Halqali chuvalchanglar (annelida) tipi



Yüklə 18,07 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü18,07 Kb.
#156153
Halqali chuvalchanglar (annelida) tipi


HALQALI CHUVALCHANGLAR (ANNELIDA) TIPI
Toksik nuqtayi nazardan ko‘p tukli halqalilar (Polychaeta)
sinfiga kiruvchi dengiz halqali chuvalchanglari osrganilgan. Poli-
xetlar tipik dengiz hayvonlari bo‘lib, ular orasida suvda suzuvchi,
dengiz tubida o‘rmalab yoki balchiqqa ko‘milib oluvchi hamda
ingichka nay ichida o ‘troq yashovchi turlari bor. Ayrim turlari
parazit hayot kechiradi. Polixetlar sayoz suvlarda ko‘p uchraydi,
ularni qator shakllari pelagik yoki plankton holida yashash tarziga
moslashgan. Suvning chuqur qismlarida yashovchi yirtqich polixet­
lar ко pchilik holatda toshlar, suvo tlar orasida uchraydi. Ko4p
turlari vaqtinchalik yoki doimiy naychalarda, shu qatorda gruntda
ham yashaydi. Polixetlar asosan, mayda pelagik organizmlar,
shuningdek o ‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadilar.
Belbog‘sizlar ayrim jinsli, jinsiy sistemasi ham oddiy tuzilgan.
Tanasida belbog‘ bo‘lmaydi. Metamorfoz orqali ko‘payadi.
Lichinkasi troxofora deb ataladi.
Tip:
Annelides Halqali chuvalchanglar
Kenja tip: Aclitellata Belbog‘sttlar
Sinf: Polychaeta
Ko‘ptuklilar
Turkum: Phyllodocemorpha Fillodosemorfa
Oila: Glyceridae Glitseridlar
Tur:
Glycera convolute Keferstein Glitsera
Morfologiyasi. Tanasi yarim shaffof, uzunligi 10 smgacha,
160-180 segmentga ega. Parapodiylaming b ir qismi - orqa mo‘y-
lovi jabraga aylangan. Tananing oxirgi segmentlari jabrasiz. Parapo-
diyalari yaxlit bazali va ikkiga boUingan ustki bo‘laklardan iborat.
Og‘iz peristomiumning qorin tomonida joylashgan. Halqumi nozik
silindrik papillalar bilan qoplangan.
Zaharli apparatining tuzilishi. Ko‘pchilik erkin yashovchi
yirtqich polixetlarda (ularga zaharli turlari ham kiradi) halqumi
muskulli harakatlanuvchi yoki qayriluvchi hartumsimon silindrik
nayga aylangan. U bukkal bo‘lim davomi bo‘ladi. Halqum va
bukkal bo‘lim orasida xitin jag ‘lar joylashgan. Ularning ilgaksimon
o‘tkir qismi ichkariga qarab qayrilgan va chekkalari tishli bo‘ladi.
Halqumdan keyin keladigan qizilo‘ngachni oldingi bo‘limiga bir
juft uzunchoq so‘lak bezlari ochiladi va undan zaharli sekret ishlab
chiqariladi.
Bundan tashqari, polixetlarda zaharli parapodiyalar ham bo‘lishi
mumkin. Bunday parapodiyalar tuklari g ‘ovak bo‘lib, zahar bilan
to‘lib turadi. Parapodiyalar uchlari o ‘ljaga tegib ketsa, oson sinadi
va ulardagi zahar tashqariga to ‘kiladi.
Biologiyasi va ekologiyasi. Tropik-boreal tur. Parapodiyalari
va muskulli halqumi yordamida qumni kovlab yashaydi. Saxalin
qirg‘oqlarida joylashish zichligi 4-15 dona/m2. Mayda plankton
organizmlar va detrit, o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi.
Tarqalishi. Barens dengizining janubiy - g ‘arbiy qismida,
Oxota va Yapon dengizlarida yashaydi.
Zaharlanish manzarasi. Polixetlar bilan zaharlanish kasbiy
xarakterga ega bo‘lib (masalan, baliqchilarda), bunda zaharla-
nishning mahalliy (o‘tkir og‘riq, giperemiya, shishlar) va umumiy
(bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi) belgilari namoyon bo‘ladi.
Birinchi yordam. Tuklar qoldiqlarini olib tashlash (eng
yaxshisi yopishqoq tasma bilan), teriga spirt, ammiak eritmasi yoki
soda surtish kerak. Shuningdek, dezinfeksiyalovchi latta bog‘lash
kerak. Profilaktik choralar sifatida polixetlar ko‘p bo‘lgan joylarda
poyaf/al va qoiqoplar kiyish tavsiya qilinadi.
Zaharining kimyoviy tarkibi va ta’sir mexanizmi.
Bezlaridan olingan ekstrakt dafhiyalar yuragining to ‘xtashiga olib
keladi va proteolitik va kollagenaz aktivlikka ega. Ekstraktidan
Mr=300000 (Mr - molekulyar massa) bo‘lgan neyrotoksin oqsil a-
glitserotoksin ajratilgan. Toksin presinaptik ta’sirga ega va MPKP
chastotasini oshiradi, atsetilxolin (Ax)ni Sa2+ bog‘liq ajralishiga olib
keladi. a-glitserotoksin uchun retseptorlar vazifasini presinaptik
membranani ekstratsellyular yo‘nalgan oqsillari bajaradi degan
taxminlar mavjud, chunki proteolitik ferment pronaza bilan ishlash
toksinning bog‘lanishining va Axajralishining oldini oladi.
Turkum: Eunicemorpha Evnitsemorfa
Oila: Lumbrinereida& Lyumbrinereidlar
Urug‘: Lumbrineris Lumbrinereis
Tur: L. heteropoda Lumbrinereis geteropoda
Morfologiyasi. Tanasi yashil va boshqa ranglarda boMadi.
Halqumida jag ‘larga ega bo‘lib, yuqori jag ‘ida tishsimon plastin-
kalar mavjud. Shu plastinka yordamida ozig‘ini qirib olib yeydi.
Biologiyasi va ekologiyasi. Tinch okean va Osiyo subtropik -
boreal tur. Oxota dengizining janubiy qismida 12metr chuqurlikda,
qumli tublarda uchratilgan. 0 ‘z nasliga g‘amxo‘rlik qiladi.
Lichinkalari urg‘ochisining teri burmalari orasida rivojlanadi.
Tarqalishi. Yapon, Oxota, Sariq va Sharqiy Xitoy dengizlarida
(Yaponiya qirg‘oqlarida) tarqalgan.
Zaharining kimyoviy tarkibi va ta’sir mexanizmi. Hasha-
rotlar asab tizimini zararlovchi kuchli insektitsid - nereistoksin
tutadi. Umurtqali hayvonlar uchun toksikligi nisbatan past:
sichqonlar uchun o ‘rtacha letal dozasi venaga yuborish uchun 30
mg/kg, teri ostiga yuborish uchun 1000 mg/kg, ichkariga yuborish
esa 118 mg/kg ni tashkil qiladi. Tajribada suvga nereistoksinni
qo‘shish natijasida baliqlar o‘ladi. Nereistoksinning past konsentra-
tsiyalari (10'7 mol/1) Ax hosil qilgan ion oqimlarini pasaytiradi,
yuqori konsentratsiyalari esa (10~4 mol/1) Na+ va K+ oqimlarini
pasaytirib, neyron membranalarini qutbsizlanishiga olib keladi.
Nereistoksin xolinoretseptor kompleksni ion kanalini yoki potentsial
boshqaruvli komponentini to‘sadi degan faraz mavjud. Nereistok-
sinni sintetik analogi l,3-bis(karbamolitio)-2-N,N-dimetilaminop-
ropan-gidroxlorid (tijorat nomi «kartap» yoki «padan») kuchli
insektitsid bo‘lib, undan Yaponiyada sholi, choy, xurmo va boshqa
qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi ishlatishda
foydalaniladi.
Amaliy ahamiyati. Nereistoksinni fosfororganik hosilalari,
yapon olimlari fikricha, kolorado qo‘ng‘iziga qarshi eng yaxshi
vositadir. Qushlar, baliqlar, kemiruvchilar hamda asalarilar uchun
zararsiz hisoblanadi.
Yüklə 18,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə