1 Nazokat kamilova, Farrux abdumalikov 9-sinf


1-§. RUHIY KAMOLOT VOSITASI va «ALPOMISH» DOSTONI



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/45
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#145343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
9-sinf adabiyot test. GOLDEN BOOKS(1)

9
1-§. RUHIY KAMOLOT VOSITASI va «ALPOMISH» DOSTONI
58. Dostonda kimning har yag‘rini o‘n besh qarich kelishi tasvirlanadi?
A) Ko‘kaldoshning B) Boychiborning
C) Alpomishning D) Barchinning
59. «Alpomish» dostonidan olingan quyidagi parcha kim tomonidan 
aytilgan? 
«Kelganboy, sening bir qizing bor ekan. Qani birimizga 
berasanmi? Birimiz olaylikmi yo barimiz olaylikmi?»
 
A) Ko‘kaman B) Ko‘kaldosh
C) Qorajon D) Boyqashqa
60. Sovchilarga Barchinning qaysi yilda tug‘ilgani va yoshi nechada 
ekanligi aytiladi?
A) tovuq, o‘n sakkiz B) sigir, yigirma to‘rt
C) ilon, o‘n olti D) sichqon, o‘n to‘rt
61. Barchin alplarning zo‘ri Ko‘kaldosh ekanligini nimadan bilib oladi?
A) saman yo‘rg‘asidan B) qo‘lidagi cho‘qmoridan
C) boshidagi tilla jig‘asidan D) A va C
62. Barchin Ko‘kaldoshdan qancha muhlat so‘raydi?
A) uch oy B) o‘n oy
C) olti oy D) qirq kun
63. Dostonda quyidagi so‘zlarni kim aytgan?
Maslahat bermaymiz Boysariboyga,
 
Osilmaymiz Boybo‘rining doriga.
 
A) oqsoqollar B) Yartiboy oqsoqol
C) Qultoy cho‘pon D) Bobo Qambar
64. Kimning «Hakimbek bilan hech bir kishi barobar bo‘lolmasin» 
degan duosi ijobat bo‘ladi?
A) Oybarchinning B) Qorajonning
C) Bobo Qambarning D) Shohimardon pirning
65. Hakimbek bilan Oybarchinni maktabdan chiqarib olgach, nimalarni 
o‘rgatadilar?
A) Hakimbekka nard o‘yini sirlarini; Oybarchinga chorvadorlik, qo‘y 
sog‘ishni 
B) Hakimbekka alplik ilmini; Oybarchinga zardo‘zlik, kashta tikishni 
C) Hakimbekka «Haftiyak»ni; Oybarchinga «Qur’on»ni
D) Hakimbekka shohlik, sipohlik ilmini; Oybarchinga chorvadorlik, 
qo‘y sog‘ishni
66. Barchin Alpomishga xatni jo‘natish uchun o‘n ming uyli 
qo‘ng‘irotning yigitidan necha yigitni saylab oladi?
A) o‘n to‘rt B) yetti 
C) o‘n ikki D) o‘n
67. Barchinning Alpomishga yuborgan choparlari qancha vaqtda 
Qo‘ng‘irotga yetib boradilar?
A) bir oyda B) olti oyda
C) qirq kecha-kunduzda D) to‘qson kecha-kunduzda



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə