Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yoshga bog'liqligi reja



Yüklə 21,45 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü21,45 Kb.
#137256
1   2   3   4   5   6
ANALIZATORLAR VA ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSHGA BOG\'LIQLIGI

4. Buyrak usti bezlari
Bu bezlar juft a’zo bo‘lib, ikki buyrak ustida joylashgan. Kattalarda har birining vazni 811 grammga teng. Ikki qavatdan – tashqi po‘stloq va ichki mag‘iz qavatlardan tashkil topgan bu a’zo ontogenez jarayonida kattalashib, gormonlar ishlab chiqara boshlaydi. Yangi tug‘ilgan bola bezining massasi taxminan 6 gramm bo‘lsa, 5 yoshga kelib 56, 10 yoshga kelib 78, 20 yoshda 10-11 gramm bo‘ladi. Postnatal ontogenezning boshlarida po‘stloq qavat mag‘iz qavatiga nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Bezning po‘stloq qismidan 40 dan ortiq steroid gruppasiga kiruvchi moddalar ajratib olingan. Bo’lar kortikosteroidlar yoki kortikoidlardir. Po‘stloq qism gormonlar 3 gruppaga glyukokortikoidlar, mineralokortikoidlar va jinsiy gormonlar analogi androgenlar, estrogenlarga bo‘linadi. Glyukokortikoidlar kortizon va kortikosteron, asosan, modda almashunivini boshqarishda ishtirok etadi, immun tanalarni hosil bo‘lishini kamaytiradi va shamollashni oldini olishda ham xizmat qiladi. Mineralokortikoidlar (aldosteron) suv va tuzlar almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Jinsiy gormonlar juda kam ishlab chiqariladi va ularning faoliyati jinsiy bez gormonlariga nisbatan past bo’ladi. Buyrak usti bezining faoliyati gipofizning faoliyati bilan bog‘liq. Gipofizning AKTG gormoni glyukokortikoidlarni sintezini kuchaytiradi, jinsiy gormonlar ishlab chiqarishiga kam ta’sir etadi.
Buyrak usti bezlarining o‘sishi va rivojlanishi asta-sekinlik bilan o‘tadi. Postnatal ontogenezning birinchi yillarida bezning po‘stloq qismi jadal rivojlanadi. Yetti yoshli bolada bezning eni 8-81 mkm, un turt yoshli bolada 1003 mkm ga yetadi. Mag‘iz qismi rivojlanmagan nerv hujayralaridan iborat bo‘ladi. Mag‘iz qismi rivojlangandan keyin unda gormonlar (adrenalin va noradrenalin) sintezlanadi. Gormonlarning funksiyasi simpatik nerv tizimiga o‘xshash kechadi katexolaminlar ishlab chiqaradi (adrenalin va noradrenalin). Mag‘iz qismini asosiy gormoni bo‘lib adrenalin hisoblanadi. U sintez bo’ladigan gormonlarni 80% ni tashkil qiladi. Adrenalin tez ta’sir ko‘rsatuvchi gormon bo‘lib, yurak-tomir, nafas olish tizimlar faoliyatini, jigarda glikogenni parchalanishini, glyukozani qonga o‘tishini, muskullarni qisqarishini kuchaytiradi, charchashini kamaytiradi. Bu esa organizmni ekstremal sharoitlarga moslanishiga olib keladi, ishchanglikni saklaydi. Tashqi muhit stress omillariga javoban buyrak usti bezi adrenalin, noradrenalin, glyukokortikoidlar singari gormonlarni ajratib, organizm o‘zgargan sharoitga moslasha olib, o‘zini himoya qila oladi.
Buyrak usti bezining gipofunksiyasi Addison yoki bronza kasalligiga olib keladi (teri qoplamlari bronza tusiga kiradi).
Buyrak usti bezlarining rivojlanishi tug‘ilgandan keyingi haftalarda shiddatli kechadi. Ularning massasini oshib ketishi 6-7 yoshlarda va jinsiy yetilish davrida kuzatiladi. Shu davrlarda qonda steroid gormonlar va katexolaminlar miqdori ham keskin oshadi.


  1. Yüklə 21,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə