Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yoshga bog'liqligi reja


Qalqonsimon va paraqalqonsimon bezlar



Yüklə 21,45 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü21,45 Kb.
#137256
1   2   3   4   5   6
ANALIZATORLAR VA ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSHGA BOG\'LIQLIGI

3. Qalqonsimon va paraqalqonsimon bezlar
Qalqonsimon bez hiqildoqni oldida joylashgan bo‘lib, ikki yon va o‘rta bo‘laklardan tashkil topgan. Bu bez qon va limfa tomirlarga juda boy. Bir daqiqa davomida qalqonsimon bezning qon tomirlaridan uning massasidan 3-5 barobar ko‘p miqdorda qon o‘tadi. Kalqonsimon bezning yirik hujayralari pufakchalarni follikulalarni hosil qiladi. Ularning ichi kolloid modda bilan to‘lgan bo‘ladi. Kolloid moddalar bilan birga gormonlar ham bo‘lib, ular yod va aminokislotalardan tashkil topgan bo‘ladi. Qalqonsimon bezning gormonlaritiroksin, triyodtironin, diyodtironin, monoyodtironinlardir. Tiroksin gormonini tarkibida 65% yod bo‘ladi. Bu gormon modda almashinuviga ta’sir qilib, mitoxondriyalarda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, homilani shakllanishida ham katta rol o‘ynaydi.
Ontogenez jarayonida qalqonsimon bezning massasi oshib boradi. Yangi tug‘ilgan bolada bu bezning vazni 1 gramm bo‘lsa, 10 yoshga borib uning og‘irligi 10 grammga yetadi. Jinsiy rivojlanish davrida bezni ham massasi, ham gormon ishlab chiqarishi oshadi. Bolalarni 5-6 yoshidan 9-10 yoshiga qadar gipofizni qalqonsimon bezga ta’siri keskin susayadi. Xulosa qilish mumkinki, qalqonsimon bez o‘sib borayotgan organizm uchun ko‘proq ahamiyatga ega.
Tiroksinni ishlab chiqarilishi kamaysa organizmni o‘sishi sustlashadi, soch va tirnoqlarning o‘sishi, tana proporsiyasi buziladi, jinsiy va aqliy rivojlanish orqada qoladi. Bunday kasallik kretinizm deb nomlanadi. Katta yoshdagi organizmga ham qalqonsimon bezning giper va gipofunksiyasi ta’sir etadi. Agar katta yoshdagi odamlarda bezning faoliyati kuchaysa bazedov kasalligiga olib keladi. Bunda bez kattalashib ketadi, ko‘z chaqchayadi, yurak tez-tez ura boshlaydi, modda almashinuvi kuchayadi va odam ozib ketadi. Aksincha bezning gormon ishlab chiqarish faoliyati kamaysa miksedema yoki xom semizlik kasalligi kelib chiqadi. Bunday bemorning ruhiyati o‘zgaradi, modda almashinuvi pasayishi tufayli sochlar to‘kilib ketadi, jinsiy bezlarning faoliyati buziladi, yosh ayollar hayz ko‘rmaydigan, terisi quruq bo‘lib qoladi.
Paraqalqonsimon bezlar qalqonsimon bez oldida ikki juft bo‘lib joylashadi va paratireoidin gormonini ishlab chiqaradi. Bezlarni farmakologik yoki xirurgik yo‘l bilan olib tashlansa tetaniya degan og‘ir kasallik kelib chiqadi. Organizmda kalsiy ionlarning almashinuvi buzilsa, tetaniyaga xos talvasa tutishiga sabab bo‘ladi. Bolalik davrida tishlarning uqalanib tushishi bu bezning gipofunksiyasidan kelib chiqadi.
Paraqalqonsimon bezning giperfunksiyasida organizmda, va ayniqsa suyaklarda kalsiy ko‘payishi tufayli suyaklar mo‘rt bo‘lib qoladi. Kuchsiz mexanik ta’sirda ham ular oson sinadi.

Yüklə 21,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə