Ma’ruza: suyuqliklarni uzatish reja



Yüklə 228,06 Kb.
səhifə1/5
tarix05.10.2023
ölçüsü228,06 Kb.
#125529
  1   2   3   4   5

MA’RUZA: SUYUQLIKLARNI UZATISH


Reja:

  1. Suyuqliklarni uzatuvchi Mononasos konstruksiyasi

  2. Shesternyali nasos konstruksiyasi

  3. Markazdan qochma turdagi suyuqlik aralashtirgich

Quyultirilgan suyuqliklarni uzatish uchun (olxuri, o‘riq olcha va meva- rezavorlar sharbati va qiyomi) qovushoqligi 1000 Pa-s kiymatga teng bo‘lgan suyuqliklar.uchun rotatsion xajmiy nasoslar (mononasoslar) ishlatiladi. Mononasosning asosiy qismlari stator 1 va rotor 2 bo‘ladi (2.44-rasm).


2.44-rasm. Mononasos sxemasi.
1-stator; 2-rotor;
3-yopiq bo‘shliq,
Odatda, stator ichi ikki yo‘lli, yuzali, vintli, profilli, yukori rezbali silindrdan tashkil topgan.
Statorga bir yulli rotor o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘zining asosiy o‘qi va statorning ko‘ndalang kesim o‘qi atrofida xam aylanadi.
Stator va rotor orasida xosil bo‘ladigan yopik bushliqlar 3, nasos ishlashi paytida suyuklik bilan to‘lib turadi va rotor aylanganda, aksial qo‘zg‘alib boradi. Rotor aylanganda bu bo‘shliq xajmi 0 dan maksimumgacha o‘zgaradi, bushliq ortib borganda suyuklik surib boriladi.
Mononasosning konstrukdiyasi 2.45-rasmda keltirilgan. Nasos korpusi
chuyandan yoki zanglamaydigan pulatdan tayyorlanadi. Stator esa, tabiiy kauchuk
sintetik maxsus rezina, poliuretan, plastik massadan, yumshoq polivinil xlorid, teflon, poliamiddan, rotor - esa zanglamaydigan metall va
p lastmassadan tayyorlanadi.
2.45-rasm. Mononasos konstruksiyasi
1- rotor; 2-stator; 3-isitish g‘ilofi; 4-xaydash shtutseri; 5-salnik; 6-o‘q; 7-podshipnik qobig‘i; 8-zichlovchi xalqa; 9-qopqoq; 10-qobiq; 11-birlashtiruvchi o‘q; 12-sharnir.
Bu nasoslarning bosimi 2,4 MPa va unumdorligi 200 m3/soat gacha bo‘lishi mumkin. Nasoslarda sovitish yoki isitish uchun g‘iloflar bulishi mumkin. Statorning ishchi temperaturalar oralig‘i —30 dan +300°S gacha.
Kichik bosim bilan katta mikdordagi suyukliklarni uzatishda o‘qli nasoslardan foydalanish yuqori samara beradi (2.46-rasm). Bu turdagi nasoslarning ishchi g‘ildiragi eshkakli vint shaklida tayyorlangan bo‘ladi. Suyuklik kurakcha yordamida ilib olinadi va korpusda aylanib, o‘qning yunalishi buylab uzatiladi. Nasosdan keyin suyuklikni aylanma harakatini tugrilab beruvchi uskuna joylashgan bo’ladi.

K uyuq, yuqori qovushoqli suyuqliklarni uzatishda shesternyali nasoslardan foydalaniladi (2.47-rasm). Nasos chuyan korpusdan yasalgan bo‘lib, unga 2 ta bir-biri bilan ilashadigan shesternyalar o‘rnatilgan bo‘ladi. SHesternyalardan biri elektr yuritkichga ulangan bo‘lib, etaklovchi bulsa, ikkinchisi - etaklanuvchi xisoblanadi.


SHesternyalar o‘zaro ilashishdan chiqanida siyraklanish xosil bo’ladi va suyuklik nasosga suriladi. SHesternya, tishlari suyuklikni surib ketadi va u aylanish yunalishi tomon harakatlanadi. SHesternya tishlari kaytadan ilashganda, suyuklik uzatiladi.

Yüklə 228,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə