1- amaliy mashg’ulot: Vaqtinchalik va doimiy omborlar turlari, tuzulishi va o‘lchamlari. Darsning maqsadi



Yüklə 2,22 Mb.
səhifə5/5
tarix11.12.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#144109
1   2   3   4   5
download-edfiles-22168

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Vazifa.
Sovitgichlardan foydalanish. Sovitgichlar uchun zarur haroratga etkazib tez sovitish asosiy qoidadir. Noz-ne’matlar tez sovitilsa zararli mikroorganizmlarning rivojlanishi bartaraf etiladi, mahsulot saqlash muddati uzayadi va nobudgarchilik kamayadi. Buning uchun katta hajmli sovitgichlarda maxsulotni dastlab tez sovitib oladigan xonalari bo’ladi. Bu tartib qo’shimcha xarajatlarga olib kelganligi uchun hozirda mahsulotni doim saqlanadigan kameralarga to’g’ridan-to’g’ri joylash tobora odat tusiga kirib bormoqda.
Sabzavot va mevalarning’ ba’zi turlari ancha uzoq muddatda doimo sovitilgan holatda turishga muhtoj. Bu, ayniqsa, to’la etilmagan kartoshkaga taalluqlidir. Yig’ishtirish paytida yog’in-sochinda qolgan piyoz va sarimsoq piyozni saqlash joylari oldindan quritib olinishi kerak.
Kameralar qanday usulda sovitilishidan qat’i nazar, harorat va muhit namligi keskin o’zgarmasligiga hamda mahsulot terlamasligiga e’tibor berish lozim. Katta hajmdagi kameralarga mahsulot joylashtirish 10-15 kun davom etadi. Har kuni kamera sig’imiga nisbatan taxminan 10 foiz miqdordagina mahsulot joylanadi. Agar sovitilgan kameraga tashqaridan ko’plab iliq mahsulot kiritilsa, u erdagi meva va sabzavotnnng terlashiga yo’l qo’yilib, kasallik avj olishiga sabab bo’lishi mumkin.
Shuni hisobga olib, tez sovitishga bardosh bera olmaydigan mahsulot turi va navlari avval kameraga to’liq joylanib, so’ngra sovitish tizimi ishga tushiriladi. Sovitish uskunalarining qudrati aynan shu turdagi mahsulotni sovitishga mos bo’lishi kerak. Sovitgich xonalaridan sabzavotlarni olib chiqish paytida, ular terlamasligi hamda xarorat tez o’zgarishi natijasida aynimasligi uchun, sovitilgan mahsulotni ham darxol issiq binoga ko’chirib bo’lmaydi, Shu sababli qishga saqlanayotgan sabzavot va mevalarni savdo do’konlariga yuborishdan oldin haroratning yarmicha past bo’ladigan oraliq kameralarda yoki yuk chiqarish yo’laklarida birmuncha ilitib olinishi lozim.
Sabzavot va mevalar sovitgichlarga, albatta idishlarda joylanadi. Hozirda qo’llab kelinayotgan idish turlari har xil bo’lib, transportlarda tashishda va uncha uzoq turmaydigan mahsulotlarni saqlashda foydalaniladigan kam sig’imli qutilar, o’rtacha xajmli qutilar, urinmaydigan mevalarni saqlash va transportda tashish uchun ishlatiladigan katta hajmli konteynerlardan iboratdir.
Sovitgichda bir xil tagligi bo’lgan idishlardan foydalanish kameralarga maxsulot joylash ishlarini soddalashtiradi. Andoza kattaligi 800×1200 mm keladigan ikki to’shamali tagliklar juda qulaydir. Taglik ustiga mahsulotlar qutilarda joylanib, blok paket hosil qilinadi. Katta sig’imli konteynerlar kartoshka, piyoz, sarimsoq, ildizmevalar karam va mevalarning ba’zi turlari uchun juda qulaydir. Konteynerlarning afzalligi ularning dalaning o’zidayoq yuklab, hech qaerda qayta ag’darmay bevosita saqlash joyiga etkazilishidadir. Faqat omborxonalardagina emas, balki dalada ham yuklash-tushirish mexanizmlari etarli bo’lsa katta tejamkorlikka erishish mumkin.
Paketlar ham, konteynerlar ham 3-5 qavat qilib bir-birining ustiga joylanadi. Bunda sun’iy sovitiladigan mavjud kameraning hajmidan samarali va oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. Ayni vaqtda mahsulotning holatini nazorat qilib borish, har bir paketni shamollatib turishga imkon tug’iladi. Mo’’tadil havoning erkin yurib turishi uchun har bir paketning atrofidan 5 sm joy qoldirilishi kerak. Maxsulot taxlari orasida ham shunday masofa bo’lishi lozim. Sovitish kameralaridan mahsulot chiqarib yuklashda unda qolayotgan qismining terlashiga yo’l qo’ymaslik kerak. Hamma mahsulot birdaniga olinsa, harorat asta-sekin ko’tarilib, saqlash kamerasining o’zida, qisman olinsa, kamera yo’laklarida ilitib olish kerak.
Vazifa. Talabalar adabiyotlar va ko’rgazma materiallardan foydalanib, doimiy va vaqtinchalik omborlarning tuzilishi sxemalarini chizib olishadi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Doimiy omborlarga ta’rif bering?

  2. Omborxonalarni shamollatish tizimi tug’risida ma’lumot bering?

  3. Omborxonalarni sovutish usullarini bilasizmi?

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə