Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yoshga bog'liqligi reja



Yüklə 21,45 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü21,45 Kb.
#137256
  1   2   3   4   5   6
ANALIZATORLAR VA ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSHGA BOG\'LIQLIGI


ANALIZATORLAR VA ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSHGA BOG'LIQLIGI


REJA:



  1. Ichki sekretsiya bezlari haqida umumiy tushuncha

  2. Gipotalamogipofizar tizimi

  3. Qalqonsimon bez va paraqalqonsimon bezlar

  4. Buyrak usti bezi

  5. Me’da osti bezi



1. Ichki sekretsiya bezlari haqida umumiy tushuncha
Organizmning a’zo va tizimlar faoliyatini boshqarishda endokrin tizimini vazifasi muhimdir. Bu tizim a’zolari ichki sekretsiya bezlari bo‘lib, ular o‘zidan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan biologik faol moddalar gormonlar ishlab chiqaradilar. Gormon yunoncha “horman” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “qo‘zg‘ataman” degan ma’noni beradi. Gormonlar biologik faolligi juda yuqori moddalar bo‘lib, ularning oz miqdori ham organizmda chuqur morfologik va funksional o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilgan gormonlar doimiy sur’atda qonga, limfaga yoki to‘qima suyuqligiga ajralib turadi. Endokrin bezlarda maxsus gormon chiqaradigan yo‘li bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularni endokrin bezlar deydilar (yunoncha “endon” ichkari, “krinein” ajrataman).
Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, paraqalqonsimon, ayrisimon, oshqozon osti bezi, buyrak usti va jinsiy bezlar kiradi (6-1 rasm). Hozirgi kun adabiyotlaridan ma’lum bo‘ldiki, oshqozonichak tizimda ham ko‘pgina biologik faol gormonlar va gormonsimon moddalar ishlab chiqariladi va ularning funksiyalari to‘liq hali o‘rganilmagan.
Oshqozon osti bezi va jinsiy bezlar aralash bezlar guruhiga kiradi. Chunki ularning ba’zi hujayralari ekzokrin, ba’zilari esa endokrin funksiyani bajaradi. Jinsiy bezlar jinsiy gormonlar va jinsiy hujayralar (spermatazoidlar, tuxum hujayralar) ishlab chiqaradi. Osh qozon osti bezining endokrin funksiyani bajaruvchi hujayralari (langergans orolcha hujayralari) insulin va glyukagon gormonlarini ishlab chiqaradi, ekzokrin qismi esa ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi gidrolitik fermentlarni va shira ishlab chiqaradi. Endokrin bezlar kichik qon tomirlariga juda boy a’zolar bo‘lib, ularning vazni bir necha milligrammdan bir necha grammni tashkil qiladi. Qon orqali gormonlar sintezi uchun kerakli qurilish materiallari keladi va tayyor mahsulot qonga o‘tadi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatini nerv tizimi boshqarib turadi va ular o‘zaro bog‘liq holda ishlaydilar. Ichki sekretor funksiyani boshqarishda ayniqsa gipotalamusning roli kattadir. Gormonlar hayoti juda qisqa, ular kerakli miqdorda qonda saqlanish uchun doimo sintezlanishi va qonga o‘tib turishi kerak. Har bir gormonning ta’siri o‘ziga xosdir.
Hozirgi kunda ko‘pchilik gormonlarning kimyoviy strukturasi o‘rganilgan. Tibbiyot va eksperimental ishlar uchun gormonlarni hayvonlardan va laboratoriyalarda sintez yo‘li bilan olinadi. Organizmni o‘sish va rivojlanishi, bir davrdan ikkinchi davrga o‘tishi bevosita sekretsiya bezlarining faoliyatiga ham bog‘liq. Gormonlar modda almashinuvini, yurak-tomir, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish, ko‘payish tizimlarni boshqarishda ishtirok etadi. Gormonlar miqdorining ortib ketishi yoki kamayishi organizmda chuqur funksional o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ichki sekretsiya bezlar faolligining oshib ketishiga giperfunksiya, kamayishiga esa gipofunksiya deb ataladi. Gormonlarni ta’sir etish mexanizmlari murakkab, oxirigacha hali o‘rganilmagan. Gormonlar hujayralar membranasidagi maxsus retseptorlarga ta’sir qiladi. Har bir gormon uchun spetsifik retseptorlar mavjud bo‘ladi. Bunday retseptorlari bor a’zolar to‘qimasi “nishon” deb nomlanadi. Gormon retseptor bilan birlashib hujayrada ATF (adenozin tri fosfat kislota) dan siklik AMF (adenozin mono fosfat kislotasi) hosil bo‘ladi va natijada modda almashuvi o‘zgaradi. Gormonlar rivojlanishning genetik dasturini ham o‘zgartira oladi. Ularning ta’siri natijasida hujayrada oqsillarning sintezi o‘zgaradi va ular maxsus, o‘ziga xos funksiyani bajarishda ishtirok etadi.

Yüklə 21,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə