Mavzu: Excelda ma’lumotni statistik qayta ishlash va ularning diagrammasini qurish. Ishning maqsadi



Yüklə 114,65 Kb.
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü114,65 Kb.
#165836
  1   2   3   4   5   6   7
MS Excel-laboratoriya


Mavzu: Excelda ma’lumotni statistik qayta ishlash va ularning diagrammasini qurish.


Ishning maqsadi: Elektron jadval muharririda ma’lumotni statistik qayta ishlash va ularning diagrammasini qurishni o`rganish.
Kutilayotgan natija: Talabalarda ma’lumotni statistik qayta ishlash va ularning diagrammasini qurish ko`nikma va malakalari shakllantiriladi.

Laboratoriya jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar, proyektor.

Ish rejasi:

  1. Nazariy ma`lumotlar bilan yaqindan tanishish.


  2. Ko`rsatilgan namunalarni o`rganib chiqish.

  3. Nazariy qismda berilganlarni kompyuterda bajarib ko`rish.

  4. Topshiriqlar variantlarida keltirilgan masalalarni bajarish .

  5. Natijalarni olish.

Nazariy ma’lumotlar:


EXCELda diagrammalar bilan ishlash.
Elektron jadvalning yana bir muhim tomoni shundaki, uning yordamida jadvaldagi sonli ma'lumotlarni turli grafik ko‘rinishlarda ham tasvirlash mumkin.
Misol. Korxona yanvar oyida 128 ta, fevral oyida 89 ta, mart oyida 131 ta aprel oyida 94 ta may oyida 112 ta va iyun oyida 98 ta mahsulot ishlab chiqardi. Buni diagramma ko‘rinishida ifodalang va har oydagi ko‘rsatkich yarim yillik ko‘rsatkichning necha foizini tashkil etishini ko‘rsating.

O’zlashtirish
Yechish. Elektron jadvalga masalada berilgan ma'lumotlarni kiritishni bilamiz. Masalan, 1–satr kataklari – A1, B1, C1. . . da boshlang'ich qiymatlar yozilgan bo‘lsin. Ma’lumotlar kiritib bo‘lingandan so‘ng, dasturning «Вставка» menyusidan «Диаграмма» bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan «Мастер диаграмм» oynasidan diagramma tipi tanlanadi va «Далее» tugmasi 2 marta bosiladi. Bu yerda «Зоголовки», «Легенда», «Подписи данных» qismlari joylashgan bo‘lib, «Зоголовки» yordamida diagrammaga nom, «Легенда» va «Подписи данных» bo‘limlari yordamida diagrammaga izohlar berilib, «Далее» tugmasi bosiladi va diagramma qayerga joylashishini ko‘rsatib «Готово» tugmasi bosiladi. Natijada kiritilgan ma’lumotimizga mos diagramma hosil bo‘ladi. Misolga doira shaklidagi diagramma qursak quyidagi shaklda ifodalanadi:




Yüklə 114,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə