1. Molekulyar spektroskopiya usullarining sinflanishi Fotometrik analiz usullari. Nur yutilishining asosiy qonuni. Optik zichlikning additivlik qonuni


Aniqlanayotgan ionni rangli birikmaga to’la bog’lash uchun reagentning kerakli miqdorini aniqlash



Yüklə 165,72 Kb.
səhifə6/8
tarix05.06.2023
ölçüsü165,72 Kb.
#115530
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu (1)

3. Aniqlanayotgan ionni rangli birikmaga to’la bog’lash uchun reagentning kerakli miqdorini aniqlash.
Reagentning kerakli miqdori nazariy hisob qilinadi reaksiya mahsulotining maksimal hosil bo’lishi, ya’ni nurning eng ko’p yutilgan nuqtasi aniqlanadi.
Buning uchun ionning miqdori bir xil, reagentning miqdorini har xil ortib boruvchi miqdorda bir necha eritmalar seriyasi tayyorlanadi. Eritmalarning optik zichliklari o’lchanib, A (yoki A) ning SR konsentratsiyasiga bog’liqligi topiladi. Agar turg’un kompleks hosil bo’lsa, A(A)f(SR) egrisida keskin burilish paydo bo’lib, barqaror rangli eritma hosil bo’lganligi, “to’yinish nuqtasi” reaksiya mahsulotini maksimal miqdorda hosil qilish uchun sarf bo’ladigan reagentning minimal miqdorini ko’rsatadi. To’yinish egri chizig’ida keskin burilish bo’lmasa hosil bo’lgan kompleksning turg’unligi kam bo’ladi: bu vaqtda to’yinish nuqtasini topish uchun, egri chiziq endigina ko’tarila boshlaganda reaktiv qo’yishni to’xtatish kerak. (2-egri)

10-rasm. Reagentning optimal miqdorini aniqlash.



  1. Turg’un birikmaning hosil bo’lishi

  2. Beqaror birikmaning hosil bo’lishi

4. Eritmanig nur yutishga harorat va vaqtning ta’sirini aniqlash. Harorat o’zgarishi bilan eritmaning optik zichligi xam o’zgarish mumkin. Agar 2-30S ham natijasiga ta’sir qilsa, oxirgi nuqtani optik zichligini o’lchashdan oldin, fotometrlanadigan eritmani termostatlash kerak.
Eritma rangini vaqti-vaqti bilan (masalan xar 5 minutda) optik zichlikning o’zgarishini o’lchab, turg’un bo’lgan oraliq aniqlanadi. Ko’pchilik rangli eritmalarda rang intensivligi uzoq vaqt saqlanadi, ya’ni hosil bo’lgan rangli birikma turg’un bo’ladi.

Nefelometriya va turbidimetriya. Nefelometrik va turbidimetrik analiz usullarini amalga oshirish uchun tekshiriladigan modda muallaq holdagi kam eriydigan birikmaga aylantiriladi. SHu muallaq zarrachalardan sochilgan nur intensivligini o’lchashga asoslangan usulga nefelometriya, muallaq zarrachalardan o’tgan nur dastasi intensivligining kamayishini o’lchashga asoslangan usul turbidimetriya deb yuritiladi.


Bu usullarda nur dastasining intensivligi o’zgarib, uning spektral xarakteristikalari o’zgarishsiz qoladi. Bu usullar faqat kam eriydigan muallaq zarrachalar (cho’kma emas) hosil bo’lgandagina qo’llaniladi. Reley qonuniga bo’ysunadi. Bunda nurni sochadigan zarrachalarning hajmi katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ham aniqlanadigan modda va standartning muallaq zarrachalarini hosil qilish sharoiti bir xil bo’lishi kerak.
Bu usullar cho’kmaydigan muallaq zarrachalar hosil qiladigan moddalarning kam miqdorlarini aniqlash uchun qo’llaniladi. Masalan, sul’fatni bariy sul’fatning, xloridni kumush xloridning muallaq zarrachalari holida aniqlashni keltirish mumkin. SHuni aytish kerakki, bir xil o’lchamli zarrachalarni hosil qilish juda qiyin. Kristallarning shakli ham hamma vaqt bir xil bo’lmaydi. Bu holatlar xatolarni keltirib chiqaradi. SHu bois, bu usullar hozirgi vaqtda juda kam qo’llaniladi.


Yüklə 165,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə