1. Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi. Neft tarkibida uchraydigan tо‘yingan uglevodorodlar



Yüklə 390,11 Kb.
səhifə1/3
tarix26.05.2023
ölçüsü390,11 Kb.
#113091
  1   2   3
aaa


Mavzu: Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi
Mavzu: Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi
Reja
1. Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi.
2. Neft tarkibida uchraydigan tо‘yingan uglevodorodlar.
3. Neft tarkibida uchraydigan naftenlar hamda aromatik
uglevodorodlar.
4. Azotli hamda oltingugurtli birikmalar.
Neft va tabiiy gazning guruh tarkibi. Neft tarkibida uchraydigan tо‘yingan uglevodorodlar
Neft tarkibidagi barcha uglevodorodlar kimyoviy strukturasi bо‘yicha 4 guruhga bо‘linadi:
I. Tо‘yingan yoki parafin uglevodoroddar, umumiy formulasi: CnH2n+2
Tо‘yingan uglevodorodlar neftning tarkibida asosan past temperaturada qaynaydigan (yengil) fraksiyalarda kо‘proq bо‘ladi. Bu uglevodorodlarning birinchi 4 ta vakili 0°C haroratda va 0,1 MPa bosim ostida gaz holatida bо‘ladi.
Bularga: metan CH4, etan C2H6, propan C3H8, butan C4H10 kiradi. Tо‘yingan uglevodorodlarning beshinchi vakili pentan C5H12 dan C16,H34 vakiligacha suyuq holatda va C17H36 dan boshlab qattiq holatda bо‘ladilar.
Parafin uglevodorodlar kimyoviy strukturasiga qarab ikki xil guruhga bо‘linadi:
normal-parafin uglovodorodlar;
izomer-parafin uglevodorodlar.
Benzin tarkibida normal-parafin uglevodorodlarning bо‘lishi maqsadga muvofiq emas, chunki tarkibida bunday uglevodorod bо‘lgan yonilg‘i dvigatelda yomon yonadi. Normal-parafin uglevodorodlar yuqori temperatura ta’siriga beqaror bо‘lib, tez oksidlanadi va detonatsion (noteks) yonishni keltirib chiqaradi. Lekin, bu uglevodorodlar ma’lum sharoitda tez oksidlanishi tufayli ular tezyurar dizel yonilg‘isining bosim ostida о‘z-о‘zidan alangalanish qobiliyatini oshiradi. Normal-parafin uglevodorodlarning qotish temperaturasi yuqori bо‘lgani uchun ular kо‘proq yozgi sort dizel yonilg‘i va surkov moylarda ishlatiladi.
Izomer-parafin uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarning izo-merlari hisoblanadi. Ular turli-tuman tarmoqli strukturalar hosil qiladi. Bitta oktanning kimyoviy formulasiga C8H18 izooktanning 17 xil izomeri mavjud. Ularning tarkibidagi elementlar bir xil bо‘lsa ham,ammo turli xil tuzilishga ega bо‘lganligi uchun (molekulalarda atomlar turlicha joylashadi) har xil fizik va kimyoviy xosmsalarga ega bо‘ladilar . Masalan: 17 ta izooktandan biri 2,2,4-trimetilpentandir. Izomer-parafin uglevodorodlar benzin tarkibida qancha kо‘p bо‘lsa, shuncha yonilg‘i tо‘liq yonadi.


Yüklə 390,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə