1-Mavzu: Uch o‘lchamli modellashtirish dasturida ishlash bosqichlari


-Mavzu: 3DS max dasturining interfeysi



Yüklə 16,4 Mb.
səhifə2/39
tarix11.10.2023
ölçüsü16,4 Mb.
#126903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
3o`lchovli maruza

2-Mavzu: 3DS max dasturining interfeysi

Birinchi navbatda siz 3 Ds Max dasturini ishga tushirganda uning asosiy ekraniga ko’zingiz tushishi mumkin. Agar siz yangi foydalanuvchi interfeysini bilmaydigan bo’lsangiz, unda dastlab qurilmalarini ko’rib chiqishingiz hamda ular bilan atroflicha tanishishingiz lozim. Siz interfeysning dastur elementlardan tashkil topganligini, ya’ni, bir xil turdagi buyruqlarni guruhlanganligini ko’ring va ishonch hosil qiling. Masalan, o’z vaqtida ob’yektlar holatini sozlash va boshqarishni amalga oshirish tugmachasi jamlanmasi yordamida animasiyani amalga oshirish jarayonini boshqarish vositasi. Dastur ekranini shartli tarzdi beshta asosiy elementlarga ajratish mumkin: Main menu (Bosh menyu). Dastur ekranining yuqori qismda joylashgan va bu menyu 3 Ds Max dasturiga asosiy buyruqlar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi. Barcha buyruqlar menyusi toifalar bo’yicha birlashtirilgan. Dastur ishga tushirilganidan so’ng 3Ds Max grafik redaktorning ishchi oynasi ochiladi. Bosh menu quyidagi meny bandlaridan iboratdir File (Файл), Edit (Правка)-tahrirlash, Tools (Сервиc), Group,Views, Great (Создать)-yaratish, Modifiers, Animation, GrafEditor, Rendering (Визуализация)-vizuallash, Customize, MAXScript, Help(Помощь)-yordam.  Main Toolbar (Qurilmalar bosh paneli).Odatda u bosh menyu ostida joylashadi, ammo “suzuvchi” panel ko’rinishida aks ettirilishi yoki ekranning boshqa joyida joylashishi ham mumkin. Toifalar bo’yicha ajratilgan, to’plam bilan birga qurilmalar tarkibida joylashgan yoki yakka bo’lishi mumkin. Dastur amallari va qo’llanuvchi buyruqlar tezkor murojaatlar tugmachasidan tashkil topadi.  Viewports (proyeksiya ekrani) ekranning markazida joylashgan va uning katta qismini egallaydi. To’rtta ajratilgan ko’rinishda devor proyeksiyasi - yuqori Tor (yuqori), yonbosh Left (chap), to’g’risidan yo’naltirilgan Front ( ro’parasidan) va kelajakda rivojlanishni ko’zda tutadigan Perspective (istiqbolli).  Command Panel (buyruqlar paneli). Odatda ekran proyeksiyasining o’ng tomonida joylashgan. Bu panel oltita to’plamdan tashkil topgan va devor ob’yektlarini modefikasiyalash va tashkil etish bo’yicha amallarning bajarilishini ta’minlaydi. Har bir to’plam ob’yektlarni sozlovchi sivatkadan tashkil topgan. 8  Lover Interface Bar (Interfeysning quyi qatori) Dastur oynasining quyi qismida joylashgan. Turli maydon va tugmachalardan tashkil topgan, uning tarkibiga maydonning aks etish holati va ma’lumotnoma (spravochnik) kiradi, shu bilan birga animasiyalarni qayta tiklash va boshqaruv oynasi proyeksiyasi uchun tugmalar to’plami ham mavjud.



Yüklə 16,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə