1. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari tushunchasi va klassifikatsiyasi



Yüklə 59,38 Kb.
səhifə4/13
tarix21.06.2023
ölçüsü59,38 Kb.
#118317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Shartnoma.Mehnat shartnomasi.Nizom. Yóriqnoma

birinchidan, xodim faqat qonunda mehnat shartnomasi yoki ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan o`z zimmasiga yuklangan vazifalarni uzrli sabablarsiz bajarmagan yoki noloyiq darajada bajarayotgan bo`lsa;
ikkinchidan, uzrli sabablarsiz, ya`ni o`zining qonuniga xilof harkati (yoki harakatsizligi) tufayli mehnat vazifalarini bajarmagan bo`lsa;
uchinchidan, mehnat vazifalari muntazam ravishda buzilayotgan bo`lsa;
to`rtinchidan, xodimlarga nisbatan qnun va boshqa normativ hujjatlarga binoan qo`llanilgan ta`sir choralari ijobiy natija bermayotgan bo`lsa.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi qarori mehnat shartnomasini Mehnat kodeksi 100-moddasi 2-qismining 3 va 4-bandlari bo`yicha bekor qilinishi intizomiy chorasi sifatida baholangan.
O`rindoshlik asosida ishlaydiganlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi boshqa barcha xodimlar bilan mehnat shartnomasi boshqa barcha xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadigan umumiy asoslar bo`yicha bekor qilinadi. Bulardan tashqari, Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 5-bandiga binoan ham bekor qilinishi mumkin.
O`rindoshlik asosida ishlaydigan xodim bilan mehnat shartnomasi mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 5-bandiga ko`ra,boshqa o`rindosh bo`lmagan xodimningishga qabul qilinish munosabati bilan bekor qilinadi. Muhimi, o`rindoshlik o`rnida ishlash uchun qabul qilinayotgan xodim uchun ushbu ish asosiy ish bo`lgandagina yo`l qo`yiladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibi quyidagilardan iborat:
birinchidan, mehnat shartnomasini bekor qilish haqida kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan kelishib olish;
ikkinchidan, mehnat shartnomasini bekor qilish to`g’risida xodimni ogohlantirish;
uchinchidan, qonunchilikda ayrim toifa xodimlar uchun berilgan kafolatlarga rioya qilish.
Ma`lumki,O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida shartnomasi taraflar ixtiyoriga bog’liq bo`lmagan holatlar bo`yicha bekor qilish nazarda tutilgan. Mehnat kodeksining 106-moddasida mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin bo`lgan holatlar sanab ko`rsatilgan. Unga ko`ra, mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
-xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda;
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda;
-xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo`lsa, shuningdek, xodim sudning qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davolash profilaktika muassasasiga yo`llangan taqdirda;
-ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo`l qo`yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo`lmasa va u ishni davom ettirishga to`sqinlik qilsa;
-xodimning vafoti munosabati bilan;
-qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Xodim harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda mehnat shartnomasini bekor qilish (Mehnat kodeksining 106-moddasining 1-bandi) O`zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g’risida» 1992 yil 3 iyuldagi Qonuni(1) hamda «Muqobil xizmat to`g’risida» 1992 yil 3 iyuldagi Qonuniga(2) muvofiq amalga oshiriladi.
Shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda mehnat shartnomasini bekor qilish (Mehnat kodeksining 106-moddasi 2-bandi).
Mehnat kodeksining 106-moddasi 2-bandiga ko`ra, mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos buluvchi holatlar aniq ko`rsatilmagan. Bu masala xususida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yuqoridagi eslatilgan 1998 yil 17-apreldagi 12-sonli qarorida mufassal tushuntirish berilgan. Mazkur Plenum qarorida ta`kidlanishicha, Mehnat kodeksining 106-moddasi 2-bandi bo`yicha mehnat shartnomasini bekor qilish qonunlarga asosan shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimni ishga tiklash ish beruvchining majburiyati hisoblangan hollarda yo`l qo`yiladi. Bunday hollarga quyidagilar kiradi:
-mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni sudning hal qiluvchi qarori, yuqori turuvchi organ, ish beruchining qarori, shuningdek, mehnat haqidagi qonunlarga rioya qilish ustidan nazorat olib boruvchi (masalan, prokuror protesti, mehnat huquq inspektori taqdimnomasi) organlar talabi bo`yicha avvalgi ishiga tiklash;
-yuqorida qayd etilgan organlar qarori hamda mehnat nizosi komissiyasining qarori g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o`tkazilgan xodimning avvalgi ishiga tiklash;
-harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan xodim zaxiraga bo`shatilgan yoki iste`foga chiqqani sababli, agar xizmatga chaqirilib, ishga qaytib kelish kunigacha uch oy o`tmagan bo`lsa (Mehnat kodeksining 68-moddasining 3-qismi) avvalgi ishga qaytib kelishi;
-g’ayriqonuniy ravishda sudlangani sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimning ishga tiklash haqidagi talabining qanoatlantirish (Mehnat kodeksining 271-moddasi 3-qismi);
-ishga qabul qilishni rad etish qonunsiz deb topilganligi sababli, xodimni ishga qabul qilingan deb topish haqidagi da`vogarning talabini qanoatlantirish (mazkur Plenum qarorining 41-bandi).
Xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kigan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo`lsa, shuningdek, xodim sudning qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yo`llangan taqdirda mehnat shartnomasining bekor qilinishi (Mehnat kodeksining 106-moddasi 3-bandi).
Mehnat kodeksining 106-moddasi 3-bandida ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun quyidagi ikki holatdan birining, ya`ni:
-sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi;
-sudning qaroriga binoan, xodimni ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yo`llash haqidagi qarori mavjud bo`lishi ko`zda tutiladi.
Ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo`l qo`yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo`lmasa va ishni davom ettirishga to`sqinlik qilgan taqdirda, mehnat shartnomasini bekor qilish (Mehnat kodeksining 106-moddasi 4-bandi).
Mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 106-moddasi 4-bandiga ko`ra bekor qilish uchun asos bo`ladigan holatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 12-sonli qarorida bayon etilgan. Umumiy qoidaga ko`ra, bevosita 106-moddaning 4-bandida ko`zda tutilgan shartlar mavjud bo`lgandagina, mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Bu shartlar yuqorida eslatilgan plenum qarorida qayd etilgan bo`lib, ularga rioya qilmasdan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin emas. Aks shartnomasining bekor qilinishi g’ayriqonuniy deb topilishi mumkin. Qonunda ko`rsatilganidek, agar yo`l qo`yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo`lmasa va u ishni davom ettirishga to`sqinlik qilsa,shartnoma ushbu asosga binoan bekor qilinadi.
Xodimning vafoti munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish (Mehnat kodeksining 106-moddasi 5-bandi). Avvalo shuni aytish lozimki, xodimning munosabati bilan mehnat shartnomasini mehnat kodeksining 106-moddasi 5-bandiga ko`ra bekor qilish uchun uning vafoti haqidagi guvohnoma asos bo`ladi va bu hohish beruvchining tegishli buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. O`z-o`zidan ayonki, guvoxnomada ko`rsatilgan xodim vafotining sanasi mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Xodimning mehnat daftarchasiga «Mehnat shartnomasi bekor qilindi» deb yoziladi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingani to`g’risidagi buyruqdan ko`chirma nusxasi, marhumning mehnat daftarchasi va unga tegishli pul mablag’i uning oila a`zolari yoki qaramog’idagi shaxslarga topshiriladi.
Mehnat kodeksining 106-moddasi 5-bandida xodimning vafoti munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish nazarda tutilgan bo`lsada, biz sud amaliyotidagi boshqa xolatlarga e`tiborni qaratish lozim deb hisoblaymiz.

Yüklə 59,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə