Aminokislotalar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish



Yüklə 292,33 Kb.
səhifə4/4
tarix23.09.2023
ölçüsü292,33 Kb.
#122894
1   2   3   4
AMINOKISLOTALAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARDAN FOYDALANISH

peptid bogʻlar orqali bogʻlangan. Har bir bogʻ degidratatsiya sintez (kondensatsiya) reaksiyasi natijasida hosil boʻladi. Oqsil sintezi davomida, oʻsib borayotgan polipeptid zanjir oxirida aminokislotaning karboksil guruhi keladigan yangi aminokislotaning aminoguruhi bilan reaksiyaga kirishib, bir molekula suvni ajratib chiqaradi. Natijada aminokislotalar orasida peptid bogʻlanish hosil boʻladi.

Ikki aminokislota orasida peptid bogʻ hosil boʻlishi. Peptid bogʻ tarkibida bir aminokislotaning karbonil C guruhi ikkinchi aminokislotaning amino N guruhi bilan bogʻlangan.
Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.
Aminokislotalarning tuzilishi hisobiga polipeptid zanjiri yoʻnalganlikka ega, yaʼni uning kimyoviy jihatdan bir-biridan farq qiladigan ikkita uchi mavjud. Bir uchida polipeptidning erkin aminoguruhi mavjud va bu nuqta aminoterminal (yoki N-terminal) deb ataladi. Erkin karboksil guruhiga ega boʻlgan boshqa uchi esa karboksil terminal (yoki C-terminal) sifatida maʼlum. Yuqorida keltirilgan qisqa polipeptid tarkibida C-terminal oʻngda, N-terminal esa chapda joylashgan.
Biz polipeptidning aminokislotalar ketma-ketligidan uch oʻlchamli, yetuk, funksional oqsilga qanday qilib boramiz? Aminokislotalar orasidagi oʻzaro taʼsirlar oqsilni yetuk shakliga qanday qilib olib kelishini bilish uchun oqsil tuzilishi tartibi toʻgʻrisidagi videoni koʻrishni maslahat beraman.
Yüklə 292,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə