Lotincha: encephalitis



Yüklə 24,36 Kb.
səhifə1/4
tarix12.06.2023
ölçüsü24,36 Kb.
#116761
  1   2   3   4
Ensefalit


Ensefalit (lotincha: encephalitis — „bosh miya“) — bosh lshyaning yalligʻlanishi (tra koʻtarilishi, bosh ogʻrishi, falajlar, eshush buzilishi va h.k.), shikastlanish, zaharli moddalar (qoʻrgʻoshin, benzin va boshqalar), kasallik tugʻdiruvchi mikroorganizmlar taʼsirida yuzaga keladi. Birlamchi va ikkilamchi ensefalit farq qilinadi. Birlamchi ensefalit, odatda, virusli kasallik hisoblanaai va maʼlum sharoitlarda epidemiyaga oʻxshab tarqaladi. Koʻpchilik birlamchi ensefalit maʼlum bir joyga xos boʻlib, qoʻzgʻatuvchisining biol. xususiyatlariga koʻra kasallik maʼlum fasllarda paydo boʻladi. Birlamchi ensefalitga chivin va kanalar orqali tarqaladigan, shuningdek, enterovirusli, shikastlanish va kimyoviy agentlar bilan bogʻliq ensefalit ham kiradi.
Ikkilamchi ensefalit baʼzi infeksion kasalliklar (gripp, qizamiq, qizilcha va boshqalar) natijasida kelib chiqadi.
Kanalar yuqtiradigan ensefalit manbai kemiruvchilar. qoramol, qoʻy, echkilar va baʼzi qushlardir. Ensefalit bilan kasallangan hayvon qonini soʻrgan kana ensefalitga qarshi emlanmagan odamni chaqishi oqibatida kasallik yuqadi. Enterovirusli ensefalitda bemor yoki virus tashuvchi infeksiya manbai boʻladi. Kasallik ifloslangan ovqat mahsulotlari. suv va bemorning qoʻli orqali tarqaladi.
Bosh miyaning yalligʻlanishi gavda temperaturasining koʻtarilishi, darmonsizlik, tinka qurishi, uyqu bosishi, bosh ogʻrishi, qusish va boshqalar, shuningdek, ogʻir shakllarida ong buzilishi, alahlash, tutqanoq tutishi va boshqalar kuzatiladi. Ensefalitning turiga qarab kasallik belgilari turlicha kechadi (har birining oʻziga xos xususiyatlari bor). Kasallikning ogʻirengilligi va shakliga qarab bemor butunlay tuzalib ketishi yoki biror asorat (oyoqqoʻllarning darmonsizligi, falaj, tutqanoq tutishi) qolishi mumkin.
Oldini olish uchun ensefalit bilan zararlanish gumoni boʻlgan joylarda ishlaydigan kishilar (oʻrmon ishchilari, ovchilar, geologik qidiruv xodimlari va boshqalar)ni ensefalitga qarshi emlash, shuningdek, chivin va kanalardan saqlanish uchun maxsus korjoma kiyish, yuziga toʻr niqob tutish zarur. Ikkilamchi ensefalitning oldini olish yuqumli kasalliklarni oʻz vaqgida aniqlash va davolashdan iborat.

Yüklə 24,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə