1. Molekulyar spektroskopiya usullarining sinflanishi Fotometrik analiz usullari. Nur yutilishining asosiy qonuni. Optik zichlikning additivlik qonuni



Yüklə 165,72 Kb.
səhifə5/8
tarix05.06.2023
ölçüsü165,72 Kb.
#115530
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu (1)

Optik zichlik: Eritmaning optik zichligi 1) yutayotgan nurning to’lqin uzunligi () ga bog’liq. To’lqin uzunlikka bog’liqligini ifodalaydigan egri chiziq, yutilish spektri deyiladi.


8-rasm. Nur yutilishining to’lqin uzunligiga bog’liqligi
2) Konsentratsiyaga bog’liq
Odatda bu bog’liqlik darajalangan grafik deyiladi. Bu grafikdan foydalanib noma’lum, moddaning miqdori topiladi.
3) Yutish qalinligiga (I) bog’liqligi.
Yutish qalinligi I-ni shunday tanlash kerakki, o’lchanayotgan optik zichliklar 0,11,0 oralig’ida bo’lsin. Shu oraliqda xatolik minimal bo’ladi.

Fotometrik analiz metodida optimal sharoitni aniqlash
Modda miqdorini aniqlashda dastlab uning optimal sharoiti tanlanadi.
Fotometrik aniqlashning optimal sharoitini tanlash quyidagi tartib bo’yicha amalga oshiriladi.
1. Tekshiriladigan birikmaning eritmasi qaysi to’lqin uzunligida nurni maksimal yutishini aniqlash.
Buning uchun spektrofotometrda 200-760 nm oraligida eritmaning nur yutishi qaysi to’lqin uzunlikda katta ekanligini topamiz.
Aniqlanayotgan modda bilan reagentning eritmasi SR:Sm 1, 10, 0,1 nisbatda tayyorlanib, pH ning har xil qiymatlarida o’lchanadi. Bunda pKa
Eritmaning optik zichligi reagentga nisbatan o’lchanadi va yutilish spektridan max topiladi. Keyingi eritmalarning optik zichliklari shu to’lqin uzinligida o’lchanadi.
Miqdor jixatdan aniqlanayotgan modda kompleksga to’la o’tishi uchun reagent 2-5 marta ortiqcha qo’shiladi. Agar kompleks bilan bir qatorda reagent ham nurni yutsa, reagent miqdorini juda ortiq solish yaramaydi, chunki solishtirma eritmaning optik zichligi ortib ketadi.
2. pH ning optimal qiymatini topish
Nur yutadigan birikmaning hosil bo’lishi uchun eng qulay pH chegarasi nechaga teng ekanligini aniqlash uchun rN ning har xil qiymatlarida eritmaning optik zichligi o’lchanadi va A(f(pH) grafigi chiziladi.
Grafikdan rN ning optimal qiymatlari chegarasi (pHpH1-pH2) topiladi.


9-rasm. Eritma optik


zichligining pH ga bog’liqligi

Agar rangli birikma suvsiz erituvchi bilan ajratib olinsa, u vaqtda ekstraksiya maksimal bo’ladigan rN qiymatini topish kerak bo’ladi.



Yüklə 165,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə