Epiteliy tо„qimasi bir qismining asosiy vazifasi sekret ishlab chiqarishdir. Sekret ishlaydigan hujayralar yig„ilib, bezlarni (glandulae) hosil qiladi. Bezlarning kо„pchiligi epiteliy hosilasidir



Yüklə 20,3 Kb.
tarix13.10.2023
ölçüsü20,3 Kb.
#127483
farruxbio2


Epiteliy tо„qimasi bir qismining asosiy vazifasi sekret ishlab chiqarishdir. Sekret ishlaydigan hujayralar yig„ilib, bezlarni (glandulae) hosil qiladi. Bezlarning kо„pchiligi epiteliy hosilasidir. Faqatgina epifiz, gipofizning orqa bо„lagi va buyrak usti bezining mag„iz qismigina nerv tо„qimasidan rivojlanadi. Agar bezlar о„z mahsulotini tashqi muhitga chiqarsa, bunday bezlar ekzokrin bezlar deyiladi. Bunga misol qilib teri bezlari yoki hazm sistemasining о„z maxsulotini me‟da-ichakka chiqaruvchi bezlarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruh bezlar о„z mahsulotini organizm ichki muhitiga (qon yoki limfaga) chiqaradi. Shuning uchun bu bezlarni endokrin bezlar deyiladi. Endokrin bezlarga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, me‟da osti bezining endokrin qismi, buyrak usti bezi, epifiz, jinsiy bezlar kiradi. Bezlar kо„p hujayrali va bir hujayrali bо„lishi mumkin. Bezlarning asosiy kо„ichiligi kо„p hujayrali bezlardir. Bir hujayrali ekzokrin bezlarga qadahsimon hujayralar kiradi. Bir hujayrali endokrin bezlar esa turli a‟zolarda joylashgan. Me‟da-ichak sistemasidagi endokrin hujayralar juda kо„p uchraydi. Bir hujayrali bezlar turli shaklda bо„lishi mumkin. Ular epitelial tasma ichida joylashsa, endoepitelial bezlar deb yuritiladi (55-rasm). Agar ular epiteliydan tashqarida, ya‟ni biriktiruvchi tо„qimada joylashsa, ularni ekzoepitelial bezlar deyiladi. Kо„p hujayrali bezlar, bezlarning asosiy qismini tashkil; qilib, ular biriktiruvchi tо„qimada joylashadi. Kо„p hujayrali ekzokrin bezlarda ikki qism: 1) sekretor yoki oxirgi bо„lim va 2) chiqaruv naylari farq qilinadi. Sekretor bо„limda shu bez uchun xarakterli bо„lgan sekretor mahsulot ishlanadi. Oxirgi bо„lim hujayralari kо„pincha bazal membranada bir qavat bо„lib joylashadi. Faqatgina yog„ bezlarga oxirgi bо„limlarida bir necha qavat bо„lib joylashgan hujayralarni kо„rish mumkin. Ba‟zi bir bezlarning oxirgi bо„limida, 177 sekretor hujayralardan tashqari qisqarish funksiyasini bajaruvchi mioepitelial hujayralar ham joylashadi. 55 – rasm. Yо„g„on ichak devoridagi qadahsimon bez hujayralari (A) va uning ultramikroskopik tuzilish sxemasi (B). 1– hujayra mikrovorsinkalari; 2– sekret donachalari; 3– Golji kompleksi; 4– mitoxondriyalar; 5– yadro; 6– donodor endaplazmatik tо„r. Oxirgi bо„limda ishlangan mahsulotlar chiqaruv yо„llari orqali tashqi muhitga chiqariladi. Chiqaruv yо„llari hujayralari sekret maxsulotni suv va turli mineral tuzlar, oqsil moddalar bilan boyitishi yoki chiqaruv yо„li orqali о„tayotgan mahsulot suvini va ba‟zi moddalarni sо„rishi mumkin. Kо„p hujayrali; bezlarning chiqaruv yо„llari tarmoqlangan yoki tarmoqlaimagan bо„ladi. Tarmoqlanmagan chiqaruv yо„llarini tutuvchi bezlar oddiy bezlar, tarmoqlangan chiqaruv yо„llarini tutuvchi bezlar murakkab bezlar deb yuritiladi. Oxirgi bо„limlar ham tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan bо„lishi mumkin. Agar chiqaruv nayi hamda oxirgi bо„lim tarmoqlanmay, har qaysi chiqaruv nayi birgina oxirgi bо„lim bilan tugasa, bunday bezlarni oddiy tarmoqlanmagan bezlar deyiladi. Agarda bir chiqaruv yо„liga bir necha oxirgi bо„lim о„z sekretini quysa, bunday bezlar oddiy tarmoqlangan bezlar deyiladi. Agar chiqaruv yо„llar tarmoqlangan va har bir chiqaruv yо„li bir necha oxirgi bо„lim bilan tugasa, bunday bezlarni murakkab tarmoqlangan bezlar deb ataladi. Oxirgi bо„lim shakliga qarab naysimon, alveolyar, naysimon- alveolyar bezlar farq qilinadi (56-rasm). 178 56- rasm. Ekzokrin bezlarning tuzilishi va sekret ishlash turlari (sxema). A–epiteliy, B– biriktiruvchi tо„qima, 1–oddiy tarmoqlanmagan naysimon bez; 2–oddiy tarmoqlaimagan alveolyar bez; 3–oddiy tarmoqlangan naysimon bez; 4–oddiy tarmoqlangan alveolar bez; 5– murakkab alveolyar-naysimon bez; 6–merokrin bez oxiri; 7–apokrin bez oxiri; 8–golokrin bez oxiri; a–о„suvchi qavat hujayralari; b–sekret yig„ayotgan hujayra; v–parchalanayotgan hujayra. Sekretni hujayradan tashqariga chiqarish turiga qarab bezlar merokrin, apokrin va golokrin bezlarga bо„linadi. Merokrin bezlarda hujayra ichida hosil bо„lgan mahsulot sekretor hujayra tanasining (qobig„i bilan) butunligi saqlanib qolgan diffuz holda hujayradan chiqariladi. Merokrin bezlarga ter va sо„lak bezlari misol bо„la oladi. Apokrin bezlar sekretor hujayralarining apikal qismi sekret chiqarish davrida buzilishi bilan xarakterlanadi va hujayralarning apikal qismi bez mahsuloti bilan qо„shilib ketadi. Apokrin bezlarga sut va apokrin yо„l bilan sekretsiya qiluvchi ba‟zi ter bezlar kiradi. Golokrin bezlarda sekret ishlash vaqtida sekretor hujayralar butunlay parchalanadi. Nobud bо„lgan hujayralar bez maxsulotini tashkil qiladi. Odamda bu bezlarga faqatgina yog„ bezdari misol bо„la oladi. Nobud bо„lgan hujayralar о„rnini bezning periferik qismida joylashgan kam differensiallashgan hujayralar tо„ldirib turadi (56-rasm). 179 Ekzokrin bezlarda ishlanayotgan sekret shilliq, oqsil, aralash shilliq-oqsil yoki moy tabiatli bо„lishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda donador endoplazmatik tо„r kuchli rivojlangan bо„ladi va u hujayrani bazal va markaziy о„rta qismlarini tо„ldirib turishi mumkin. Sekret ishlovchi hujayralar orasida hujayra oraliq kanalchalarini kо„rish mumkin. Bunga misol qilib, sо„lak bezi oxirgi bо„limidagi hujayralararo kanalchalarni keltirish mumkin. Ba‟zan sekretor hujayralarda hujayra ichi kanalchalari ham farq qilinadi. Bunday kanalchalar me‟da fundal bezlarida joylashgan pariyetal hujayralarda bо„ladi. Bez hujayralarida hosil bо„lgan sekret vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi, shuning uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma‟lum davrlarida о„ziga xos tuzilishga ega bо„ladi. Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog„liq bо„lgan о„zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bо„lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak bо„lgan moddalarning tо„planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretniig sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning tо„planishi; 5) sekretor moddaning ajralib chiqishi. Birinchi fazada qon va limfadai hujayraning bazal plazmatik qobig„i orqali sekret ishlash uchun kerakli bо„lgan turli noorganik tuzlar, suv, aminokislotalar, monosaxaridlar, yog„ kislotalari va boshqa moddalar uning sitoplazmasiga kiradi. Sо„ngra ulardan bez hujayralarining endoplazmatik tо„rida organik birikmalar hosil bо„lib, ular Golji kompleks sohasida yetiladi va shakllanadi. Golji kompleksining sekret donachalar saqlovchi qismlari ajralib, apikal qismi sohasida tо„planadi va bez oxirgi bо„limlari bо„shlig„iga ajraladi. Turli bez hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining davom etish davri har xil bо„ladi6 .
Yüklə 20,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə