1-mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja


Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari



Yüklə 102,76 Kb.
səhifə3/12
tarix04.06.2022
ölçüsü102,76 Kb.
#88832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 - мавзу

Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari

Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Shular to‘g‘risida umumiy psixologiya kursida keng ma’lumotlar berilgan. Yosh davri va deferensiya psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa sohalari singari o‘ziga xos ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Quyida atoqli psixolog B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslanib, mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga xarakat qilgan.


B.G. Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik, natijalarni sharxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o‘zining maqsad va vazifasi bo‘yicha yana bir necha toifa hamda turlariga bo‘linadi. Quyidagi mazkur metodlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsiya berildi.
Tadqiqot metodlarining birinchi - tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longityud (o’zluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlariga qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning holati, o’quvliligi va ishchanligini o‘zaro taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
a) Yosh davri psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli Yoshdagi olamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘zaro xosligi kabilarni o‘rganishda qo‘llanadi. Psixologlardan L.S.Vigostkiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.YA.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, kichik maktab Yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik Yosh davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan.
b) Yosh davr psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (o’zluksiz) metodi ham qo‘llaniladi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir necha sinaluvchilar o‘zaro uzoq muddat, hatto, o‘n yillab tekshirilishidir. Logityud psixologlardan nemis SH.Shtern, franso’z psixologlari R.Zazzo, rus psixologlari N.AMenchinskaya, A.N.Gvozdev, I.S.Leytis, V.S.Mo’zxina va boshqalar ko‘p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan, Fotima-Zuxra) yoki aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Xusan) egizaklar ko’zatilgan. SHuning uchun qator tadqiqotlarning “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S. Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik guruhni) ko’zatish unda paydo bo‘layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni (xatti-xarakat) va ularning oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlarni, ichki bog‘lanish qonuniyatlari, mexanizmi to‘g‘risida mukammal, ishonchli, barqaror, ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy ahamiyatga molik bo‘lib, insonshunoslik muammolarini xal qilishda katta yordam beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi emperik metodlardan iborat bo‘lib, bu guruhda ko’zatish (o‘zini o‘zi ko’zatish), eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test, anketa, so‘rov, sotsiometriya, suhbat qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, hujjat, turmush faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz (aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda tug‘ilganidan umrining oxirigacha sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni chuqurroq va obektivroq tadqiq qilish uchun empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotda ko‘pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi.
To‘plangan miqdorlarni ishlab chiqishda mana bu formulalarni qo‘llash mumkin:



  1. formulasi o‘rtacha arifmetik qiymatni topish uchun

ishlatiladi. M – yig‘indi, v – variatsion miqdor, n – sinaluvchilar yoki ob’ektlarning sonog‘ini bildiradi.







  1. formulasi son qatoridagi o‘rta kvadrat og‘ishni

h isoblashda yoki standart og‘ishni aniqlashda ishlatiladi. -kvadratlik og‘ish, S-dispersiya, “n” - miqdor.


3 . - son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash formulasi. U ba’zan “S” - dispersiya deb ham ataladi.


Ilmiy tadqiqot metodlarining to‘rtinchi sharxlash guruhi genetik, va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiq yo‘sinda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi – sinaluchida vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta’rif berishdir. SHuningdek, bunda mazkur fazilat xususiyatlarning namoyon bo‘lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, paytlarga qo‘shimcha sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.


Genetik metodga asoslanib o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichining bevosita bog‘liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasining barcha o‘zgarishlar, o‘ziga xoslik, o‘zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va uyg‘unlikning o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganiladi.

Yüklə 102,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə