1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


Invazion kasalliklarning o‘tishiga tashqi muhitning ta’siri



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə9/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Parazit

Invazion kasalliklarning o‘tishiga tashqi muhitning ta’siri.
Tashqi muhit omillari invazion kasalliklarning paydo bo‘lishi, kechishi va davom etishiga kuchli ta’sir qiladi.
Masalan, MDH ning janubiy hududlaridagi qoramollarda piraplazmoz, teylerioz kasalliklari, qo‘ylarda esa piroplazmidozlar keng tarqalgan.
Lekin ushbu kasalliklar shimoliy hududlarda yo‘q, chunki oraliq xo‘jayinlarining rivojlanishi uchun sharoit yo‘q.
Parazitar kasalliklarning epizootologiyasi invazion kasalliklarning paydo bo‘lish sabablari, tarqalish yo‘llari, rivojlanish qonuniyatlari va oqibatlarini o‘rganadi.
Invazion kasalliklarning tarqalishi tabiiy sharoitga (iqlim, tuproq, havo, suv manbalari, yaylov, umurtqasiz hayvonlarning ko‘p-ozligi, o‘simliklar turi va hokazo).
Shu bilan birga hayvonning yoshiga, jinsiga, zotiga, yovvoyi hayvonlar va ularning qishloq xo‘jalik hayvonlari bilan bo‘lgan munosabatiga, hayvonlarni boqish, asrash, oziqlantirish, yosh mollarni parvarish qilish va boshqa omillarga bogliq.
Invazion kasalliklarning har xil darajada tarqalishi ikkita ko‘rsatkich:
ekstensiv
intensivligi bilan ifodalanadi.
Invaziyaning ekstensivligi-tekshirilayotgan hayvonlar orasidagi kasallangan mollarning % hisobida ko‘rsatilgan soni (masalan, otarda 25% qo‘y moniezioz bilan kasallangan). U hayvoilarning tirik yoki o‘lganidan keyin aniqlanadi.
Invaziyaning intensivligi-har bir hayvonni kasallantirgan qo‘zg‘atuvchining miqdoriy ko‘rsatkichidir.
Masalan: 30 bosh ikki oylik cho‘chqa bolasining har bittasining ichida o‘rtacha 35 donadan askarida borligi aniqlansa, u shu guruhdagi invaziyaning o‘rtacha intensivligi hisoblanadi.
5. Parazitizmning kelib chiqishi. Parazitlarni xo‘jayin organizmiga kirish yo‘llari.
Yer yuzida organik olamni paydo bo‘lishi bilan birga parazitlar qachondan paydo bo‘lgani haqida turli fikrlar mavjud bo‘lsada, aniq bir to‘xtamli fikr yo‘q. Lekin turli mulohazalar yuritish uchun asos bo‘ladigan dalillar mavjud.
Ye.N. Pavlovskiy parazitlar yerda hayot paydo bo‘lishidan bir oz yoshroq deydi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar dastlab sodda organizmlar orasida paydo bo‘lgan.
Ko‘pchilik sodda organizmlar chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Demak, sodda hayvonlarni parazitlikka o‘tishi chuvalchanglarni evolyutsiyasi bilan bog‘liq.
Chuvalchanglarda parazitizmni paydo bo‘lishi to‘g‘risida ham turli fikrlar mavjud.
Bir guruh olimlarni fikricha chuvalchanglardagi parazitizm umurtqali hayvonlarni kelib chiqishi bilan bog‘liq.
Chunki jinsiy voyaga yetgan deyarli barcha parazitlar umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi.
K.I.Skryabin va V.M.Ivashkinlar bir qator tarixiy dalillar, eksperimental ishlar asosida bu masalani boshqacharoq talqin qiladilar. Gelmintlar avval umurtqasizlarda rivojlangan, chunki evolutsion taraqqiyot jarayonida umurtqalilar keyinchalik paydo bo‘lgan.
Sestodalar avval ko‘p tuklilar va qisqichbaqasimonlar tanasida yashagan, hatto ularda jinsiy voyaga yetib, avlod ham bergan. Taraqqiyotining keyingi bosqichlarida sestodalar qushlar va sutemizuvchilarga o‘tgan. Shu tariqa birlamchi xo‘jayin umurtqasizlar oraliq xo‘jayinlarga aylangan.
Sestodalarning yetilgan (tasmalik) shakllari odam hamda hayvonlar ichagida yashaydi va urchiydi, ular tuxumi axlat bilan tashqi muhitga chiqadi va lichinka davri oraliq xoʻjayin (choʻchqa, hoʻkiz, baliq va boshqalar) tanasida kechadi.
Sestoda lichinkalari — finnalari odamga chala pishirilgan baliq, qoramol goʻshtini isteʼmol qilganda oʻtadi.
Ular odam ingichka ichagida jinsiy yetiladi va parazitlik qiladi. Sestodalarning exinokokk shakli odam va oʻtxoʻr hayvonlarning jigar, oʻpka, miya, koʻmik va h.k. aʼzolarida parazitlik qiladi.
Akantosefallar avval mollyuskalarda va qisqichbaqasimonlarda parazitlik qilgan, umurtqalilar paydo bo‘lganidan keyin, ularni rivojlanish sikllarida ishtirok etib, oraliq xo‘jayinlariga aylangan.
Taxminlarga ko‘ra parazit chuvalchanglar Paleozoy erasining silur va devon davrlarida paydo bo‘lgan.
Hasharotlardan- ikkiqanotlilar va pardaqanotlilarni parazitlikka o‘tishi yura davridan boshlangan.

Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə