1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə13/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Parazit

Devastatsiya ta’limoti.
Devastatsiya lotincha–devastatio–qirg‘in qilmoq, qirib tashlamoq ma’nosini anglatadi.
Odam, hayvon va o‘simliklarda uchraydigan infeksion va invazion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini rivojlanishini barcha bosqichlarida mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullar bilan yo‘qotishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir.
Bu ta’limotdan ko‘zda tutilgan maqsad, barcha xo‘jalik, tuman, viloyat, o‘lka va respublikani gelmintlardan, patogen protozoolardan va parazit bo‘g‘moyoqlilardan rejali ravishda tozalash.
Bir vaqtning o‘zida tabiatda parazitlar rivojlana olmaydigan sharoit tug‘dirish, shuningdek, invazion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini butun rivojlanish jarayonida (tuxum va lichinkalarini) turli usullar bilan yo‘qotishdir.
Ushbu ta’limot birinchi marta akademik K.I. Skryabin tomonidan 1944-yilda fanga kiritilgan bo‘lib, gelmintologiya sohasida qilingan katta ilmiy ishlardan biri hisoblanadi.
Bunda parazitlarga qarshi faol hujumga o‘tib, murakkab tadbirlarni qo‘llash.

  • kimyoviy usulda rejali gelmintsizlantirish,

  • molxona, yer-suv, yaylov va go‘ngni dezinvaziya qilish,

  • kasallik qo‘zg‘atuvchilariga biologik zarar ko‘rsatish bilan birgalikda chorva mollarini zoogigiyenik qoidalariga amal qilingan holda boqish,

  • to‘yimli va sifatli oziqalar bilan ta’minlashni talab qiladi.

Bu ta’limotni qo‘llash natijasida Respublikamizda bezgak va rishta kasalliklari, MDH mamlakatlarining Shimoliy va Markaziy mintaqalarida esa kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilarning exinokokkoz kasalligi butunlay tugatilgan.
Parazitar kasalliklarning qo‘zg‘tuvchlarini devastatsiya qilish davlat tomonidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, zooveterinariya, zootexnik mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda birinchi navbatda odamlar sog‘ligiga jiddiy ziyon yetkazayotgan gelmintozlardan – teniidoz,
qoramol va cho‘chqalardagi sistiserkoz (finnoz), exinokokkoz va senurozni devastatsiya qilish rejalashtirilgan.

Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə