1. O’lchov birliklarining xalqaro sistemasida magnit maydon induksiyasi oqimining birligi qanday?



Yüklə 48 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü48 Kb.
#183715
11-sinf fizika test kitobi (2)


1-chorak 1-variant
1. O’lchov birliklarining xalqaro sistemasida magnit maydon induksiyasi oqimining birligi qanday?
a) kulon b ) tesla c) veber d) amper
2. Induksiyasi 0,4 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonda joylashgan yuzi 1 m2 bo'lgan sirtdan o'tayotgan magnit induksiya oqimi 0,2 Wb bo'lsa, sirtga normal va induksiya vektori orasidagi burchak qanday?
A) 0° b) 30° c) 45° d) 60°
3. Magnit maydon induksiyasi va o'tkazgichning uzunligi 4 martadan kamayganda bir jinsli magnit maydonda tokli to'g'ri o'tkazgichga ta’sir qiluvchi Amper kuchi qanday o'zgaradi?
a) 4 marta kamayadi b) 16 marta ortadi c) 16 marta kamayadi d) 4 marta ortadi
4. Induksiyasi 0,1 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga parallel holatda 10 cm uzunlikdagi 0,5 A tokli to’g'ri o'tkazgich joylashtirilgan. O'tkazgichga magnit maydonning ta’sir kuchi qanday (N)?
a) 0 b) 0,005 c) 0,05 d) 0,5
5. To‘g‘ri cheksiz o‘tkаzgichdаn 400 mА tоk o‘tmоqdа. Undаn 4 sm uzоqlikdа joylashgan nuqtаdаgi mаgnit mаydоn induksiyasini tоping.
a) 1∙10-3 b) 1∙10-4 c) 1∙10-4 d) 1∙10-5
6. Trolleybus liniyasining havodagi ikki simi o`zaro qanday ta`sirlashadi?
a) Ta`silashmaydi b) Tok chastotasiga qarab bir-biriga itarishadi yoki tortishadi c) Itarishadi d) TJY
7. Induksiyasi 5 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonga 2∙104 m/s tezlik bilan induksiya chiziqlariga perpendikular Yo'nalishda uchib kirgan elektronga ta’sir etuvchi kuchning moduli qanday (N)?
a) 1.6∙10-14 b) 1.6∙10-15 c) 1.4∙10-14 d) 1.6∙10-16
8. Musbat zaryadli zarra magnit maydonga induksiya chiziqlari yo'nalishida uchib kirsa, unga ta’sir etuvchi kuch yo’nalishi qanday bo'ladi?
a) induksiya chizig'i yo'nalishida b) induksiya chizig'i yo'nalishiga qarama-qarshi.
c) induksiya chizig'iga perpendikular yuqoriga d) kuch ta'sir etmaydi
9. Induktivligi 0,2 H bo'lgan g'altakda tok kuchi 5 dan 30 A gacha tekis o'zgarishi natiiasida 2 V induksiya EYK hosil bo'ladi. Shu o'zgarisnga ketgan vaqt qanday (s).
a) 1.5 b) 2.5 c) 5 d) 3.5
10. O'lchamligi V∙s/A ko'rinishda bo'lgan fizik kattalik birligining nomi nima?
a) genri b) joul c) tesla d) veber
11. Ta’rifni davom ettiring: «O'tkazgichdagi tok kuchi 1 s da 1 A ga o'zgarganaa, unda 1 V o'zinduksiya EYK hosil bo'lsa, o'tkazgichning ... ga teng bo'ladi.»
a) qarshiligi 1 b) induktivligi 1 H c) uzunligi 1 m d) solishtirma qarshiligi 1
12. Induktivligi 10 mH bo'lgan g'altakda 25 mWb magnit oqimni necha amper tok hosil qiladi?
a) 1 b) 1,5 c) 2,5 d) 2
13. Quyida keltirilgan kuchlarning qaysi biri ish bajarmaydi?
a) ishqalanish kuchi b) Amper kuchi c) Kulon kuchi d) Lorens kuchi
14. Solenoiddagi magnit oqim 2 Wb, maydon energiyasi 5 J bo'lsa, undan o'tayotgan tok kuchi necha amper?
a) 5 b) 7 c) 10 d) 3
15. Agar konturdagi tok kuchi 5 marta ortsa, uning magnit maydon energiyasi qanday o'zgaradi?
a) 5 marta kamayadi b) 5 marta ortadi c) 25 marta kamayadi d) 25 marta ortadi

2-chorak 2-variant


1. Magnit maydon oqimi ortadi, agar ... 1) magnit maydon induksiyasi ortsa; 2) magnit maydon induksiyasi kamaysa; 3) magnit maydon kesib o'tuvchi yuza kamaysa; 4) magnit maydon kesib o'tuvchi yuza ortsa.
a) 2, 3 b) 1, 3 C) 1, 4 d) 2, 4
2. Yuzi 2 m2 bo'lgan va magnit maydon induksiyasi vektoriga tik joylashgan yassi konturdan 10 Wb magnit oqim o'tsa, magnit induksiyasi qanday (Т)?
a) 0,2 b) 0,4 c) 2,5 d) 5
3. Amper qonuni formulasini ko'rsating.
a) FA=Bllsina b) FA=BIlcosa c) FA=IBsina d) FA=BIsina
4. Magnit maydonda turgan, yuzi 2000 cm2 bo'lgan ramkaga ta’sir qiluvchi maksimal aylantiruvchi moment 0,32 N∙m ga, ramkadan o'tayotgan tok kuchi 2 A ga teng. Magnit maydon induksiyasi necha tesla?
a) 0,2 b) 0,4 c) 0,8 d) 0,32
5. Tokli to'g'ri o'tkazgichdan kuzatilayotgan nuq- tagacha bo'lgan masofa 4 marta ortganda, magnit maydon induksiyasi qanday o'zgaradi?
a) 2 marta kamayadi b) 4 marta ortadi c) 4 marta kamayadi d) 2 marta ortadi.
6. 20 A tok o'tayotgan cheksiz uzun to'g'ri o'tkazgichdan havoda 15 sm masofada joylashgan nuqtadagi magnit maydon induksiyasi topilsin. ( =4∙10-7 T∙m/A)
a) 22.6 10-7 b) 25.6 10-7 c) 26.6 10-7 d) 280 10-7
7. Lorens kuchi harakatdagi zaryadli zarra tezligini qanday o'zgartiradi?
a) o'zgartirmaydi b) tezlik yo‘nalishini c) tezlik modulini d) tezlik yo'nalishi va modulini
8. Magnit kuch chiziqlariga tik yo'nalishda 5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 0,4 С zaryadga ta’sir qilayotgan Lorens kuchi 20 N ga teng bo’lsa, magnit induksiyasi qanday?
a) 10 mT b) 10 T c) 1,6 mT d) 1,6 Т
9. Quyidagi moddalarning qaysi biri paramagntik bo’ladi?
a) vismut (μ=0,999824) b) shisha (μ=0,999987) c) kvarts (μ=0,999985) d) volfram (μ= 1,000176)
10. G'altakdan 0.2 A tok o'tganda, unda 2.5 mWb magnit oqim hosil bo'ladi. G'altak induktivligi qanday (mH)?
a) 0.5 b) 12 c) 12.5 d) 4
11. Metall jism ichidagi magnit maydon induksiyasi B=12 T, tashqi magnitlovchi maydon induksiyasi esa
B0=3 mT. Metalining magnit singdiruvchanligini toping.
a) 2000 b) 2500 c) 000 d) 4000
12. O'tkazgichdagi tok kuchi 0,5 s davomida 4 A ga o'zgargartda unda 40 mV o'zinduksiya EYKi vujudga kelsa, shu o'tkazgichning induktivligi qanday (mH)?
a) 0,25 b) 2,5 c) 5 d) 7,5
13. G'altakning o'Ichamlari uning induktivligi 4 marta ortadigan qilib o'zgartirildi va undagi tok 2 marta kamaytirildi. G'altakning magnit maydon energiyasi qanday o'zgardi?
a) 4 marta ortdi b) 2 marta kamaydi c) o'zgarmadi d) 4 marta kamaydi
14. Induktivligi 2 mH bo'lgan g'aitakdan 10 A tok o'tmoqda. G'altakning magnit maydon energiyasi qanday (J).
a) 100 b) 10 c) 0,5 d) 0.1
15. Solenoiddan o'tayotgan tok kuchi 5 A bo'lganda, undagi magnit maydon energiyasi 5 J bo'lsa, magnit oqimi necha veber bo'ladi?
a) 25 b ) 5 c) 3 d) 2

2-chorak 1-variant


1. Tebranish konturidagi tebranishlar davri ifodasini toping?
a) T=2 b) T= c) T= d) T=
2. Induktivligi L= 2 mH bo'lgan g'altakdan va sig'imi C=500 pF bo'lgan kondensatordan iborat konturdagi tebranisnlar chastotasini aniqlang (kHz).
a) 1.59 b) 159 c) 15.9 d) 1590
3. Tok kuchining o'zgarish qonuni i=5sin 100 t (A) ko'rinishga ega. Tokning o'zgarish chastotasi qanday?
A) 50 B) 100 C) 100 D) 5
4. Quyida keltirilgan xossalardan qaysilari so‘nuvchi tebranishlarga tegishli? 1. Garmonik tebranishlar. 
2.ideal tebranish konturidagi tebranishlar. 3.real tebranish konturidagi tebranishlar
a) 1 b) 2 c) 3 d) 1 va 3
5. O'zgaruvchan tok zanjiridagi kuchlanish U=200sin (200 t) V qonun bo'yicha o'zgaradi. Qarshiligi 5 Ω bo'lgan rezistordan o'tayotgan tok kuchining amplituda qiymati necha amperga teng?
a) 40 b) 20 c) 15 d) 10
6. Tok chastotasi 3 marta ortganda o'zgaruvchan tok zanjiridagi kondensatorning qarshiligi qanday o'zgaradi?
a) 3 marta ortadi b) 3 marta kamayadi c) chastotaga bog'liq emas d) 6 marta ortadi
7. Chastotasi 25 Hz bo'lgan o'zgaruvchan tok tarmog'iga ulangan, sig'imi 200 pF bo'lgan kondensatorning qarshiligini toping (Ω).
a) 3.2∙107 b) 32∙107 c) 320∙107 d) 0.32∙107
8. Agar o'zgaruvchan tokning chastotasi 2 marta ortsa, uning zanjiridagi induktiv g'altakning qarshiligi qanday o'zgaradi?
a) 2 marta ortadi b) 2 marta kamayadi c) o'zgarmaydi d) 4 marta ortadi
9. Chastotasi 80 Hz bo'lgan o'zgaruvchan tok zanjiridagi induktivligi 0,1 H bo'lgan g'altakning induktiv qarshiligini aniqlang (Ω).
a) 0.5 b) 5 c) 50 d) 500
10. kuchlanishning maksimal qiymati 120 V, chastotasi 100 Hz bo‘lgan o‘zgaruvchan tok manbayiga kattaligi 200 Ω bo‘lgan aktiv qarshilik, sig‘imi 5 · 10-6 F bo‘lgan kondensator va induktivligi 400 mH bo‘lgan g‘altak ulangan. Zanjirdagi tok kuchining maksimal qiymatini toping.
a) 0.5 A b) 0.4 A c) 0.3 A d) 0.57 A
11. Chastotasi 20 Hz bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjirida induktivligi 50 mH bo‘lgan induktiv g‘altak va C sig‘imli kondensator ulangan. kondensator sig‘imi nechaga teng bo‘lganda rezonans hodisasi ro‘y beradi?
a) 1.3∙102 b)1.3∙103 c) 1.3∙104 d) 1.3∙105
12. O'zgaruvchan tokning amplituda qiymati 5 A ga teng. Tok kuchining effektiv qiymati qanday?
a) 5 b) 5 c) 10 d) 10
13. Tebranish konturidagi kondensatordagi elektr zaryadi q = 103· cos100πt (C) qonuniyat bo‘yicha o‘zgarmoqda. Konturda hosil bo‘layotgan elektromagnit tebranishlari chastotasini toping.
a) 100 Hz b) 100π Hz c) 50 Hz d) 50π Hz
14. Ideal tebranish konturida kondensator sig‘imini 9 marta kamaytirilsa, konturning tebranish chastotasi qanday o‘zgaradi?
a) 3 marta kamayadi b) 3 marta ortadi c) 9 marta kamayadi d) 9 marta ortadi
15. O'zgaruvchan tok kuchining amplituda qiymati 10 A bo'lsa, uning ta’sir etuvchi qiymati qanday (А)?
a) 10 A b) 10 A c) A d) 5 A
2-chorak 2-variant
1. Ideal tebranishlar konturida hosil bo'ladigan tebranishlarning siklik chastotasi formulasini ko'rsating.
a) w= b) w= c) w= d) w=
2. Tebranishlar konturi sig'imi va induktivligi C=5 pF va L= 12∙10-5 H. Konturdagi tebranishlar davrini toping (μ). =3 deb hisoblang.
a) 0.15 b) 1.5 c) 15 d) 0.015
3. Tok kuchining o'zgarish qonuni I=0,3cos (100 t + ) ko'rinishga ega. Shu tokning o'zgarish davrini (s) aniqlang.
a) 1 b) 0,3 c) 0,03 d) 0,02
4. Tebranayotgan kattalikning eng katta qiymati moduli nima deb ataladi.
a) tebranish amplitudasi b) tebranish chastotasi c) tebranish davri d) Qarshilik
5. O'zgaruvchan tok kuchining amplituda qiymati 15 A bo'lsa, uning ta’sir etuvchi qiymati qanday (А)?
a) 15 A b) 7.5 A c) A d) 30
6. Kondensatordagi kuchlanish tebranishlarining amplitudasi o'zgarmagani holda chastotasi 2 marta oshsa, tok kuchining amplitudasi qanday o'zgaradi?
a) 4 marta ortadi b) 4 marta kamayadi c) 2 marta ortadi d) 2 marta kamayadi
7. O'zgaruvchan tokning siklik chastotasi qanday bo'lganda, 200 nF sig'imli kondensatorning sig'im qarshiligi 1 kΩ bo'ladi (s-1)?
a) 5 b) 50 c) 500 d) 5000
8. Sig'imi 100 μF bo'lgan kondensator chastotasi 50 Hz bo’lgan o'zgaruvchan tok zanjiriga ulangan. Kondensatorning sig'im qarshiligini hisoblang (Ω).
a) 32 b) 3.2 c) 0.32 d) 320
9. O'zgaruvchan tok chastotasini 50 dan 400 Hz gacha oshirilsa, g'altakning induktiv qarshiligi qanday o'zgaradi?
a) 8 marta kamayadi b) 8 marta ortadi c) 16 marta ortadi d) 4 marta ortadi
10. Chastotasi 100 Hz bo'lgan o'zgaruvchan tok zanjiriga ulangan induktivligi 5 H bo'lgan g'altakning qarshiligini aniqlang (Ω).
a) 3140 b) 314 c) 31.4 d) 3.14
11. Chastotasi 90 Hz bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjirida induktivligi 60 mH bo‘lgan induktiv g‘altak va C sig‘imli kondensator ulangan. kondensator sig‘imi nechaga teng bo‘lganda rezonans hodisasi ro‘y beradi?
a) 5.2∙10-7 b) 5.2∙10-8 c) 5.2∙10-6 d) 5.2∙10-9
12. Kondensator 700 V kuchlanishga mo'ljallangan. Bu kondensatorni samarador qiymati ko'pi bilan qanday bo'lgan o'zgaruvchan kuchlanish tarmog'iga ulash mumkin (V)?
a) 980 b) 490 c) 500 d) 700
13. Cho'g'lanma lampa samarador qiymati 200 V bo'lgan o'zgaruvchan kuchlanish manbaiga ulangan. Agar lampaning quvvati 50W bo'lsa, uning aktiv qarshiligi qanday (Ω)?
a) 8 b) 80 c) 800 d) 0.8
14. O'zgaruvchan tok kuchining amplituda qiymati 20 A bo'lsa, uning ta’sir etuvchi qiymati qanday (А)?
a) 20 A b) 10 A c) A d) 20 A
15. O'zgaruvchan tok chastotasi 2 marta orttirilganda, elektr zanjirining aktiv qashiligi qanday o'zgaradi?
a) 2 marta ortadi b) 2 marta kamayadi c) 4 marta ortadi d) 4 marta kamayadi

Murodjon43 Ismailov

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə