1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə27/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org





4-MAVZU: MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISHINING O`ZIGA XOSLIGI



REJA:

1.O’yin maktabgacha Yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati

2.Maktabgacha Yosh davrida bilish jaraYOnlarining rivojlanishi

3.Maktabgacha Yoshdagi bolalarni maktabga psixik jixatdan tayYOrlash


Uch Yoshli bolalrga to’g’ri tarbiya berish, ta`sir o’tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq YO’naltirish orqali ularda mustaqil holda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o’z o’rnini yig’ishtirish ko’nikmalarini tarkib toptirishga, ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini shakllantirishga erishish mumkin. Mazkur Yosh xususiyatlarini tadqiq qilgan N.M.SHchelovanov, D.B.Elkonin va boshqalarning fikricha, bolaning uch Yoshgacha o’sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jaraYOnlarini sifat jihatdan ancha o’zgartirib yuboradi. SHunga qaramay, bolaning o’sishiga kattalarning ta`siri, roli etakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o’sib borishi mustaqilroq bo’lishini ta`minlaydi. Ammo maktabgacha Yoshdagi mustaqillik ko’pincha bolaning amaliy faoliyatda uncha kuchli bo’lmagan shaxsiy imkoniyati doirasida kattalar YOrdamisiz harakat qilishida, nisbatan oz bo’lsa-da, tobelikdan qutulish tuyg’usida namoYOn bo’ladi.
Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy va aqliy imkoniyatida, kuchi etadigan jaraYOnga nisbatan o’z munosabatini kattalarning ko’magisiz amalga oshirishida emas, balki o’zining kuch-quvvati, qurbi etmaydigan, muayyan amaliy ko’nikmalarini egallay olmagan turmush muammolarini hal etishida ham ko’rinadi. Maktabgacha Yoshga qadar bolalarning psixologik xususiyatlari yuzasidan mulohaza yuritishda kimning ilmiy tadqiqoti va asari bo’lishidan qat`i nazar, unda vujudga keladigan xohish, istak hamda niyatning qondirilishi individni parvarishlashga (tarbiyalashga) qaror qilgan kattalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqariladi. Mana shu Yosh davrida namoYOn bo’ladigan tarbiya jaraYOnidagi ayrim qiyinchiliklarning tashqi va ichki alomatlari (belgilari) ham psixologik tadqiqotlarda va ilmiy-psixologik adabiYOtlarda ko’p marta ta`kidlangan bo’lib, birinchi navbatda o’jarlik, negativizm, qaysarlik, injiqlik kattalarning bolalar nazarida obro’sizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlar bilan bog’liqdir. Qator ilmiy-psixologik manbalarda aytilishicha, shu Yoshdagi bolalarning his-tuyg’ulari va irodasida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi va bularning hammasi boladagi hudbinlik, o’ziga bino qo’yish, aksilijtimoiy mayl, urinish, qaysarlik, rashk kabilarda yaqqol aks etadi.
N. A. Menchinskaya, V. S. Muxinalarning oqilona mulohazalariga qaraganda, bolalardagi injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning ular shaxsiga adolatsiz, noto’g’ri, mensimay munosabatda bo’lishidan iboratdir.
Kichik maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o’rgangan A. N. Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta`sir ko’rsatish unda o’jarlikni paydo qiladi. SHuningdek, bu Yoshdagi bolalarning o’jarligi doimiy bo’lmaydi, masalan, o’z tengdoshlariga nisbatan o’jarlik qilish ahYOn-ahYOndagina ro’y beradi, ular asosan katta Yoshdagi odamlarga, shunda ham muayyan tarbiyachiga YOki oila a`zolarining birortasiga o’jarlik qiladilar. A. N. Golubaeva bolalardagi o’jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish mumkinligini uqtiradi. A. P. Larinning tadqiqotida esa noqulay va nomaqbul tarbiyaviy shart-sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch Yoshda ham paydo bo’lishi ifodalangan. Dastlab o’jarlik ba`zi-ba`zida ro’y beradi, lekin u hech qachon barcha katta Yoshdagi kishilarga qaratilgan bo’lmaydi, binobarin, uning ob`ekti alohida shaxs hisoblanadi. Bola xarakterining bu sifati muhitning noto’g’ri tarbiyaviy ta`siri oqibatida biror darajada barqarorlashsa, keyinchalik ko’pchilikka qaratilgan, umumlashgan shaklga kira boshlaydi. O’jarlik bir guruh odamlarga YO’nalganligini ham uchratish mumkin. A.P.Larin to’plagan ma`lumotlar o’jarlikning asosiy sabablari – bolaning mustaqilligini cheklab qo’yish, erkinlik tuyg’usi va tashabbusini so’ndirish va uning ong xususiyatini (anglash sur`atini) kamsitishdan iboratligini ko’rsatadi.
Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va uning psixik o’sishi davomida muayyan darajada o’zgarib boradi. Ularning o’zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini hisobga olib, oqilona munosabatda bo’lishiga bog’liq. Agar maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga kelishi mumkin.
Bola xulqida muayyan sharoitning ta`siri bilan paydo bo’lgan o’jarlik va nojo’ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasi jiddiy o’zgarish ro’y berganini, endi bolaga uning hozirgi o’sish darajasini hisobga olib, munosabatda bo’lish zarurligini bildiradi. Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari: 1) kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini; 2) xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishini; 3) ayrim ko’zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishini; 4) o’z holicha ish tutishni cheklashlaridir.
Kattalar bolaning ra`yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagini, intilishiga YOrdam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jaraYOnidagi qiyinchilik o’z-o’zidan barham topadi, nizo YOki ixtilofning oldi olinadi.
Oila va bog’chada shaxslararo munosabatlar ilmiy asosga qurilib, oqilona qoidaga suyanilsa va pedagogik odob (nazokat) doirasidan chetga chiqilmasa, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas.
O’jarlik, qaysarlik kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi – bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha Yosh davridan maktabgacha davrga o’tishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish mazkur Yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya`ni shaxsiy xatti-harakatni va «men o’zim»ni anglashning mahsuli tariqasida namoYOn bo’ladi.
D.B.Elkonin fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning harakatda ifodalanishi o’zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so’zsiz itoatkorlik uning istagini umumlashtirishga olib keladi, voyaga etganlar talabiga mos emasligi sababli shunchasi xohish qat`iy shaxsiy xohish darajasiga o’sib o’tadi. Odatda «Men xohlayman», «O’zim bajaraman» kabi mustaqillikka intilish harakatlari xohishning kuchayishida o’z ifodasini topadi. Ana shu tariqa bola psixikasida xohishlarining o’zaro uzviy bog’lanishi, motivlar va ularning kurashi yuzaga kela boshlaydi.
SHunday qilib, xohish-istakka tobe bo’lmaslik holatidan unga nisbat tan dastlabki intilish, xayrixohlik tuyg’usining paydo bo’lishi aynan maktabgacha Yoshga to’g’ri keladi. Buning zamirida bolaning mayli, niyati, orzusi, istagi, tilagi va xohishining mazmuni hamda xususiyatidagi keskin o’zgarishlar YOtadi. To’g’ri keladi. Buning zamirida bolaning mayli, niyati, orzusi, istagi, tilagi, va xohishining mazmuni hamda xususiyatidagi keskin o’zgarishlar YOtadi.
Bolaning xohish va istagida ayrim o’zgarishlar, ularning tasavvurlari bilan birlashuvi maktabgacha Yoshdagi sub`ektlar faoliyatining yangi ko’rinishlari (rolli o’yinlar, ijodiy, tasviriy konstruktiv faoliyat, sodda mehnat faoliyati) keng ko’lamda rivojlanishiga, qulay imkoniyat yaratuvchi shart-sharoit hisoblanadi. Bolada o’zining faoliyatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalar to’g’risidagi tasavvur obrazlaridan amaliy foydalanish bilan chegaralanib qolmay, ularga nisbatan o’zining shaxsiy emotsional munosabatini ham bildiradi. Bu hol ko’pincha ularning ijodiy o’yinlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ijodiy o’yinlarda bolaning kattalar haqidagi, ularning o’zaro munosabati to’g’risidagi tasavvuri aks etadi, u o’zini kattalar bilan birga harakat qilaYOtgandek his etadi, hatto voqelikning bevosita qatnashchisi vazifasini o’taydi.
Psixologik manbalardan ma`lumki, mazkur Yoshdagi bolalarni o’zlari xohlamaydigan zerikarli faoliyatga (chunonchi, YOzishga, rasm chizishga, mehnatga, harakatli o’yinga) majbur qilish mumkin emas. Ular o’zlari xohlamagan mashg’ulotlarda juda tez charchaydilar. SHunday mashg’ulotlarga amaliy jihatdan YOndashib, yaqqollik alomatlari kiritilsa, bolalar ishga astoydil, butun vujudlari bilan kirishib ketadi. Natijada ularda shu mashg’ulotga ijodiy munosabat vujudga keladi.
Bevosita idrok qilinmaydigan holatlarga nisbatan his-tuyg’u, murakkab ichki tug’YOn va kechinmalarning paydo bo’lishi, keyinchalik emotsional o’sish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratadi. L. S. Vigotskiyning ta`kidlashicha, bola o’yin faoliyatida bemor singari yig’laydi, o’yinning ishtirokchisi sifatida quvnaydi. SHuning uchun uning kechinmalari bemor to’g’risidagi tasavvur obrazlarining majmuasi bilan, ularning nisbatan rang-barangligi bilan aniqlanadi. Bola tanlagan rol undagi mavjud kechinmalarning amaliy ifodasi kabi gavdalanadi. Ertaklar tinglashda bolada qahramonlar to’g’risidagi dastlabki kechinmalar paydo bo’ladi, bolaga emotsional ta`sir etish imkoniyati tug’iladi, kechinmalarni aks ettirish esa tasavvur doirasida vujudga keladi. Masalan: doktor – davolaydi, shofYOr – haydaydi, sotuvchi –mol sotadi, uchuvchi – samolYOtni boshqaradi, o’qituvchi – bolalarga bilim beradi va hokazo.
Uch Yoshda harakatni muvofiqlashtirish jaraYOnining takomillashuvi bolaga yugurganida, bir joyda tik turganida muvozanatni saqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida bola mustaqil holda turli harakatlarni amalga oshira boshlaydi. Jismoniy jihatdan mustaqillikka erishish bolada erkin, kattalarning nazoratisiz, o’z holicha qandaydir ishlarini bajarish, umuman mikro va makro muhitda shahs sifatida yashash istagini tug’diradi.
YUqoridagi umumiy xulosalar asosida aytish mumkinki, uch Yoshgacha davr nutq va nutq faoliyatini eng oqilona namoYOn qilish va to’g’ri, maqsadga muvofiq rivojlantirish bosqichi hisoblanadi. Binobarin, har bir Yosh davrining o’ziga xos qulay o’sish pallalari, imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu narsa umumiy psixologik qonuniyatlarga suyangan xolda talqin etiladi, shu bilan bir etakchi faoliyatning roli inobatga olinadi.
Bolaning tik yurishga odatlanishi, fazoviy qonuniyatlar, o’ziga xoslik,borliqdagi mavjudotlarni to’g’ri idrok qilish kabilar unda turli psixologik sifatlarni shakllantiradi, shuningdek, mutlaqo yangi shaxs xususiyatlarni vujudga keltiradi. Unda harakat shakllariga nisbatan sinchkovlik uquvi ko’proq o’sadi, vaqtni tasavvur qilish, vaqt o’lchovlariga qiziqish tuyg’usi uyg’onadi. O’yin faoliyatida, tengdoshlari va kattalar bilan bevosita muloqotga kirishishda vaqtni, fazoni va harakatni idrok qilish malakasi takomillashib boradi, mazkur psixologik kategoriyalar sifat jihatdan yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarila boshlaydi.
Mazkur davrda nutq mazmunliroq, nutq faoliyyati esa grammatik, morfologik va sintaksistik nuqtai nazardan to’g’ri tuzilishga ega bo’la boradi, bolaning bu boradagi faolliga mislsiz darajada o’zgaradi. Atoqli psixologlar va o’zimizning kuzatishlarimizga qaraganda, uch Yoshli bola soat sayin bir nechtadan (ona turli YOki begona tilga doir) so’zlarni o’zlashtiradi va uning rivoji o’zgalar nutqini oqilona idrok qilish va tushunish imkonini yaratadi, shaxslararo muomala ko’lamini yanada kengaytiradi.
SHunga o’xshash o’zgarishlar bola atrof-muhit to’g’risidagi ma`lumotlari, axborotlarni, ilmiy bilimlar va ijtimoiy ko’nikmalarni egallashi uchun puxta zamin hozirlaydi. Natijada uch Yoshlilar psixikasi yangiliklarni aks ettirish va ulardan ta`sirlanishdek murakkab funktsiyani bajara boshlaydi. SHular sababli bu Yoshdagi bolalar o’zining ko’rganlarini, eshitganlarini tez idrok qiladilar va eslab qoladilar, hatto ularni tushunishga intiladilar, ular o’z bilimdonliklarini namoyish etishga, o’zlarini shaxs sifatida ko’rsatishga harakat qiladilar. O’zining kattalar orasidagi o’rnini topish istagi, hissi «Men» davrini vujudga keltiradi. Bolaning yangi va intilishlari kattalar tomonidan g’ayritabiiy qabul qilishini ular o’rtasida «anglashilmovchilik»ni keltirib chiqaradi. Unda kattalarning ko’rsatmasi, tavsiyasi, iltimosi, buyrug’i va tazyiqiga qarshilik ko’rsatish tuyg’usi paydo bo’ladi. SHu tariqa shaxslararo munosabatda ziddiyatlar, ichki nizolar, psixologik inqiroz namoYOn bo’ladi. Bularning barchasi «Men» davrining hosilasi bo’lib, bola shaxs sifatida shakllanaYOtganidan dalolat beradi. Inqirozning sabablari xar xil bo’ladi.
Inqiroz davrida bolaning kattalarga qarshilik ko’rsatishi xam turli ko’rinishlarga ega bo’lib, ular o’tkinchi psixologik holat va hodisaga o’xshaydi. Lekin oila va bog’chada qiyinchiliklarni engish jaraYOnida bolaning shaxsiga uning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda to’g’ri va oqilona YOndashish uni inqirozdan ruxan olib chiqish imkonini yaratadi. Tajribalardan ma`lumki bolalar mazkur inqiroz davrida bir necha ko’rinishdagi qaysarlik Yoshini bosib o’tadilar. Quyida ana shu qarshiliklarning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz:
1. 3 Yoshli bolaning ruhiy dunYOsida sifat va miqdor jixatdan turli o’zgarishlar ro’y beradi.Bu o’zgarishlar uning olamni o’zicha kashf qilaYOtganiga, psixikasi ma`lumot va axborotlar bilan soat sayin boyib boraYOtganiga bog’liqdir.Bolada o’z irodasiga ishonch xissi paydo bo’ladi, o’zligini anglay boshlaydi. O’zligini anglashni o’zi bu qarama - qarshiliklarni, ziddiyatlarni engish bilan amalga oshadi.
2. Mazkur Yoshdagi bola ba`zan o’ziga aytilgan so’zning mohiyatini tushunmasligi,anglab etmasligi,goho o’yinga haddan tashqari berilib ketib,kattalarning ovozini eshitmay qolishi mumkin.Bunday paytda bolada tashqi ta`sirga YOki qo’zg’atuvchiga e`tibor berish qobiliyati etishmasligi,bunda uning ko’tarinki YOki g’oyat tushkin kayfiyati halaqit berishi mumkin.Ba`zan bola o’z o’ylari va ichki kechinmalari balan bandligi sababli uning tashqi ta`sirga javob qaytarishi biroz kechikishi ham mumkin.Ana shu jaraYOnga o’zgalarning psixologik qonuniyatga rioya qilmay qo’pollik bilan aralashuvi YOqimtoy,odobli bolalarni ham darrov jahli qo’zg’aydigan,gap ko’tara olmaydigan,nozik tabiatli shaxslarga aylantirib qo’yishi mumkin.Bunda kattalarning muloqotdagi qo’polligi bolada qaysarlikning belgilarini yaqqol namoYOn eta boshlaydi.U har qanday taklifni, buyruqni, hatto, iltimosni ham rad qiladi,o’ziga berilgan barcha savollarga bir maromda «YO’q», «kerakmas»,«bermayman»,«bilmayman»deb javob qaytaraveradi. Kattalar bilan bola o’rtasidagi munosabatning buzilishi tufayli uning xatti-harakatida o’jarlik illati paydo bo’ladi.Buning asosiy sababi bolada o’zining ichki kechinmalari,his-tuyg’ulariga bog’liq harakatlarni mustaqil bajarish istagi tug’ilishi, «men» bilan bog’liq butunlay yangi nuqtai nazarning vujudga kelishidir.
Mazkur davrni inson shaxsini shakllantirishda eng murakkab davr desak,xato qilmagan bo’lamiz.SHunga ko’ra katta Yoshdagi odamlar,ota-onalar,bog’cha tarbiyachilari shu davrda bolaga undagi o’zgarishlarni,murakkab ichki kechinmalarning mohiyatini psixologik inqirozni inobatga olgan holda munosabatta bo’lsalar,nur ustiga nur bo’ladi. YUqorida aytganimizdek, bu davrda bolaning irodaviy, irodaviy sifati takomillasha boshlaydi, shaxsning murakkab fazilatlari, xarakter xislatlari barqarorlashadi. Bola o’zligini anglashining tashqi va ichki belgilari yaqqol ko’zga tashlanadi. «O’zim» bilan bog’liq ezgu niyat mustaqillikka intilish tuyg’usini vujudga keltiradi, binobarin, ularning ta`siri tufayli unda o’z xulq-atvori, «yurish-turishi» bilan kattalarning maqtovi va olqishini eshitish ishtiYOqi tug’iladi. SHaxsning xulqini baxolash keyinchalik o’zini-o’zi baholash darajasiga etadi.
Katta Yoshdagi odamlar bunday xollarda o’zlarini osoyishta tutishlari, sharoitga qarab bolaga biroz YOn berishlari, ba`zan ularni aytganini qilishlari, kerakli paytda masalani ochiq qoldirishlari lozim, chunki shaxslararo munosabatning ba`zan muammoligicha qolishi ham maqsadga muvofiqdir. YAxshisi asabiylik vaziyatida bolaning diqqatini boshqa narsaga (ob`ektga) jalb qilish, uni mushkul holatdan chalg’itish ma`qul. SHaxsiy kuzatishlarimizda aYOn bo’ldiki, mazkur holat bolaning ruhiy dunYOsiga qattiq ta`sir qiladi, u o’zining nojo’yi qiliqlari kattalarga aslo YOqmaYOtganini anglaydi, ichidan chuqur iztirobga tushadi.
SHu davrda organizmning tez sur`atlar bilan o’sishi oqibatida bola sho’x, serg’ayrat, tinib-tinchimas, hammaga narsaga qiziquvchan, harakatchan bo’lib qoladi. Undagi bu o’zgarishlar tabiiy ekanligini kattalar yaxshi bilishlari, o’zlarining kichkintoylarga muomala va munosabatlarini tubdan o’zgartirishlari lozim. Binobarin, bola oldiga qo’yiladigan talablar muayyan shart va sharoitga muvofiq bo’lishi kerak. Amaliy faoliyatda jismoniy va ruhiy o’zgarishlarni hisobga olmaslik kattalar bilan bolalarning o’zaro munosabatlarida qator qiyinchiliklarni vujudga keltiradi: bola ota-onalar va tarbiyachilarning gapiga quloq solmaydigan, topshiriqlarni bajarmaydigan, qo’rs, hech narsaga ko’nmaydigan bo’lib qoladi. Bunday hatti-harakatni keltirib chiqaruvchi, bosh sabab bolalarning mustaqillikka intilishini kattalar tan olmasligidir. SHuning uchun ular goho kattalardan o’rinli xafa bo’ladilar, nizoning sababini to’g’ri payqaydilar.
Ayrim kishilar bolaga topshiriq beradilaru, lekin uning qay darajada bajarilishi bilan qiziqmaydilar, bola qanday yutuqqa erishganiga e`tibor bermaydilar. Bola o’ziga kattalarning mensimay, hurmatsizlk bilan munosabatda bo’laYOtganini darrov sezadi. SHaxslararo munosabatda vujudga kelgan anglashilmovchilik va ginahonalik va shu holatga oqilonabaho berigunicha davom etadi.
3. Erkalanish bilan vujudga keladigan o’jarlik ham uch Yoshlilar ruhiy dunYOsida ko’p uchraydi. Bolaga me`YOridan ziYOd mehr-muhabbat qo’yish, uni haddan tashqiri erkalatish, har qanday xohishini qondiraverish, talab va ehtiYOjini so’zsiz ado etish ham unda erkalik va o’jarlikni paydo qiladi. SHuningdek bolaning xulq-atvorini, qilgan ishini maqtayverish, uni o’rinsiz taltaytirish YOki unga nisbatan befarq munosabatda bo’lish ham o’jarlikni keltirib chiqaradi. Bolani e`tiborsiz qolidirish, nazorat qilmaslik, tekshirmaslik ham nohush oqibatlarga olib keladi. Masalan, e`tiborsizlik bolani qattiq iztirobga soladi, unda tanholik tuyg’usini, umidsizlik, begonasirash hissini vujudga keltiradi. Bular esa bolada kattalarga nisbatan ichki qarama-qarshilikni, o’zaro ziddiyatni, nizo alomatlarini tug’diradi. Ko’p hollarda bolalarni o’z mayliga, o’z holiga tashlab qo’yiladi, ularga juda barvaqt erkinlik, mustaqillik beriladi, ammo bunday qilish bola shaxsini tezroq takomillashtirishga xizmat qilmaydi. HaYOt va faoliyatda har bir bolaning oldiga aniq, yaqqol talab va topshiriqlar qo’ymaslik, unga homiylik qilmaslik bolaning ruhiyatiga qattiq ta`sir etadi, u o’kinadi va ichidan kuyunadi. O’zining himoyachisi YO’qligini his qilish ham bolada o’jarlikni yuzaga keltiradi. Boshqacha aytganda, bolaning ruhiy olamida kattalarga nisbatan paydo bo’lgan gina-adovat uni o’jarlikka etaklaydi. SHaxslararo munosabatda adolat qaror topgunicha, ziddiyatning bosh sababchisi o’z xulqiga iqror bo’lgunicha qarama-qarshilik davom etadi.
O’jarlik paydo bo’lgan bolaga muomalada uni behuda erkalatmaslik, uning barcha orzu-istaklarini qondirmaslik kerak. Hox oilada, xoh bog’chada hammaga bir hil, bir maromda e`tibor berish, bolani o’z holiga tashlab qo’ymaslik o’jarlikning oldini oldini olishga xizmat qiladi.
Bolalarda vujudga keladigan illatlar – o’jarlik, qiyiqlik, qaysarlik va hokazolarning sababini u kamol topaYOtgan muhitdan, unga ko’rsatilaYOtgan tarbiyaviy ta`sirdan, sharoitdan, shaxsni shakllantirish jaraYOnidagi kamchiliklardan qidirish lozim. Eng muhimi, ota-onalar ham, tarbiyachilar ham boladagi salbiy ruhiy holat o’tkinchi ekanini bilishlari, uning sabablarini haqqoniy aniqlashlari, bola bilan umumiy til topishlari, unga nisbatan samimimy munosabatda bo’lishlarizarur.
HaYOt va faoliyatda kattalar bolaning shaxsini hurmat qilishlari, uning ehtiYOjlari bilan hisoblashishlari, his-tuyg’usini boshqarish imkoniyatlari aniqlashlari kerak. Bolani sevish, uning Yosh xususiyatlarini hisobga olish, qiziqishlariga e`tibor berish – o’jarlikning oldini olishning muhim shartidir.
Uch Yoshli bola jamoat joylarida, ko’pchilik orasida o’zini qay tarzda tutishi kerakligini bilmaydi. SHuning uchun buni kattalar tushuntirishlari, amaliy ko’rsatmalar berishlari shart. Biroq bu ish harakat bilan uzviy bog’lanmasa, ko’zlangan natijaga erishish mumkin emas. O’yin faoliyatida bola shaxsida xulq va odob malakalari asta-sekin shakllantiriladi.
Uch Yoshlilar shaxsini shakllantirishda ularni boshlagan ishni oxiriga etkazishga, qiyinchiliklarni engishga, sabr-toqatga, asabiylashmaslikka, bardoshlilikka, yig’idan o’zini tiyishga, ortiqcha hatti-harakat qilmaslikka o’rgatish juda katta ahamiyatga ega. Bolada ijobiy axloqiy ko’nikma va malakalar, odatlar mustaqil ishlarni bajarishga intilishda vujudga kela boshlaydi. SHuning uchun kattalar bolani topshiriqni qanday bajarishini nazorat qilib turishlari lozim. Umuman aytganda, bolani o’z holiga tashlab qo’yish pedagogik nazokatga hilofdir.
Bolaning shaxsi tarkib topishida kattalarning axloqiy ibrati alohida ahamiyatga molikdir. Lekin yuksak fazilatlarni, insoniy hislatlarni shakllantirishda shuning o’zigina etarli emas, chunki bola o’zicha faol harakat qilmasa, hamkorlikdagi faoliyatda ishtirok etmasa, unda hech mahal xulq-atvor ko’nikmalari hosil bo’lmaydi. Ma`lumki, o’yin faoliyatida va muloqotlarda bolaning shaxsiy fazilatlari hamda harakter xislatlari uning nutqiga bog’liq holda namoYOn bo’ladi. Bolaning nutq faoliyati qanchalik ravon va boy bo’lsa, u ona tilining durdonalaridan unumli foydalana olsa, uning o’zaro fikr almashishi ham shunchalik qulay va oson amalga oshadi. Kamolotning mazkur pallasida egotsentrik nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Harakatli va rolli (syujetli va mazmunli) o’yinlar (chunonchi, «Millitsioner», «Sotuvchi», «SHifokor», «Qorbobo» va boshqalar) jaraYOnida amaliy hatti-harakat bilan uzviy bog’liq holda bola shaxsida insoniy hislatlar tarkib topa boradi. O’yin faoliyati va turli o’yinlar bolada irodaviy sifatlarni takomillashtirishda, his-tuyg’uni boshqarishda etakchi faoliyat vazifani o’taydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə