Aminokislotalar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish



Yüklə 292,33 Kb.
səhifə1/4
tarix23.09.2023
ölçüsü292,33 Kb.
#122894
  1   2   3   4
AMINOKISLOTALAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARDAN FOYDALANISH


AMINOKISLOTALAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARDAN FOYDALANISH.
REJA:
Aminokislotalar.
2.Aminokislotalarning fizik va kimiyoviy xossalari.
3.Oqsil turlari va vazifalar

Aminokislotalar — molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementi hisoblanadi. A- rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar ma'lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi koʻrsatadi. Deyarli barcha tabiiy A L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar tabiatda kamdan-kam boʻlib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aning L-formasi oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u moddalar almashinuvining barcha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashinuvi jarayonlarini toʻxtatib qoʻyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi Aminokislotalarning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun a formali 20 Aminokislotalar- proteinogen Aminokislotalar (lizin, gistidin, arginin, aspartat kislota, asparagin, treonin, serin, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, sistein, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan Aminokislotalar esa ularning fermentativ oʻzgarishi natijasida hosil boʻladi. Ayrim Aminokislotalar hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi. Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metio-nin, lizin, valin, treonin, izoleysin va leysin) almashinmaydigan A bor. Oʻsimliklar oʻzi uchun zarur boʻlgan barcha azotli birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. Aminokislotalar sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga aylanadi. Oʻsimliklarda hosil boʻlgan Aminokislotalar uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarfla-nadi, shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va boshqa birikmalar sintezi uchun ishlatilishi, aminogruppani ajratib yuborishi, toʻliq oksidlanishi va organizm uchun energiya manbai boʻlib xizmat qilishi mumkin. Koʻpchilik Aminokislotalar tibbiyotda, chorvachilikda, shuningdek oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida qoʻllaniladi. Hozir Aminokislotalardan oʻgʻit sifatida ham foydalanilmoqda.[1]


Aminokislotalar — molekulasida amin (~NH2) va karboksil (-SOON) guruhlari bor organikalik qoʻshlishlar:
H2N-CH2-COOH (aminsirka kislotasi (glitsin))
Barcha oqsillarning asosiy qurish elementlari aminokislotalar ekanligi koʻpdan beri maʼlum boʻlsa ham, toʻla aminokislota tarkibi faqat XX asrning 30-yillaridagina batamom belgilanadi. Buning sababi, bir tomondan aminokislatalar hali yahshi oʻrganilmagani, oqsil tarkibiga qaysi aminokislotalar kirganligi aniq maʼlum boʻlmaganligi boʻlsa, ikkinchidan, ularning ayrim vakillarini sifat va miqdor analizi usullari hali mukkalmal boʻlmaganligi edi. Bu muammo faqat 40-yillarning boshlarida qogʻoz xromotografiyasi usuli qoʻllanilishi bilan hal qildi. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi. Ularning yarmidan ortigʻi, umuman oqsil tarkibiga kirmaydi, qolgan yarmining koʻp qismi ham faqat ayrim organizmlarda, baʼzilari alohida peptidlar tarkibida boʻladi. Hamma organizmlarda oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar soni 20 ga teng. Ular proteinogen aminokislotalar deb ataladi. Oqsillarning biologik funksiyasi asosan aminokislotalarning oqsil molekulasidagi oʻrni, yaʼni ularning ketma-ketligi bilan aniqlanadi
Olinishi:
1. Aminokislotalar oqsillarni gidrolizi natijasida olinadi.
2. Galagenkislotalarga ammiak taʼsir ettirib olish mumkin.
Fizik xossalari: Aminokislotalar qattiq kristall moddalar boʻlib, suvda yaxshi eriydi. Koʻp aminokislotalar molekulalarida asimmetrik uglerod atomi boʻlganidan ular optik aktiv moddalar.
Kimyoviy xossalari: Aminokislotalar — amfoter xususiyatli moddalardir. Ular bifunksional birikmalar boʻlib, tarkibidagi aminogruppa hisobiga asoslarga xos reaksiyalarga, karboksil guruh hisobiga kislotalarga xos reaksiyalarga kirishadi.
Aminokislotalarning klassifikatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kimyoviy tuzulishi boʻyicha aminokislotalar aminkarbon kislotalar boʻlib, ular tarkibida karboksil — COOH va amino — NH2 guruhlari mavjud. Amino gruppa hamda proteinogen aminokislotalarda a-uglerod atomida joylashganligidan, a-aminokislotalar qatorini tashkil qiladilar. Peptidlar va, umuman oqsil molekulalarining aminokislota tarkibi yozilganda, ularning nomi boshlangʻich uch harfdan tuzilgan qisqartmalaridan foydaniladi. Masalan: Alanin — Ala, Fenilalanin — Fen.
Nomlari va izomerlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aminokislotaning oddiy vakili — aminosirka kislotasi NH2-SN2-SOON. Aminokislotalarning koʻpincha shakllanib ketgan trivialli nom bilan, masalan, aminosirka kislotasini glitsinlei nomlaydi.
Aminokislotalarning izomerlanishi uglerodning izomerlanishi bilan va amin guruhining joylashishi boʻyicha aniqlanadi. Nomlash uchun karboksil guruhi bar uglerod atomidan boshlab raqamlaydi:

Peptidlar va, umuman oqsil molekulalarining aminokislota tarkibi yozilganda, ularning nomi boshlangʻich uch harfdan tuzilgan qisqartmalaridan foydaniladi. Masalan: Quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin.

Glitsin

Gly

G

Glycine

Gli

Alanin

Ala

A

Alanine

Ala

Valin

Val

V

Valine

Val

Izoleytsin

Ile

I

Isoleucine

Ile

Leytsin

Leu

L

Leucine

Ley

Prolin

Pro

P

Proline

Pro

Serin

Ser

S

Serine

Ser

Treonin

Thr

T

Threonine

Tre

Tsistein

Cys

C

Cysteine

Tsis

Metionin

Met

M

Methionine

Met

Asparagin kislotasi

Asp

D

asparDic acid

Asp

Asparagin

Asn

N

asparagiNe

Asn

Glutamin kislotasi

Glu

E

gluEtamic acid

Glu

Glutamin

Gln

Q

Q-tamine

Gln

Lizin

Lys

K

before L

Liz

Arginin

Arg

R

aRginine

Arg

Gistidin

His

H

Histidine

Gis

Fenilalanin

Phe

F

Fenylalanine

Fen

Tirozin

Tyr

Y

tYrosine

Tir

Triptofan

Trp

W

tWo rings

Tri

Biz oqsilni umumiy tushuncha sifatida qabul qilamiz: ratsionimizda maʼlum miqdorda boʻlishi kerak boʻlgan gomogen tarkibli moddalar deb qaraymiz. Ammo siz molekulyar biologiya laboratoriyasida ishlasangiz (masalan, yozgi amaliyot uchun), oqsilga boshqacha nigoh bilan qaray boshlaysiz.
Xoʻsh, qanday qilib? Aytaylik, siz oqsilni faqat bitta modda emas deb bilgan boʻlishingiz mumkin. Aksincha, bir hujayrada yoki organizmda turli xil koʻplab oqsillar borligini bilgan boʻlishingiz mumkin. Ular siz tasavvur qila oladigan har qanday oʻlchov, shakl va turda boʻladi va har birining oʻziga xos va yagona vazifasi bor. Ayrimlari hujayraning strukturaviy tarkibiga kiradi yoki hujayra harakatiga yordam beradi. Boshqalari esa shishadagi xabarlar kabi hujayralar orasida suzib yuruvchi signal vazifasini bajaradi. Yana boshqalari esa metabolik fermentlar boʻlib, hujayra uchun zarur biomolekulalarni oʻzaro birlashtiradi yoki parchalaydi. Va nihoyat, bu noyob molekulyar oʻyinchilar tadqiqotingiz davomida sizniki boʻladi.
Oqsillar jonli sistema boʻylab eng keng tarqalgan organik molekulalar qatoriga kiradi va makromolekulalarning boshqa sinflariga nisbatan tuzilish va vazifalarida oʻziga xos farq mavjud. Bitta hujayra minglab oqsillarni oʻz ichiga olishi mumkin va har bir oqsilning takrorlanmas vazifasi mavjud. Ularning tuzilishi va vazifalarida juda katta farq boʻlsa-da, barcha oqsillar bir yoki bir nechta aminokislotalar zanjiridan iborat. Ushbu maqolada oqsillarning qurilish tarkibi, tuzilishi va ahamiyati haqida toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlamiz.
Oqsil turlari va vazifalari
Oqsillar hujayra va organizmda keng qamrovli ahamiyatga ega. Bu yerda sizlarga yaxshi tanish boʻlgan va koʻp organizmlarning (shu jumladan, insonlarning) biologiyasida muhim ahamiyatga ega, koʻp uchraydigan oqsil turlaridan bir nechta misolni koʻrib chiqamiz.
Fermentlar

Yüklə 292,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə