9
-ma’ruza
Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri
Reja:
1.
Asab tizimi.
2.
Nafas olish tizimi.
3.
Yurak-tomir tizimi.
4.
Odam qon tizimi.
5.
Endokrin tizim.
6.
Ovqat xazm qilish tizimi.
7.
Siydik-jinsiy tizim, suyak tizimi.
8.
Zaharlarning teratogen, mutagen va kanserogen ta’siri.
Inson organizmi bir necha hil tizimlardan iborat. Organizmni o’zini quyidagicha tasvirlash
mumkin:
hujayradan mushaklar, ulardan organlar, organlardan
tizimlar va ulardan inson
organizmi tashkil topadi.
1. Asab tizimi.
Har qanday zaharlanish u yoki bu darajada asab tizimida va uning
yuqori bo‘limi – miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida o‘zgarishlarga olib keladi. Shu bilan
birga, kimyoviy moddalar ichida tanlab neyrotrop ta’sir qiladigan
agentlar guruhini ham
ajratish mumkin.
Boshlang‘ich zaharning asab tizimiga ta’siri yo‘nalishiga qarab 4 ta ta’sir guruhi
ajratiladi.
1) Nospesifik (noelektrolitli, narkotikli) ta’sir. Organik erituvchilarning narkotikli
ta’siri ularning nerv hujayralariga osongina kira olishi bilan izohlanadi;
2) Nerv hujayralarining
spesifik zararlanishi, u zaharning biologik substrat bilan
kimyoviy ta’sirlashuviga asoslanadi. Nerv hujayrasiga bevosita zararlovchi ta’sirning toksik
samarasi biologik substrat bilan kimyoviy ta’sirlashuvga bog‘liq;
3) Mediatorli almashinuvning spesifik blokirovkalanishi;
4) Qon aylanishining mahalliy va umumiy buzilishi
yoki gipoksiya holati bilan
belgilangan ikkilamchi ta’sir. Nerv to‘qimasiga kislorod yetkazib berilishining kamayishini
o‘pkada gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan (bo‘g‘uvchi va qo‘zg‘atuvchi), qonda
kislorod tashuvini blokirovkalaydigan (metgemoglobin hosil qiluvchi gazlar, is gazi) yoki uni
to‘qimalar tomonidan utilizatsiya qilinishiga olib keladigan (sianidlar, natriy azid) zaharlar
keltirib chiqaradi.
Yengil zaharlanishda miya faoliyatining o‘tkir buzilishi nisbatan tez orada o‘tib ketadi,
bu miyaning yuqori moslashuvchanligi bilan bog‘liq. Zahar muayyan davr davomida va
muayyan kuch bilan ta’sir etganda miyadagi funksional o‘zgarishlar
barqaror tus olishi
mumkin. Asab tizimining turli bo‘limlarida (po‘stloq osti, po‘stloq, orqa miya,
periferik
organik o‘zgarishlar rivojlanadi.
Neyrotrop moddalarning takroriy ta’siriga nisbatan umumiy reaksiya vegetativ-tomir
distoniyasi
sindromi
bo‘lib,
zaharlanishning dastlabki bosqichlarida pulsning
o‘zgaruvchanligi, terining qizarishi, qalqonsimon bez giperfunksiyasi qayd etiladi. Zaharlar
ta’siri uzoqroq davom etganda yuz beradigan asteno-vegetativ sindrom tez toliqish, mudroq,
organizmning turli tizimlarining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Kuchli zaharlanishda
asteno-organik sindrom va enselofalopatiya rivojlanadi: optiko-vestibulyar apparati stvolli
bosh miya bo‘limlarining zararlanishi, bosh og‘rig‘i, hissiy beqarorlik, intellektning buzilishi,
ruxiy buzilish.
Og‘ir zaharlanishda bosh miyaning zararlanishi tetraetilqurg‘oshin, simob, xlorlangan
uglevodorodlar, benzol, benzin, sianidlar va h.k.lar uchun xos. Qo‘rg‘oshin, mis, granozan,
talliy, margimush, brometil bilan zaharlanganda nerv yo‘llarida og‘riqli nevritlar va
polinevritlar, kesiklar va shol kuzatiladi.