1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


Parazitizm va parazitlar to‘g‘risida tushunchalar. Parazitizmni turli xil ko‘rinishlari



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə3/27
tarix08.06.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#116060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Parazit

2. Parazitizm va parazitlar to‘g‘risida tushunchalar. Parazitizmni turli xil ko‘rinishlari.
Parazitizm (yunoncha parasites–tekinxo‘r, hamtovoq) har xil turga mansub organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bir ko‘rinishidir.
Bunda organizmlardan biri (parazit) ikkinchisi (xo‘jayin) dan yashash muhiti va ozuqa manbai sifatida foydalanib, unga zarar yetkazadi.
Shunday harakatlardan dastlabkisi R. Leuckartga tegishli. Uni fikricha, parazitlar keng va haqiqiy ma’noda shunday organizmlarki, ularga boshqa bir organizmdan o‘ziga oziqa va yashash makoni topgan barcha mavjudotlarni kiritish mumkin.
Minchin (1912) har qanday organizm boshqa bir organizmning tana bo‘shlig‘i va tana yuzasida yashashi bilan parazit bo‘lib qolavermaydi, parazit xo‘jayin bilan yashashi, uni hisobiga oziqlanishi bilan birga unga zarar keltiradi deydi.
N.A. Xolodkovskiy (1914) parazitizmda bir organizm (parazit) ikkinchi bir organizm (xo‘jayin) tanasidan oziqa manbai, yashash uchun makon sifatida foydalanib qolmasdan, xo‘jayin tanasi, yoki tana shirasi hisobiga oziqlanishi bilan birga, unga bevosita zarar keltiradi deydi.
Akademik Ye.N. Pavlovskiyning (1935) fikricha, parazitizm davrida parazit o‘z xo‘jayinini to‘qimalari, tana shirasi yoki uning hazm bo‘layotgan oziqasi hisobiga oziqlanib, ulardan vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun makon sifatida ham foydalanadilar.
Lekin bu ta’rifga ko‘ra ham ba’zi bir qon so‘ruvchi ikki qanotlilar parazit bo‘lmay qoladi. Chunki ular xo‘jayinlaridan yashash uchun makon sifatida foydalanmaydilar.
K.I.Skryabin ta’rificha, parazitizm bu organizmlar orasidagi shunday biologik o‘zaro munosabatki, ulardan biri – parazit vaqtinchalik yoki doimiy, ikkinchisini tana ustida yoki to‘qimalari orasida yashab, uni hisobiga oziqlanadi, lekin o‘z navbatida unga hech qanday xizmat qilmaydi. Bunda faqat oziqlanish va xo‘jayindan faqat bir tomonlama foydalanish ko‘zda tutiladi.
V.A.Dogel fikriga ko‘ra, parazitlar shunday organizmlarki, qaysiki ular boshqa tirik organizmlardan oziqa manbai, yashash muhiti sifatida foydalanib qolmasdan, balki ularga qisman yoki to‘liq o‘zini tashqi muhit bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarini boshqarish vazifasini ham o‘z xo‘jayinlariga yuklab qo‘yadilar.
Parazitizm birga yashashning shunday shakliki, bunday birga yashashdan bir tomon, parazit manfaatdor, xo‘jayin esa zarar ko‘radi. Bu ta’rif parazitizmga juda keng ekologik ma’no beradi. Bunda asosan parazitizmgina emas balki u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar ham qamrab olinadi.
Parazitizm bu ekologik masala bo‘lib, parazitologiyani o‘rganishda faqat parazit bilan xo‘jayin o‘rtasidagi munosabatlar emas balki parazitik hayot kechirish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar ham o‘rganiladi.
Parazitizm aslida parazit bo‘lib yashagan organizmni birinchidan, o‘zini himoya qilishi va boshqa organizm hisobiga oziqlanish uchun doimo intilishi natijasida yuzaga kelgan (Chendler,1956).
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, tabiatda erkin hayot kechiradigan organizmlar soniga nisbatan parazitlar ko‘proqdir. Ko‘pchilik organizmlar o‘ziga xos parazitlardan tashqari boshqa hayvonlardan yuqtirib olgan parazitlar uchun ham xo‘jayin bo‘lib qoladilar.

Yüklə 348,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə