Glossariy Adib qaytarmasi – bortning yuqori qismidagi qaytarilgan joyi; Baxiya qator



Yüklə 9,71 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü9,71 Kb.
#181340
glossary111


Glossariy
Adib qaytarmasi – bortning yuqori qismidagi qaytarilgan joyi;
Baxiya qator – mashinada bajariladigan choklar;
Chok haqi – detal kontur chizig’idan qirqimgacha bo’lgan oraliq;
Dazmolmato – detallarga namlab isitish ishlov berishda kiyim materiali kuymasligi uchun ishlatiladigan ip gazlama bo’lagi;
Dekotirlash – gazlama ustiga namlangandazmolmato qo’yib gazlamani biriktirish uchun dazmollash;
Dikorativ chiziqlar – hohelka chiziqlari taxlamalar, mayda taxlamalar bo’rtma choklar va boshqa shu turdagi bezaklar;
Hant – ag’darma chokdagi bir detal ikkinchi detalga nisbatan baxiya qator ziydan surilgan joy;
Kamartutgich – shim yoki palto belbog’ini kiritib tutib turadigan detal;
Kertim – gazlamani qirqimidan biroz kesib (3 mm) qo’yilgan joy bo’lib undan detal qirqimlarini to’g’ri biriktirish uchun foydalaniladi;
Kesim – yubka palto orqa bo’lak etagi tomonidagi yeng uchidagi biri ikkinchi detal tomonga o’tib turadigan ochiq joy shlitsa;
Mag’iz – detal ziylarini ishlash uchun va bezak uchun ishlatiladigan gazlama tasmasi;
Mayda taxlama – buyumning o’ngi tomonida bostirib tikilgan mayda yengsiz taxlamalar;
Model – ko’rinishi, shakli, materiali yangi bo’lgan namuna;
O’tim – kiyimni old bo’lagidagi kenglik qo’yimi, bu old bo’lak o’rtasidan bitta detal ikkinchi detal tomoniga o’tishi uchun beriladi;
Polimer – bir nechta kichik oddiy molekulyarning birikishidan hosil bo’lgan poligomerlar;
Puxtalama – ustma-ust tushgan baxiya qator, qaytma baxiya qator;
Qaviqlar – qo’lda bajariladigan ishlar;
Qotirma – astar bilan avra orasiga qo’yilgan material bo’lib, detalni yoki detal chetini qattiqroq qilish va shaklini saqlash uchun ishlatiladi;
Ritm – ketma-ketlik asosida takrorlanish almashinib keluvchi;
Seluyet – shakl va narsalarning tekis yuzada yaratilgan bir tusdagi tasviri;
Yiltiroq – gazlama ustida namlab isitib ishlov berish natijasida hosil bo’lgan joy;
Yüklə 9,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə