1 Nazokat kamilova, Farrux abdumalikov 9-sinf



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/45
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#145343
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
9-sinf adabiyot test. GOLDEN BOOKS(1)

30
.
3-§. ALISHER NAVOIY
16. Asar «Xamsa» deb atalishi uchun necha shart bajarilishi kerak?
A) 4 B) 5
C) 6 D) 7
17. A. Jomiy X. Dehlaviydan keyin necha yil o‘tib «Xamsa» yaratgan?
A) 200 yil B) 100 yil
C) 300 yil D) 250 yil
18. Jomiy «Xamsa»si nechta dostondan tashkil topadi va qanday 
nomlanadi?
A) 5 dostondan iborat va «Panj ganj» deb nomlanadi.
B) 7 dostondan iborat va «Haft paykar» deb nomlanadi.
C) 5 dostondan iborat va «Xamsa» deb nomlanadi.
D) 7 dostondan iborat va «Haft avrang» deb nomlanadi.
19. A. Navoiy qaysi dostonida Nizomiy va Dehlaviyga ta’rif beradi?
A) «Layli va Majnun» B) «Farhod va Shirin» 
C) «Sab’ai sayyor» D) «Saddi 
I
skandariy»
20. A. Jomiy «Xamsa»ga qaysi dostonlarni qo‘shadi?
1) «Silsilat uz-zahab»; 2) «Matla’ ul-anvor»; 3) «Salomon va Absol»; 
4) «Maxzan ul-asror»; 5) «Hasht behisht».
A) 1, 2 B) 2, 3
C) 3, 5 D) 1, 3
21. A. Navoiy «Xamsa»sining mavjud «Xamsa»lardan asosiy farqi 
nimada edi?
A) Badiiy jihatdan go‘zal edi.
B) Hajm jihatdan katta edi.
C) «Xamsa» yozish an’analariga to‘liq mos kelar edi.
D) Turkiy tilda yozilgan edi.
22. Navoiy turkiy tilda «Xamsa» yozishning sababini qaysi asarida 
izohlab o‘tadi?
A) «Hayrat ul-abror» dostoni boshlanmasida
B) «Farhod va Shirin» dostoni xotimasida
C) «Layli va Majnun» dostoni xotimasida
D) «Sab’ai sayyor» dostoni boshlanmasida 
23. Navoiy qaysi dostonda voqeani hikoya qilish asosida emas, balki 
muallif fikr-mulohazalarining bayoni tarzida yoritadi?
A) «Layli va Majnun» B) «Farhod va Shirin»
C) «Sab’ai sayyor» D) «Hayrat ul-abror»
24. Quyidagi misralarning ma’nosini aniqlang.
Ul til bila nazm bo‘ldi malfuz
 
Kim forsiy anglar o‘ldi mahfuz.
 
A) Forsiy til bilan asar yaratilsa, badiiyligi kamroq bo‘lar edi. 
B) Forsiy tilda asarlar yaratildi, lekin yetarlicha go‘zal bo‘lmadi.
C) Bu (forsiy) til bilan nazm (asar) yaratilsa, yashirin ma’nosini 
forslargina anglay oldilar. 
D) Bu (forsiy) til bilan nazm (asar) yaratilsa, forslargagina tushunarli 
bo‘lar edi.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə