1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Meva-rezevor meva pyurelariga



Yüklə 383,95 Kb.
səhifə33/89
tarix11.12.2023
ölçüsü383,95 Kb.
#146714
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89
1-mavzu tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja-fayllar.org

Meva-rezevor meva pyurelariga pyure, sous va qaylalar ta’luqlidir. Pyure asosan povidlo, meva sousi, konditer mahsulotlari, muzqaymoq ishlab chiqarishda YaTM sifatida ishlatiladi. Meva pyuresi ishlab chiqarish uchun barcha meva va rezavorlar qo’llaniladi. Xom ashyo tarkibida ko’proq quruq modda bo’lishi, pektin va organik kislotalarga boy bo’lishi maqsadga muvofiq. Bu komponentlar pyuredan tayyorlangan mahsulotlarning yaxshi jelelanishini ta’minlaydi.
Pyurelar tayyorlashda meva etlari qirg’ichlardan o’tkazilib bir xil struktura beriladi. Pyurelar tarkibida quruq modda miqdori - 7-13% ni tashkil etadi.
Mevaning tashqi ko’rinishi va uning shakli hech qanday ahamiyatga ega emas. Yirik mevalar ishlatilganda mayda mevalarga qaraganda ishqalash jarayonida kam chiqit chiqadi.
Meva sousi. Meva sousi ishqalab mayinlashtirilgan meva massasidan qand qo’shib bug’latish yo’li bilan tayyorlanadi. Meva sousini tayyorlash uchun olma, behi, o’rik, olxo’ri, nok, shaftoli va boshqa mevalar texnik yetilgan holda ishlatiladi. Avval pyure tayyorlanadi, so’ngra mexanik aralashtirgich o’rnatilgan qobiqli qozonda bug’latiladi. Massaning qaynash temperaturasi 1000S bo’lishi kerak. Pishirish jarayonida pyure tarkibiga aralashma massasidan 10% miqdorda qand qo’shiladi. Qand pyureda aralashtirib turgan holda eritiladi, mahsulot temperaturasi qaynatishgacha olib boriladi.
Meva sousi yaxshi ta’mga ega bo’lganligi uchun desert sifatida iste’mol qilinadi. Jumladan bunday konservalar bolalarni ovqatlantirishda tavsiya etilishi mumkin.
Meva qaylalari. Qaylalar sousga o’xshash texnologiya asosida
tayyorlanadi. SHirin (o’rik, olma, olxo’ri, brusnika-olma, olxo’ri-olma) va
achchiq (mushmula va olchadan) qaylalar ishlab chiqariladi.
SHirin qaylalarni ishlab chiqarishda pyurega qand (18-20%) va mayda yanchilgan ziravorlar - dolchin, gvozdika (qalampirmunchoq), imbir qo’shiladi. Mahsulotda xom ashyo turiga qarab 30-35% quruq modda mavjud.
Tayyor mahsulot tarkibida quruq modda miqdori – olma pyuresida 14%-
dan yuqori, chernika pyuresi uchun 36%, qolgan tur rezavorlar pyuresi uchun
54% -dan kam bo’lmagan chegarada me’yorlanadi.

Yüklə 383,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə