1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda



Yüklə 91,46 Kb.
səhifə9/14
tarix11.12.2023
ölçüsü91,46 Kb.
#145032
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari

.


  • 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni o‘z davrida buyuk hodisa bo‘lganligi e’tirof etilgan. Lekin Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “...bundan o‘ttiz yil muqaddam qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan har tomonlama chuqur tahlil qilib, takomillashtirish zarurati sezilmoqda” (2019-yil 21-oktabr­dagi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda so‘zla­gan nutqidan). Qonundagi noaniqliklar, kamchiliklar, tahrirga muhtojligi, yangi moddalar kiri­tish zarurligi xususida radio, televide­niye, matbuot orqali mutaxassislar tomonidan ko‘plab fikrlar, takliflar aytildi va aytilmoqda ham. Jumladan, mutaxassis M.Niyazmatov o‘zining “Davlat tili to‘g‘risidagi qonun tahrirga muhtojmi?” nomli maqolasida qonunning munozarata­lab moddalari xususida to‘xtalib, ularga aniqlik kiritish lozimligini aytadi. R.Jabborovning “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘ldi. Shu o‘tgan davr ichida nima o‘zgardi? Nimani o‘zgartirish kerak?” maqolasida shunday fikrlar bor: “Qonunni o‘qib chiqar ekanmiz, u o‘ta ehtiyotkorlik, muloyimlik bilan tuzilgani, ochig‘ini aytganda, qonundan ko‘ra ko‘proq tavsiyanomaga o‘xshashini ang­laymiz. Unda imkon darajasida o‘zbek tili­ning mavqeyini boshqa tillardan oshirib yubormaslikka harakat qilingandek tuyuladi. Qonun bilan yaxshi tanishib chiqqan, boshqa tilda so‘zlaydigan yoki boshqa millatga mansub fuqarolar “davlat tilini o‘rgansak ham, o‘rganmasak ham bo‘laverar ekan” degan xulosaga bormasli­giga hech kim kafolat bermaydi. Davlat tilidagi qonunni buzish, davlat tiliga hurmatsizlikning huquqiy oqibatlari qonunda aniq ko‘rsatib berilmagan”. Avvalo, qonunni ishlab chiqishda xorijiy davlatlarning milliy tiliga bag‘ishlangan qonunlarini o‘rganib chiqish, ulardan ijobiy foydalanish orqali qonunimizni takomillashtirish zarur. Kamina ham mutaxassis sifatida Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston, Estoniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlarning davlat tili haqidagi qonunlari bilan tanishib chiqish asnosida qonunimizga takliflarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.



Yüklə 91,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə