1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə6/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Parazit

1. Zoonozlar
2. Antropozoonozlar
3. Antroponozlar.
4. Invazion
Zoonozlar. Ayrim guruh parazitlar faqat hayvonlarda parazitlik qiladi va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar zoonozlar deb ataladi (M: qushladagi bezgak kasalligi).
Antropozoonozlar. Odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan parazitar kasalliklar. Bunda tashuvchilar kasallik qo‘zg‘atuvchilarini hayvonlardan odamga va aksincha, odamdan hayvonlarga yuqtiradi.
(Masalan: kanalar va hasharotlar turli gelmintozlarni, o‘lat, leyshmanioz, tayga ensefaliti va boshqalarni yuqtiradi).
Antroponozlar. Kasallikning faqat odam organizmida kuzatilishi.
(Masalan: trixomonodoz, ichburug‘, bezgak, vabo va h.k.).
Invazion kasalliklarni har birini alohida nomlash uchun kasallik qo‘zg‘atadigan parazit avlodi nomini oxiriga “az”, yoki “oz” qo‘shimchasi qo‘shiladi.
Masalan: Amyobalar keltirib chiqaradigan kasallik, amyobiaz, Ascaridalar avlodi vakilari qo‘zg‘atadigan kasallik askaridoz, Fasciola avlodi vakillari qo‘zg‘atadigan kasallik fastsiolyoz deb ataladi.
Parazitar kasalliklarni klinik belgilari turlicha bo‘ladi. Kasallik belgilari yashirin (yopiq) namoyon bo‘lsa ham turli boshqa kasalliklarga xos belgilarni paydo bo‘lishi bilan kechadi:

  • surunkali charchash;

  • ishtahani o‘zgarishi(yomonlashuvi);

  • asabiy bo‘lib qolish;

  • ovqat hazm qilish sistemasidagi buzilishlar(ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich qotishi, ich ketishi, qorin dam bo‘lishi, gaz hosil bo‘lishi);

  • so‘lak oqishi;

  • anemiya, qondagi o‘zgarishlar;

  • to‘qimalarda va suyaklarda og‘riq;

  • bosh og‘rig‘i;

  • uyqusizlik;

  • davriy harorat oshishi (37-38oC);

  • gipovitaminoz;

  • teridagi belgilar;

  • llergic o‘zgarishlar;

  • nafas olish yo‘llari kasalliklari(bronxit);

  • uyquda tish g‘ichirlatish va boshqalar.


Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə