1- amaliy mashg’ulot: Vaqtinchalik va doimiy omborlar turlari, tuzulishi va o‘lchamlari. Darsning maqsadi



Yüklə 2,22 Mb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#144109
  1   2   3   4   5
download-edfiles-22168


1- amaliy mashg’ulot: Vaqtinchalik va doimiy omborlar turlari, tuzulishi va o‘lchamlari.
Darsning maqsadi: talabalarni doimiy va vaqtinchalik ombor turlari va ularning o’lchamlari bilan tanishtirish, ularda omborlar bo’yicha umumiy tushuncha shakllantirish.
Ishlash tartibi. Qishloq xo’jalik maxsulotlari turli xil usullarda saqlanadi. Meva va sabzavotlar, bundan tashqari turli xil urug’liklar va boshqa maxsulotlar saqlanadigan inshoat va binolar, qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash. omborlari deb yuritiladi. Ular vaqtinchalik va doimiy bo’ladi. Vaqtinchalik omborlarga uyum, xandaq, o’ra va boshqalar kiradi. Doimiy omborlar bir qavatli to’g’ri burchak shaklida va ustiga yoki erdan chuqurroq (1,5-2 m) qilib, betondan yoki g’ishtdan quriladi.
Vaqtinchalik omborlar. Vaqtinchalik omborlar uchun quruq, balandroq tekis bo’lgan joy tanlanadi. Bunda er osti suvlari uyum va xandaq tagidan 1 metr dan ziyod chuqurlikda bo’lishi lozim. Xandaklar quriladigan tuproqning mexanik tarkibi qumoq bo’lishi, bundan tashqari tayyorlaydigan joyning yuza qismida o’simlik qoldiqlari va boshqa organik qoldiqlar bo’lmasligi lozim. Agar joylarda o’tgan yilgi uyum va xandaqlar joylashgan joylarda yana maxsulot saqlashga to’g’ri kelsa, u joylar tekislanib 1 m2 maydonga 500 g hisobidan so’ndirilmagan oxak bilan zararsizlantiriladi. So’ngra er 30-35 sm chuqurlikda xaydalib, donli ekinlar ekiladi. Ekin yig’ishtirilgandan so’ng bu joyga uyum va xandaqlar ishlanadi.
Uyum va xandaqlar kuz va baxor vaqtlarida quyosh nuri va qish vaqtida sovuq shamoldan kam ta’sirlanishi uchun iloji boricha uzunasiga sharqdan g’arbga qarab joylashtiriladi.
Maxsulotning turi va tabiiy sharoitga qarab uyum va xandaqning o’lchamlari turli xil bo’ladi. Ayniqsa, ularning ko’ndalang kesimi muxim axamiyatga ega..
Bizning mintaqamizda xandaq va uyumlarning o’lchamlari g’arbiy va o’rta mintaqalarga qaraganda kichikroq bo’ladi (1-jadval).

1-jadval
Kartoshka uchun uyum va xandaqlar o’lchami va ularga mahsulot joylash balandligining ob-havo sharoitlariga bog’liqligi



Mintaqa va
Tuman

Yanvarning o’rtacha harorati (°S)

Uyumlar (m)

Xandaqlar (m)

kengligi

chuqurligi

joylash balandligi

kengligi

chuqurligi

joylash balandligi

Janubiy

- 2 gacha

1,0-1,2

0,2

0,6

0,8

0,6

0,8

G’arbiy va janubiy-g’arbiy

-4dan -6 gacha

1,5-2,0

0,2

0,8

0,8

0,6

0,8

O’rta va shimoliy-g’arbiy

-5 dan -8 gacha

2,0-2,5

0,2-0,5

1-1,2

0,8

0,6

0,8

Shimoliy

-9 dan -20 gacha

2,0-2,5

0,2-0,5

1-1,2

1,0

0,8

1,0

Maxsulotni joylash oldidan albatta saralanadi, xar bir uyum va xandaqga maxsulotni bir kunda joylash kerak. Ayrim ildizmevalar sig’imi 20-25 kg li yashiklarga joylanib xam uyum shu xandaqlarga joylashtiriladi.
Maxsulotlar saqlanadigan payitda ventilyasiyani yaxshilash maqsadida uyum va xandaq bo’ylab o’rtasidan 30x30 sm o’lchamda ko’ndalangiga bir nechta ariqchalar qazilib, unga taxta panjaralar o’rnatiladi. Xar 50-60 sm masofada xavoni so’rish naylari o’rnatiladi.
O’rta Osiyoda etishtirilgan kartoshka va ildizmevali sabzavotlarning asosiy qismi o’ra va handaqlarda, qisman esa uyumlab burtlarda saqlanadi. Saqlashning bu usullari juda arzon, kam xarajat bo’lishi bilan birga, bir qator kamchiliklarga ega. Jumladan, havo harorati, namligi hamda saqlanadigan kartoshkani muntazam nazorat qilib bo’lmaydi. Natijada ko’pgina kartoshka chirib nobud bo’ladi.
Kartoshkani qo’lda yoki ekskavator yordamida qazilgan eni 2 m, chuqurligi 0,6 m o’lchamli xandaqlarda saqlash mumkin. Handaqning o’rtasidan havo almashinishi uchun 30x30 sm ko’ndalang ariqcha qilinib, unga panjara qo’yiladi. Har 5 m da esa quvurlar o’rnatiladi.

Kartoshka va ildizmevali sabzavotlarni eni 0,6-0,7 m, chuqurligi 0,7-0,8 m, uzunligi ixtiyoriy bo’lgan o’ra qazib ham saqlash mumkin. Bunda har 3-4 oralatib erdan uvatlar qoldiriladi. Handaq va o’ralar MTZ-5 traktoriga tirkalgan e-153 markali ekskavator yordamida qaziladi. O’ra va handaqlarga kartoshka ertalab joylangani ma’qul, chunki kartoshka kechasi ancha sovigan bo’ladi. Kartoshka joylangandan so’ng usti 30-35 sm qalinlikda ikki muddatda bajariladi: dastlab kuzda 10-25 sm qalinlikda tuproq tortiladi; sovuq tushishi oldidan esa uni 30-35 sm ga etkaziladi. Kartoshka ustki tomoni 3×3 - 6×6 m va undan kattaroq bo’lgan uyumlarda ham saqlanadi. Uyumlarga tabiiy shamollatib turish uchun yog’ochdan havo o’tib turadigan novlar o’rnatiladi. Kartoshka 1,2-1,3 m qalinlikda joylashtiriladi (10-rasm).



Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə