1 Nazokat kamilova, Farrux abdumalikov 9-sinf



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/45
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#145343
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
9-sinf adabiyot test. GOLDEN BOOKS(1)

31
3-§. ALISHER NAVOIY
25. Quyidagi misralar Alisher Navoiyning qaysi asari xotimasida 
uchraydi?
Men turkcha boshlabon rivoyat, 
 
Qildim bu fasonani hikoyat. 
 
A) «Layli va Majnun» B) «Farhod va Shirin»
C) «Sab’ai sayyor» D) «Hayrat ul-abror»
26. Quyidagi misralar «Xamsa»ning qaysi dostonidan olingan? 
Ani nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay, 
 
Ulusqa mayli beandoza bo‘lg‘ay. 
 
Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq, 
 
Mukarrar aylamak sendin ne loyiq? 
 
A) «Farhod va Shirin» dostoni muqaddimasidan
B) «Farhod va Shirin» dostoni xotimasidan
C) «Layli va Majnun» dostoni xotimasidan
D) «Sab’ai sayyor» dostoni boshlanmasidan 
27. Quyidagi misralar haqidagi to‘g‘ri fikrni, tahlilni toping. 
Ani nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay, 
 
Ulusqa mayli beandoza bo‘lg‘ay. 
 
Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq, 
 
Mukarrar aylamak sendin ne loyiq? 
 
A) Ushbu misralarda Navoiy «Xamsa» yozishdagi belgilab olgan o‘z 
yo‘riqlarini bayon etadi.
B) Shunday asar yozginki, o‘ziga xos bo‘lsin, o‘qigan odamlarga 
(ulusqa) yig‘latsin. Aks holda (yo‘q ersa) xalq asarni va seni 
yomon ko‘radi. Yaxshisi, bunday asar yozmagan ma’qul.
C) Shunday asar (nazm) – doston yozginki, o‘ziga xos (tarhi toza) 
bo‘lsin, o‘qigan odamlarga (ulusqa) yangi, boshqa asarlarga 
o‘xshamas (beandoza)ligi sezilib tursin. Aks holda (yo‘q ersa) 
asari o‘zgalar (xaloyiq) yozgandek bo‘lsa, bunday takrorlash 
(mukarrar) senga loyiq emas. Yaxshisi, bunday asar yozmagan 
ma’qul.
D) A va C
28. Quyidagi misralar «Xamsa»ning qaysi dostonidan olingan?
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
 
Nizomiy panjasiga panja urmoq. 
 
Kerak sher ollida ham sheri jangi, 
 
Agar sher o‘lmasa, bore palangi. 
 
A) «Hayrat ul-abror» dostonidan
B) «Farhod va Shirin» dostonidan
C) «Layli va Majnun» dostonidan
D) «Sab’ai sayyor» dostonidan
29. Alisher Navoiy «Xamsa»sini qancha muddatda yozib tugatgan?
A) 2 yilda B) 28 yilda
C) 4 yilda D) 5 yilda
30. Alisher Navoiy «Xamsa»sining hajmi qancha?
A) 51 ming bayt B) 61 ming bayt
C) 61 ming misra D) 51 ming misra



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə