1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


III. HISOBVARAQLAR TA’RIFI



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə47/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   296
hisob raqam kod

III. HISOBVARAQLAR TA’RIFI
10000 AKTIVLAR
10100 Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari
10101 Aylanma kassadagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank va uning filiallari aylanma kassalarida mavjud bo‘lgan banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning harakati va hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlar tomonidan aylanma kassaga topshirilgan, 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘idan o‘tkazilgan, Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalaridan va boshqa tijorat banklaridan olingan naqd pul mablag‘lari, shuningdek bankning aylanma kassasiga kirim qilingan boshqa naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank va uning filiallari aylanma kassalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10102 Naqd pullar zaxirasi
Hisobvaraqning ta’rifi: bank va uning filiallari aylanma kassalarini naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlash uchun yaratilgan naqd pullar zaxirasining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida bank va uning filiallari aylanma kassalaridan zaxiraga o‘tkazilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida naqd pullar zaxirasidan bank va uning filiallari aylanma kassasiga o‘tkazilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10103 Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka tegishli pul almashtirish shoxobchalarining amaliyot kassalarida mavjud naqd pul mablag‘larining harakati va hisobi yuritiladi. Kassa qoldig‘i o‘rnatilgan tartibda berkitiladi.
Hisobvaraqning debetida pul almashtirish shoxobchalarining kassirlari tomonidan hisobdorlik asosida olingan va valyuta sotuvidan kelib tushgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida berilgan pul mablag‘lari hamda 10101 — “Amaliyot kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan qoldiq aks ettiriladi
Tahliliy hisob har bir pul almashtirish shoxobchalari va valyuta turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə