarmoqlanishiga qarab, oddiy va murakkab bezlarga boʻlinadi. Oddiy bezlar, oʻz navbatida, tarmoqlanmagan va tarmoqlangan chiqaruv kanalchali guruhlarga boʻlinib, har bir guruhdagi bezlar oʻz shakliga ega va organizmning har xil joylarida tarqalgan. Tarmoqlanmagan oddiy bezlar, naysimon, alveolyar (sharsimon) hamda kalavasimon shaklda boʻladi, ya'ni ular uzun naysimon shaklda boʻlib, nay devorining asosiy qismida sekretor hujayralari joylashadi, ishlab chiqargan sekret esa shu nay boʻshligʻiga oʻtib, tashqariga chiqariladi. Tarmoqlangan oddiy bezlarning sekretor qismlari ham naysimon, alveolar shaklda boʻladi, lekin naychalari bitta boʻlmay, bir nechta tarmolardan tashkil topgan boʻladi. Tarmoqlanmagan oddiy naysimon bezlarga ter bezlari, yoʻgʻon ichak kriptalari devoridagi bezlar, me'daning pilorik qismidagi bezlar kiradi. Tarmoqlanmagan alveolyar bezlarga esa teridagi ayrim yogʻ bezlari kiradi. Kalavasimon bezlar ham me'da devorida uchraydi. Koʻp hujayrali murakkab bezlar esa, ancha yirikligi va nihoyatda murakkab tuzilganligi bilan farq qiladi. Murakkab bezlar tarkibida faqat sekretor bez hujayralari boʻlmay, balki boshqa toʻqimalar ham ishtirok etadi. Qolgan toʻqimalar boshqa, ya'ni oʻziga xos vazifani bajaradi. Masalan, biriktiruvchi toʻqima bezning ichiga oʻsib kirib, uni boʻlakchalarga boʻladi va oʻzi bilan tomirlarni olib kirib, bez trofikasini ta'minlaydi. Naysimon murakkab bezlarga – koʻz yoshi va til osti soʻlak bezlari, murakkab alveolar bezlarga esa terining ayrim yogʻ bezlari, me'da osti bezi va qulqo oldi soʻlak bezlari kiradi. Aralash, ya'ni naysimonalveolyar bezlarga qushlarning qiziloʻngachi devoridagi bezlar va jagʻ osti soʻlak bezlari kiradi. Aralash bezlar tarkibida ikki xil sekretor hujayralar uchraydi. Birinchisi: oqsillarga boy sekret ishlab chiqarsa, ikkinchisi esa: shilliq modda ishlab chiqaradi. Koʻp hujayrali bezlarni sekretor boʻlimlarining shakli, tarmoqlanishi, sekret chiqariladigan yoʻllarining turi, sekretining tarkibi, sekresiya tiplari va bosha xususiyatlariga qarab klassifikasiyalash mumkin. Kam hujayrali ekzokrin bezlar Bunday bezlar asosan birlamchi ogʻizli jonivorlar organizmida tarqalgan. Masalan, qoʻsh qanotli hasharotlarning soʻlak bezlarida ana shunday kam xujayrali ekzokrin bezlar uchraydi. Bu bezlar asosiy sekretor xujayralar va sekret chiqaruv naychasida joylashgan hujayralardan tuzilgan boʻlib, sekret xujayralari murakkab tabaqalanishga ega. hujayralar sitoplazmasida endoplazmatik toʻrdan iborat sisserna koʻrinishida hosil sintez qiluvchi apparat juda yaxshi rivojlangan. Umurtasiz hayvonlar orasida kam hujayrali bezlarga ega boʻlgan jonivorlarga misol qilib, xalkali chuvalchanglarni koʻrsatish mumkin. Ular tanasidagi bezlar ana shunday kam hujayralidir. Ularni sitokimyoviy usullari yordamida analiz qilish shuni koʻrsatadiki, birinchi xil xujayralar oqsil sintez qilar ekan, ikkinchi xil hujayralar esa juda kam midorda oqsil sintez qilib, koʻproq nordon mukopolisaxaridlar sintez qilar ekan. Bunday murakkab tarkibli sekretlar sintez qiladigan hujayralar sut emizuvchilarning jagʻ osti bezlarining ayrim qismlarida ham uchraydi. Kam xujarali bezlarni qiyosiy oʻrganishda buni bilishning ahamiyati katta. Sekresiya tiplari Tashqi va ichki sekretor bezlar har xil sekret va gormon ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Bez hujayralari ichidagi mahsulotlarni har xil yoʻl bilan hoʻjayra tashqarisiga chiqarib beradi. Ular 3ta tiplarga boʻlinadi: merokrin, apokrin va golokrin sekresiya tiplari. Merokrin tipda sekresiya qilinadigan bezlarning sekretor hujayralarida morfologik oʻzgarishlar boʻlmaydi, ya'ni bezlarning bir butunligi oʻzgarmaydi. Hoʻjayra ichida tomchi yoki dona shaklida yigʻilgan sekretlar hoʻjayra tashqarisiga oddiy yoʻl bilan chiqariladi. Bunga misol qilib, bir hoʻjayrali qadahsimon bezlarni olish mumkin. Ularning apikal qismida kichkina teshikcha boʻlib, bu teshikcha orqali sekret tashqariga chiqariladi. Apokrin tipdagi sekresiyada hoʻjayra qisman morfologik buzilishiga uchraydi.Bunda hoʻjayra ichida sekret apikal qismiga yigʻilib, uning yuzasida yirik-mayda pufakchalar hosil qiladi. Ularning ichi sekretga toʻla boʻlib, pufakchalar hoʻjayradan uzoqlashgan sari pastki qismida membanalari bir biriga yaqinlashib tutashadi, va natijada pufakcha hoʻjayradan ajralib yoriladi va mahsuloti tashqariga chiqadi. Hoʻjayralarda sodir boʻlgan bunday morfologik oʻzgarishlar ular uchun normal fiziologik hodisa hisoblanadi.

XULOSA
Apokrin tipida sekresiya qiladigan bezlarga sut bezlari, ter bezlari, qalqonsimon bezlar kiradi. Ayrim olimlar (Shubnikova E.A., 1981) apokrin tipdagi sekresiyani makroapokrin va mikroapokrin tipga ajratadi. Makroapokrin tipdagi sekresiya, odatda, yorugʻ maydonli mikroskopda koʻrinadi. Hoʻjayraning boʻsh turgan yuqori qismida oʻsimtalar hosil boʻlib, keyinchalik ular uzilib tushadi. Natijada hujayraning boʻyi pasayib qoladi. Mikroapokrin sekresiya tipi esa elektron mikroskopda kuzatiladi. Bunda mikrovorsinkalarning kengaygan uchi hujayradan uzilib tushadi. Golokrin tipda sekresiya qiladigan bezlarning hoʻjayralari nobud boʻlib, sekretga aylanib ketadi. Ularning oʻrnini boʻlinish yoʻli bilan hosil boʻladigan yosh hoʻjayralar toʻldirib boradi. Bunga teridagi yogʻ bezlari misol boʻladi.
Yüklə 17,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə