1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə58/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   296
hisob raqam kod

10795 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi
Hisobvaraqning ta’rifi: qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘sishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda ularning haqiqiy qiymatiga kiritilgan tuzatishlar natijasida oldin vujudga kelgan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy qiymatining pasayishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda ularning haqiqiy qiymatiga kiritilgan tuzatishlar natijasida oldin vujudga kelgan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: 10795-“Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi” hisobvarag‘ida aks ettirilgan tuzatishlardan tashqari, qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanishi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10800 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
10801 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan hukumat tomonidan chiqarilgan xazina veksellarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan xazina veksellarining hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellari turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə